8. 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qachon va qanday hujjat bilan tasdiqlandi? A) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi Qarori bilan.
B) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan.
C) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoyishi bilan.
D) O‘zbekiston Respublikasi Senatining 2017 yil 7 fevraldagi Qarori bilan.
9. 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiyaga kim rahbarlik qiladi? A) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri
B) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
C) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi
D) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
10. “Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deganda, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mas’ulligida, mahalliy aholi manfaatlari asosida, qonunlar doirasida uning davlat ishlarining aksariyat qismini boshqarishi va uni real uddalay olish qobiliyatiga aytiladi. Bu huquqlar erkin, yashirin, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy saylovlarda saylangan a’zolardan iborat kengashlar yoki majlislar o‘zlariga hisobot berib boruvchi ijroiya organlariga ega bo‘lishi mumkin. Bu qoidalar fuqarolar majlislariga, referendumlarga yoki fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishining qonun yo‘l qo‘ygan boshqa shakllariga murojaat etishni istisno etmaydi”. Ushbu jumlalar qaysi manbada aks etgan? A) 1985 yil 15 oktyabrda Evropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan “Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risidagi Evropa xartiyasi”ning 3-moddasida
B) 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonunning 1-moddasida
C) Aleksis de Tokvilning “Amerikadagi demokratiya” asarida D) To‘g‘ri javob yo‘q
11. “E - SUD” milliy elektron axborot sudlov tiziminini sudlar faoliyatiga yanada jadal sur’atlarda joriy etish va undan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha Respublika sudlarida elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda berilgan murojaatlarninig ko‘rib chiqilishini ta’minlash hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyat sudlarida “E - SUD” milliy elektron sudlov axborot tizimidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori qachon qabul qilindi. A) 2015 yil 9 iyunda B) 2016 yil 28 yanvarda C) 2017 yil 30 avgustda D) 2018 yil 13 iyulda