Yillik reja maktabgacha ta’lim muassasasining istiqbol faoliyatini aks
ettiruvchi asosiy hujjatidir. Unda pedagog va xizmat qiluvchi xodimlarning ishlarini tashkil etish masalalari aniqlanadi. Yillik reja tuzishda bog’chaning
hamma jamoasi ishtirok etadi.
Yillik reja har biro’quv yiliga sentabrdan-sentabrgacha tu-ziladi. Rejani
kasaba uyushmasi qo’mitasi va kamolot tashkiloti, ota-onalar qo’mitasi maktab
bilan kelishilgan holda rejalashtiriladi. Yillik rejaning kirish qismidao’tgano’quv
yilining qisqacha tahlili beriladi, muassasaning holati to’g’risida tushuncha
beriladi. Har bir bo’lim alohida tahlil qilinadi, qanday ishlar bajarilganligi, yo’l
qo’yilgan kamchiliklarning sababi, nimalarga erishilganligi batafsil muhokama
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |