3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik



Download 0,8 Mb.
bet65/128
Sana02.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#477606
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128
Bog'liq
2 5212922177908643053

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlariga to‘lanadigan schotlarning (6100) bog‘lanishi

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schotlarda ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga joriy majburiyatlar to‘g‘risidagi axborot umumlashtiriladi. Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:


6110 "Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schotlar";
6120 "Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schotlar".
Ushbu schotlarning kreditida, moddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi schotlar (yoxud 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" schoti qo‘llangan holda) yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, ajratilgan bo‘linmalardan, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olingan tovar-moddiy qiymatliklar, xizmatlar va ishlarning qiymati buxgalteriya hisobiga qabul qilinganligi aks ettiriladi.
Ushbu guruh schotlari, pul mablag‘larini va hokazolarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari oldidagi bajarilgan majburiyatlar (schotlar to‘lanishi), shu jumladan bo‘naklar va oldindan to‘lov summalariga debetlanadi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Kelib tushgan va kirim qilingan o‘rnatiladigan asbob-uskuna (jumladan transport va hokazo xizmatlar) uchun ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan hisobvaraq-fakturalar to‘lov uchun qabul qilingan



0710, 0720

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati



2

Kapital qurilish uchun ishlar bajarilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



0810

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati



3

Kelib tushgan asosiy vositalar va o‘rnatishni talab qilmaydigan asbob-uskunalar bo‘yicha ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



0820

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati



4

Kelib tushgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



0830

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati



5

Kelib tushgan hayvonlar bo‘yicha ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



0840

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati



6

Yerni obodonlashtirish uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



0850

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati



7

Moliyaviy ijara shartnomasiga asosan olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar bo‘yicha ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



0860

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati



8

Kelib tushgan va kirim qilingan materiallar (1510 schotdan foydalanmagan holda) uchun; transport xizmatlari, ortish va tushirish ishlari, shuningdek hujjatlar bilan tasdiqlanmagan mol yetkazib berilganligi uchun ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan hisobvaraq-fakturalar to‘lov uchun qabul qilingan



1010-1090

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati



9

O‘stirish va bo‘rdoqiga boqish uchun xarid qilingan hayvonlar uchun (1510 schotdan foydalanmagan holda) ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan hisobvaraq-fakturalar to‘lov uchun qabul qilingan



1110, 1120

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati



10

Turli tovar-moddiy qiymatliklar xarid qilinganligi uchun ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan hisobvaraq-fakturalar to‘lov uchun qabul qilingan (1510 schotdan foydalanilganda)



1510

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati



11

Asosiy ishlab chiqarish sexlari uchun ishlar bajarilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi, shu jumladan energiya, gaz, bug‘, suv, aloqa xizmatlari va hokazolar taqdim etilganligi uchun ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



2010

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura, bajarilgan ishlar dalolatnomasi



12

Yordamchi ishlab chiqarish sexlari uchun ishlar bajarilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi, shu jumladan energiya, gaz, bug‘, suv, aloqa xizmatlari va hokazolar taqdim etilganligi uchun ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



2310

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura, bajarilgan ishlar dalolatnomasi



13

Umumiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlar bajarilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi, shu jumladan energiya, gaz, aloqa xizmatlari va hokazolar taqdim etilganligi uchun ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



2510

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura, bajarilgan ishlar dalolatnomasi



14

Tashqi yaroqsizlik aniqlanganligi munosabati bilan ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari tomonidan turli xizmatlar ko‘rsatilishi; uni tuzatish bo‘yicha xizmatlar va kafolatli ta’mirlash bo‘yicha operatsiyalar aks ettirilgan



2610

6110, 6120

Tijorat dalolatnomasi, da’vo xati



15

Xarid qilingan tovarlar uchun ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



2910, 2990

6110, 6120

Yukxat, hisobvaraq-faktura



16

Kelgusi davr xarajatlariga taalluqli xarajatlar bo‘yicha ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



3190

6110, 6120

Yukxat, hisobvaraq-faktura



17

Kurs farqini hisobga olishning jamlash usuli bilan ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga kreditorlik qarzi bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



3290

6110, 6120

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



18

QQS to‘lovchilari tomonidan ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan xarid qilingan moddiy resurslar bo‘yicha QQS summasi hisoblangan



4410

6110, 6120

Hisobvaraq-faktura



19

Kelib tushgan moddiy qiymatliklarni kirim qilish paytida ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga da’vo taqdim etilgan



4860

6110, 6120

Da’vo xati, tijorat dalolatnomasi, solishtirma dalolatnoma



20

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan naqd pul mablag‘lari kelib tushgan



5010, 5020

6110, 6120

Kassir hisoboti, kirim kassa orderi



21

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan hisob-kitob schotiga pul mablag‘lari kelib tushgan



5110

6110, 6120

Bank hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar



22

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan valyuta hisob-kitob schotiga pul mablag‘lari kelib tushgan



5210, 5220

6110, 6120

Bank valyuta schotlaridan ko‘chirmalar



23

Maqsadli tushumlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilganligi va ishlar bajarilganligi (transport, energiya, ta’mirlash va hokazolar) uchun ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



8810, 8890

6110, 6120

Tovar-transport yukxati, hisobvaraq-faktura, chipta



24

Mahsulotni sotish paytida xizmatlar ko‘rsatilganligi va ishlar bajarilganligi (transport, energiya, ta’mirlash va hokazolar) uchun ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



9410

6110, 6120

Tovar-transport yukxati, hisobvaraq-faktura, chipta



25

Ma’muriy ehtiyojlar uchun xizmatlar ko‘rsatilganligi va ishlar bajarilganligi (transport, energiya, ta’mirlash va hokazolar) uchun ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan schotlar to‘lov uchun qabul qilingan



9420

6110, 6120

Tovar-transport yukxati, hisobvaraq-faktura, chipta



26

Kurs farqini hisobga olishning to‘g‘ri usul bilan ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schotlar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



9620

6110, 6120

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



27

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan turli tovar-moddiy qiymatliklar kelib tushishi paytida tabiiy kamayish me’yorlari chegarasida kamomad aniqlangan (kirim qilingunga qadar)



9430

6110, 6120

Moddiy qiymatliklarning tashish paytida kamayishi bo‘yicha hisob-kitob jadvali, da’vo hujjatlari, mahsulot bo‘yicha schotlar



28

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari oldidagi qarzni qoplash uchun hisob-kitob schotidan pul to‘langan



6110, 6120

5110

To‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schotlaridan ko‘chirmalar, dalolatnoma, ishonchnoma



29

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari oldidagi qarzni qoplash uchun valyuta hisob-kitob schotidan pul to‘langan



6110, 6120

5210, 5220

To‘lov topshiriqnomasi, bank valyuta schotlaridan ko‘chirmalar, dalolatnoma, ishonchnoma



30

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining schotlari bankdagi maxsus hisob-kitob schotidan to‘langan (akkreditivlar, chek daftarchalari va hokazolar)



6110, 6120

5510, 5520,
5530

To‘lov topshiriqnomasi, bank maxsus schotlaridan ko‘chirmalar



31

Hisobvaraq-fakturalarni to‘lash paytida ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga oldindan berilgan bo‘naklar va to‘langan schotlar o‘zaro hisob-kitob qilingan



6110, 6120

4310

Yukxat, bajarilgan ishlar dalolatnomasi



32

Xaridorlarning qarzlar bo‘yicha summalari ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari oldidagi qarzni qoplash uchun o‘zaro hisob-kitob qilingan



6110, 6120

4010

Solishtirma dalolatnoma



33

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari oldidagi da’vo muddatlari o‘tib ketgan kreditorlik qarzi summasining hisobdan chiqarilishi aks ettirilgan



6110, 6120

9360

Inventarlash komissiyasining qarori, korxona rahbarining buyrug‘i



34

Kurs farqini hisobga olishning jamlash usuli bilan ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schotlar bo‘yicha valyutadagi musbat kurs farqi aks ettirilgan



6110, 6120

6230

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



35

Kurs farqini hisobga olishning to‘g‘ri usul bilan ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schotlar bo‘yicha valyutadagi musbat kurs farqi aks ettirilgan



6110, 6120

9540

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



36

Uzoq muddatli qarzning joriy qismiga o‘tkazilishi aks ettirilgan



7110, 7120

6110, 6120

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



37

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari oldidagi qarz bankdan olingan uzoq muddatli yoki qisqa muddatli kreditlarning hisobiga qoplangan



6010, 6020

6810, 7810

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, bank schotlaridan ko‘chirmalar




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish