etishga intilish va barqaror xohish bo„lishi. Profeissional pedagogik bilim va
malaka ko„nikmalarni vosita, uslub va jihozlar jamlanmasi yordamida aqlli,
yaxshi, abadiy etishga umid qildi. Pedagogik qobiliyatlar – ya‟ni ta‟lim
vositalari, uslublari va instrumentlaridan ta‟lim maqsadi va auditoriyaga muvofiq
holda samaraliroq foydalanish. SHunday qilib, o„qitishdagi muvafaqqiyat
o„qituvchi shaxsining ilg„or dunyoqarashi, yuqori axloqiy sifatlari,yuksak bilim
darajasi, professional malaka va ko„nikmalari, yuqori darajali ijtimoiy
madaniyati va pedagogik yo„nalganligiga bog„liq. Biroq bularning o„zi
o„qituvchiga etarli emas, aqliy doiraga kiruvchi shaxsning ayrim o„ziga xos ruhiy
xususiyatlari ham emotsional iroda zarur bo„ladi. Bu xususiyatlar pedagogik
faoliyat shaxsga qo„yilgan talablarga javob bo„lgani uchun ham uning
muvafaqqiyatiga ta‟sir ko„rsatadi. SHaxsning ko„pchilik pedagogik faoliyat
talablariga javob beruvchi va ushbu faoliyatini egallashdagi muvafaqqiyatini
aniqlab beruvchi pedagogik qobiliyatdir. Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda
3 guruhga bo„lish mumkin: 1. O„qituvchi shaxsining shaxsiy, didaktik va tashkiliy
– kommunikativ qobiliyatlari. SHaxsiy qobiliyatlarga: a) talabalarga moyillik,
ya‟ni talabalar bilan ishlash, muloqot qilish xohishi va intilish, ular bilan
muloqotdan chuqur rohat olish, yaxshi munosabatda va ziyrak bo„lishlik. SHu
munosabat bilan A.M.Gorkiy A.S.Makarenko haqida “U bolalarga muhabbat
alangasida yonardi ” –deydi. V.A.Suxomlinskiy “Bolalarga yuragimni beraman”
nomli kitob yozgan, kitobning nomini o„zidan gap nimada ekanligini bilish
mumkin; b) sabr- toqat o„zini tutish – har doim‚ har qanday sharoitda, o„z
histuyg„ularini, temperament, boshqarish, axloqi ustida nazoratni yo„qotmaslik;
biroq bu o„z o„rnida jahl va xursandchilik talabalar axloqiga nisbatan e‟tirozni
inkor etmaydi. Bundan tashqari, xotirjamlik va sabr – toqat, befarqlik va
sovuqqonlikka aylanmasligi lozim. Bundan o„qituvchi topqirligi va vaziyatni
boshqarishi katta ahamiyatga ega; v) o„z ruhiy holatini, kayfiyatini talabalar
kayfiyati va ta‟lim muvafaqqiyatini boshqarishg qobiliyatiga bog„liq.
O„qituvchini tetik, hayoidan xursand‚ lekin ortiqcha hayajonsiz ko„rish odatiy
hol. Ta‟limda didaktik, tashkilotchilik, bilish, anglash, konstruktiv, kommunokativ
qobiliyatlar. Didaktik qobiliyatlar quyidagilarda namoyon bo„ladi: a) tushuntirish
qobiliyati‚ ya‟ni talabalarni ko„zi bilan ko„rishi va eshitishi, tushunarsiz
atamalarni tushunarli, sodda va hammabop qila olishi; b) akademik qobiliyatlar,
boshqacha aytganda predmet, fan sohasini bilishi, eruditsiyasi, dunyoqarashni
keng bo„lishi o„z ustida ishlash natijasi sifatida qaraladi; v) nutq qobiliyatlari,
o„z fikri va his tuyg„ularini nutq shaklida aniq va ravshan namoyon qilish
qobiliyati, nutqni muloqotning noverbal vositalar, ya‟ni mimika va pantomimika
bilan birga qo„shib olib borishi. Bundan predmetni bilish, o„zi bayon qilayotgan
Do'stlaringiz bilan baham: |