Pedagogik faoliyat deganda nimani tushunasiz?
Pedagogik jarayon-inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan jarayon
Bolalarga ta’lim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan
YOsh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyati
Bolalar va o‘smirlar orasida ta’lim-tarbiya ishiga mas’ul kishilarning faoliyati
Pedagogik faoliyatda mehnat malakasi deb nimaga aytiladi?
Bir xil tarzda ishchi yoki uning tanasi, oyog‘i, qo‘li , barmoqlari bilan predmetni ko‘chirish yoki ushlash uchun ketadigan jarayon
Tanaffuzsiz bitta yoki bir nechta inson harakat organlarining ish bajarishi
Egallagan bilimlarini o‘zining hayotiy va amaliy faoliyatida qo‘llay bilishi
Kam vaqt va mehnatni sarf qilgan holda xatosiz, nazoratsiz operatsiyalarning bajarilishi
Pedagogik faoliyatda nechta qobiliyat etakchilik qiladi?
2 ta;
5 ta;
6 ta;
4 ta.
2-TOPSHIRIQ.
Savollarga yozma ravishda javob bering.
1. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari.
2.At-Termiziyning tarbiyaviy ahamiyati va ilmiy merosi
3.Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul –haqoyiq” asarida didaktik qarashlar
javoblar
1. edagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos («bola» va «etaklayman») tushunchasi asosida shakllangan) shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan muayyan tizimli faoliyat, shuningdek, ta’lim-tarbiya mazmuni, umumiy qonuniyatlari, shakli va metodlari haqidagi fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni tarbiyalash haqida bahs yuritadi.
Pedagogika tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda tarbiyaning rolini yoritib beradi,tarbiyaning maqsadi, mazmuni, metodlari, uni tashkil etishdagi shakllar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ko‘rsatadi.Shuningdek, pedagogika o‘z taraqqiyoti davomida ta’lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi,tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari, yo‘llarini yoritib beradi,tarbiyaviy ishning shakllarini ko‘rsatadi.Pedagogika tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va bolaning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatish bilan birga tarbiyaning tarkibiy qismlari,ular o‘rtasidagi mustahkam aloqa va bog‘lanishlarni ochib beradi.Pedagogika fani tarbiyalovchilar va tarbiyalanuvchilarning faoliyatini ham o‘rganadi.Shuningdek, u tarbiyaviy muassasalardagi xodimlarga, oa-onalarga yoshlarni tarbiya qilish, o‘qitishdagi mahoratini yanada takomillashtrish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirish borasidagi ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun o‘quv jarayonini Prezident I.A.Karimovning ushbu fikrlari bilan ko‘rsatib o‘tamiz «… o‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor».
Do'stlaringiz bilan baham: |