3. Xulosalar. Havola, sitata va abzats


Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan



Download 217,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana25.06.2022
Hajmi217,18 Kb.
#701750
1   2   3   4
Bog'liq
Karimjanov Asadbek

Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan 
yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual
 
hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish 
mumkin: 
1. Moddiy-buyumlashgan boylik. 
2. Nomoddiy boylik. 
3. Tabiiy boylik. 
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli 
mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning 
joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va 
o‘sib boradi. 
Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar 
yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki bu boylikning bir 
qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish 
vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini 
qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan 
boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy 
buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. 
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga 
ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); 
- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); 
- aylanma kapital (fondlar); 
- tugallanmagan ishlab chiqarishning 
moddiy-buyumlashgan qismi

- moddiy zahiralar va ehtiyojlar
- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk. 
Moddiy-buyumlashgan boylik o‘sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin:

mehnat unumdorligining o‘sishi;



ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;

milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi.
Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti 
hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik 
tomon harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning 
ko‘payishi ro‘y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning 
moddiy shart-sharoiti, uning moddiy-texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab 
chiqarishning o‘sish sur’ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili 
bo‘lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini 
tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo‘lib, uning vujudga kelishi 
tabiat qonunlari asosida ro‘y bersada, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham 
bog‘liq bo‘ladi. Foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va yer resurslari tabiatan 
mavjud bo‘lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi. 
Tabiat in’omlari o‘zlarining dastlabki ko‘rinishida tabiiy boylik bo‘lib, shu 
holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. 
Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik 
hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri oqibatida real boylikka aylanadi. 
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir 
qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning 
nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan 
bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham 
moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, 
shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish 
uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘likni saqlash, fan, madaniyat, 
san’at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. 
Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va 
san’at asarlari alohida o‘rin tutadi. 
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, 
jamiyat a’zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, 
ishlovchilarning ixtisosligi 
va malakaviy bilim darajasi
, sog‘liqni saqlash, ta’lim va 
sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi. 


Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning 
asosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishiga 
erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy 
o‘sish darajasi va sur’atlariga bog‘liq. Shu sababli bob iqtisodiy rivojlanishning 
mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, iqtisodiy o‘sishning 
mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Bob davomida 
iqtisodiy o‘sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishini, iqtisodiy 
o‘sish borasida mavjud bo‘lgan turli modellar mazmunini yoritib berishga ham 
o‘rin ajratiladi. 
Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari 
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi 
sababli, uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi. 
Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon 
boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda 
sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. 
Iqtisodiy o‘sishni YaIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real 
YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash buning qanday maqsadda amalga 
oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o‘sishini 
YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy salohiyatini 
baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash esa 
mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi. 
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko‘rsatkichlar (real 
YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, 
ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va shu 
sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, 
real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli 
ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib 


ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash 
boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini 
hisobga olmaydi. 
Shunga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi yillik o‘sish sur’atlarining 
foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi: 
Mamlakatimizda keyingi yillar davomida YaIMning o‘sish sur’ati hamda aholi jon 
boshiga o‘sishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 1-jadvaldan ko‘rish mumkin. 
Iqtibos (arab. — ziyo olmoq), sitata — biror asardan soʻzma-soʻz olingan parcha. 
Iqtibos bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash, muayyan fikrni 
tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material — misol sifatida qoʻllaniladi. 
Iqtibos, asosan, ilmiy (koʻpincha gumanitar) va rasmiy nutqda ishlatiladi hamda 
qoʻshtirnoq bilan belgilanadi yoki alohida harf bilan yoziladi; shuningdek, 
manbaga havola qilinadi. Bunday koʻchirmalar foydalanuvchining fikri bilan 
qiyoslanganda uning mohiyatini toʻgʻri tushunish imkonini beradi. Masalan, badiiy 
adabiyotning , soʻzning gʻoyaviy-estetik taʼsir kuchi, ahamiyatini quroldan ham 
kuchliroq ekanligi toʻgʻrisidagi fikrni mustah-kamlash maqsadida P. Tursunning 
«Adabiyot zambarakdan zoʻr» yoki A. Qahhorning «Adabiyot atomdan kuchli» 
degan soʻzlarini yoki boʻlmasa, «tigʻ yarasi bitar, ammo til yarasi bitmas» maholini 
iqtibos sifatida qoʻllash mumkin. Iqtibosdan koʻp hollarda epigraf va shior oʻrnida 
ham qoʻllaniladi. Agar muallif fikriga zarar yetmasa, Iqtibosda orfografiya va 
punktatsiyani oʻzlashtirish, soʻz (soʻzlar)ni tushirib qoldirish mumkin (bunda koʻp 
nuqta bilan belgi qoʻyiladi).[1] 
Ilmiy tadqiqotlar tuzilishidagi dastlabki bosqich muammoni shakllantirishni ko'rib 
chiqish kerak. Aynan shu erda asar yaratuvchisi eng qiziqarli muammoni qidiradi, 
shuningdek o'z ishining vazifalarini aniq shakllantiradi. Agar ushbu tadqiqot 
muallifining ilmiy maslahatchisi bo'lsa, u ish mavzusini belgilashda, shuningdek, 
unga tegishli bir qator vazifalarni to'g'ri shakllantirishda yordam berishi mumkin. 
Shuni ta'kidlash kerakki, ilmiy muammoni shakllantirish dastlabki ma'lumotlar 
bilan ishlashni o'z ichiga olishi shart. Biz asosan shunga o'xshash muammolarni hal 
qilishning barcha usullari, shuningdek, ushbu yoki tegishli sohalarda olib borilgan 
tadqiqotlar natijalari haqida ma'lumot to'plash va keyinchalik qayta ishlash haqida 


gapiramiz. Shuni ta'kidlash kerakki, qo'shimcha ma'lumotlarni qayta ishlash va 
tahlil qilish doimiy ravishda – ishingizning boshidan oxirigacha amalga oshirilishi 
kerak. 
Keyingi bosqichda ilmiy tadqiqotlarning tarkibi va mazmuni o'rganiladigan asosiy farazni ilgari 
surishni o'z ichiga oladi. Bu faqat ishning vazifasi aniq ishlab chiqilgan va barcha dastlabki 
ma'lumotlar tanqidiy tahlilga uchragan taqdirdagina sodir bo'ladi. Ikkinchisi ma'lumotni umumiy 
qo'llaniladigan va qat'iy professional ilmiy dogmalar nuqtai nazaridan batafsil o'rganishni nazarda 
tutadi. 
Ilm - bu ijodkorlik uchun ajoyib platforma, shuning uchun ishchi gipoteza ko'pincha bir nechta 
versiyalarda taqdim etiladi. Asar muallifining asosiy vazifasi - ulardan eng maqsadga muvofiqini 
tanlash, qolganlarning hammasini tashlab yuborish mumkin emas.Ba'zi hollarda qo'shimcha 
eksperiment talab qilinadi, uning yordamida ilmiy ish ob'ektini yaxshiroq o'rganish mumkin. 

Download 217,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish