Titratadi zanjirband bir she’r misralarini epigraf sifatida tanlash mumkin. Yarim yoki bir sahifalik epigraflar inshoning mazmuniga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.Epigraflar aksariyat holatlarda ular qo’shtirnoqqa olinmaydi, biroq undan so’ng epigraf olingan manba yoki muallifning ism-familiyasi, albatta, ko’rsatilishi shart. Masalan: ”Avaz O’tar ijodida ozodlik, ilm-fan va madaniyatning targ’ib qilinishi”, degan mavzu uchun quyidagi fikrni epigraf sifatida tanlash mumkin: Ilm baxt keltiradi (xalq maqoli). Epigraf mavzuga g’oyaviy nauqtayi nazardan mos kelmog’i lozim. Yaxshi topib yozilgan epigraflarning o’ziyoq o’quvchining qanday dunyo qarashga ega ekanligidan, uning bilim va malakalarini o’lchovidan yaqqol dalolat berib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |