Tog'-kon ishlari yo'lga qo'yilib, turli ma'danlar qazib olinishi tufayli xunarmandchilik rivojlangan.
Obodonchilik, sug'orma dexqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy xayotda muxim soxa-xunarmandchilik, savdo va tovar-pul munosabatlarining taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. xunarmandchilik tarmoqlarining ko'payishi tufayli shaxarlarda xunarmandchilik maxallalarining soni ortib, yangi bozor rastalari, tim va toqlar qurildi. To'qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik soxalari asosiy o'rin tutgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shoxruxiya, Termiz, Shaxrisabz, Qarshi shaxarlarida yangi xunarmandchilik maxalalari qurilib, savdo markaziga aylandi. Ip, jun, kanop tolasidan gazmollar to'qilgan. Ipakdan shoyi gazlamalar atlas, kimxob, banoras, duxoba, xoro, debo kabi gazmollar to'qilgan.
XV-asrda metall buyumlar- uy-ro'zg'or buyumlari, asbob-uskunalar, qurol-yarog'lar ko'plab ishlab chiqarilgan. Samarqand qurolsozlik markaziga aylanib, sovutsozlar maxallasi qurilgan. Shaxarlarda mis va jezdan buyumlar va mis chaqalar zarb qilingan. Temur farmoni bilan Usta Izzoddin Isfaxoniy yasagan jez qozon va shamdon xozirgacha saqlanib qolgan. Misgar va chilangarlar metallni toblash, quyish, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi murakkab ishlarni bajarganlar.
Masalan, Bibixonim masjidi eshiklari yetti xil ma'dan qotishmadan tayyorlangan. Zargarlar oltin, kumush va jez qotishmalaridan nafis zeb-ziynat buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, qimmatbaxo toshlar qadalagan idishlar sirtiga naqsh va yozuvlar ishlangan.
Kulolchilik eng sertarmoq soxa bo'lgan. XIV-XV asrlarda sirli sopol badiiy rang-baranglikda turli soxalarda ishlatilgan va turli buyumlar yasalgan. Toshtaroshlikda naqsh, xattotlik keng qo'llanila boshlangan. Binokorlikda g'isht teruvchilar «Banno», peshtoq, ravoq xamda toqlarga parchin va chiroq qoplovchi pardozchilar «Ustoz» deyilgan.
Samarqandda shishasozlik rivojlanib turli idish va buyumlar yasalgan. Qurilishda rangli oynalardan foydalanilgan. Yog'och o'ymakorligida naqshin binolar qurilgan va buyum jixozlar yasalgan. Samarqand qog'ozi xatto chet o'lkalarda mashxur bo'lgan.
Bu davrda xunarmandchilik mollari ishlab chiqaradigan korxona boshlig'i «Usta» shogirdlar «Xalfa»lar bo'lgan. xunarmandlar shaxarning madaniyatli tabaqasiga mansub bo'lgan.
Temuriylar davlati Xitoy, Xindiston, Eron, Rusiya, Volga bo'yi, Sibir bilan muntazam savdo-sotiq aloqalari olib borgan. Chet davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirishda temuriylarning elchilik aloqalari muxim axamiyat kasb etgan. Temur savdo rastalari, bozorlar va yo'llar qurdiradi, karvon yo'llarida karvonsaroylarni ko'paytiradi. Ayniqsa, Samarqand va Buxoroda bozor, chorsu, tim, toq, kappon kabi savdo xunarmandchilik inshoatlari qad rostladi. Shaxar bo'ylab o'tgan keng ko'chaning ikki tomoniga do'konlar jolashtirilgan. Samarqand va Buxoro savdo maydonlarining kengligi va ixtisoslashtirilgan bozorlarga egaligi bilan ajralib turgan. Bozor savdo markazi va xunarmandchilik ishlab chiqarish joyi edi. Shuningdek, bozorlarda qo'lyozma kitoblar, yozuv qog'ozi sotilgan, ariza yoki maktub yozuvchi mirzalar xam o'tirgan. Savdo rastasi unda sotiluvchi tovar nomi bilan atalgan. Bozorlarda adabiyot, she'riyat, ilm-fan xaqida suxbatlar bo'lgan, farmonlar e'lon qilingan va aybdorlar jazolangan. Turli tomoshalar shu joyda ko'rsatilgan, masjid, madrasa, xammom bozorga yaqin joyga qurilgan.
O`qituvchining kоmmunikаtsiv vаzifаlаrni bаjаrishi hаqidа (pеdаgоgik vаziyat)?
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta‘limiy va tarbiyaviy isloxotlarning maksadi -- komil insonni shakllantirishdir. Bu borada pedagogik tizimdagi fanlarning ahamiyati kattadir. Shu jumladan, «Pedagogik mahorat» fanini o’qitishda talabalarda mustakillik va ijodiy fikrlashni rivojlantirish masalasiga aloxida e‘tibor karatilgan.
O’z – o’zidan ayonki, pedagogik mahorat fanidan dars beruvchi oliy maktab o’qituvchisi, kuchli mahorat egasi o’z kasbining ustasi bo’lishi bilan birga keng dunyoqarashli, ichki va tashki madaniyati bir – birini tuldiradigan hamda boy pedagogik, xayotiy tajribaga ega bo’lishi lozim. Chunki bulajak mutaxassis o’qituvchi shaxsi va uning kasbiy sifatlariga aloxida e‘tibor karatadi. Shu bilan birga «O’qituvchining nutk mahorati», «Pedagogik jarayonda e‘tikod va ishontirish», «O’qituvchining ta‘lim jarayonidagi mahorati», «O’qituvchining tarbiyachilik mahorati», «Ota – onalar bilan ishlash mahorati» kabi mavzularni o’rganish chogida talaba – domla, o’qituvchi – o’quvchi, o’qituvchi – ota – ona, o’qituvchi – ma‘muriyat kabi munosabatlarga xos bo’lgan o’zaro ta‘sir, muomala, ularning yechimlari to’g’risida, munosabatlari to’g’risida daslabki kunikma va malakalarga ega bo’ladi. Ana shunday sharoitda tajribali, ijodkor, izlanuvchan o’qituvchi o’z shogirdlarini ijodkorlik ishlariga keng jalb kilib, zamonaviy metod va usullar asosida o’quvchida qaror topayotgan shaxsiy sifatlar usib borishini o’rganib boradi. Olingan ilmiy ma‘lumotlar bolani muayyan kasbga, mexnatga, oilaviy xayotga tayyorlash imkoniyatlarini beradi. «O’qituvchi – talaba» hamkorligiga xos kasbiy mahorat qirralarini yanada oydinlashtiradi.O’zaro pedagogik ta‘sirda o’qituvchining o’quvchilar bilan muomala madaniyati. Bolada intizom – madaniy xulq, boshlangich kunikma va malakalari shakllanishi deb kabul qilish mumkin. Ma‘lumki, extiyojlar rivojlanib faoliyat motivlariga aylanadi. Bu yerda aytmokchi bo’lgan narsa intizom va madaniy xulq sifatlarining bola extiyoj motivlari sifati. Ular zaminida kelib chikadigan muxim faoliyat turlari bilan bog’liqligidir. Bolalar boskichma –boskich emotsional – xissiy, ijtimoiy, o’quv, foydali ish, yexnat faoliyatlarini utaydilar. Har bir ma‘lum yoshda yukorida zikr etilgan bir faoliyat turi muxim bo’ladi va bola shaxsi rivojlanishida xal kiluvchi ahamiyatsha ega bo’ladi. Bolalar dastlab faoliyat turi bilan shug’ullanishar ekan, natijalar samarali bo’lishi, xatti – harakatlar zarurligi, shuningdek ushbu faoliyat jarayonida bashqa tengdoshlari, kattalar bilan to’g’ri shaxslararo munosabatlarga qirra bilish bilan ham bog’liqligini amaliyotda o’zlashtirib oladi.
O’qituvchi o’quvchilari bilan shaxslararo intizom va madaniy xulq tarbiyasini muvaffakkiyatli amalga oshirish uchun o’qituvchi tashkaridan turib ta‘sir etish usullaridan emas, balki o’quvchining muxim faoliyati yakin rivojlanish chegarasi bilan bog’liq bo’lgan extiyoj – motivlar tizimi maksadlarini rivojlantirish uslublari asosida tarbiyalanuvchilar bilan hamkorlik qilish kerak. Bir so’z bilan aytganda, o’zaro munosabatlar va intizom madaniy xulq tarbiyasini tashkaridan emas, ichkaridan, o’quvchilarni extiyoj – motivlar tizimiga asoslanib amalga oshirish lozim.
Bizni urab to’rgan borlik hamda insoniyatning yashash tarzining o’zi ma‘lum o’zaro muomala, intizom, madaniy xulq koidalariga rioya qilish borlikka ma‘lum natijalarni ko’zlab ta‘sir etish imkonini beradi.
Bu urinda o’zaro muomala madaniyati va munosabati va intizom, madaniy xulq tarbiyasini takomillashtirib borishda asos bo’ladigan karama – karshilik mavjud: shaxs ruhiy sifatga ega bo’lganligi uchun, unda shakllangan o’zaro munosabat, muomala, intizom, madaniy xulq darajasi borlikka doimo to’g’ri kelavermaydi. Ikkinchidan esa, borlik takozo etayotgan koidalar doimo shaxs, moddiy, ma‘naviy manfaatlariga mos bulavermaydi.
Shaxs o’zaro munosabat va muomala, intizom, madaniy xulq tarbiyasini borlik (jamiyat) talablari darajasigacha rivojlantirishga faol harakat kiladi. Bu esa shaxsning o’z intizomi, muomala madaniyati, xulq kunikmasi ustida doimiy ravishda ishlashga olib keladi. Faoliyatdan maksad esa ko’zlangan natijalarga erishish bo’lib qolaveradi.
Yukorida aytilgan fikrlarimizdankelib chikib, intizom va madaniy xulq tarbiyasiga quyidagicha ta‘rif berilishini maksadga muvofik deb bilamiz. O’zaro munosabat va muomala madaniyati, intizom va madaniy xulq tarbiyasi – bu shaxsning o’ziga xos sifati bo’lib, o’quv koidalari bajarilishidan o’quvchining faol ijodiy yondoshishda va shaxslararo muloqot munosabatlarida, ijtimoiy – ta‘limiy natijalarga erishishda o’qituvchi bilan hamkorlik qilish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |