O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Ish yuritish huquqi fanidan
3-Topshiriq
Bajardi: LCA001-2 - guruh talabasi
Qo’chqorov Abdulaziz
Tekshirdi: Shaislamova M.
Toshkent – 2022
Shartnomalar tuzish – biznes uchun kundalik amaliyotdir. Korxonada
shartnomaviy ishni tashkil qilish ayrim savollarga javoblarni talab qiladi. Nimadan
boshlash kerak? Shartnomaga qanday boʼlimlarni kiritish kerak? Qanday
shartnoma xatolarini oldini olish yoki yoʼl qoʼyilgan xatolarni tuzatish mumkin? Bu
haqda batafsil – yangi sharhimizda.
Shartnomalar – bu bitim ishtirokchilarining asosiy kelishuvlarini qayd
qiladigan hujjatlardir. Ular mamlakat doirasida va tashqi savdo oborotida tovarlar
va moliyaviy mablagʼlarning harakatini taʼminlaydi.
Barcha tadbirkorlar shartnomaviy munosabatlarga kirishadilar, bu esa
ulardan muayyan ishlarni talab qiladi. Jumladan korxonaning oʼzida shartnomani
imzolashdan oldin uning loyihasi tuziladi, kontragent bilan kelishiladi, tuzatish va
qoʼshimchalar kiritiladi, qonunga muvofiqligi tekshiriladi va h.k.
Shtatlar soni cheklanmagan va moliyaviy xarajatlarini qisqartirishga majbur
boʼlmagan subʼektlar oʼzlarida tegishli boʼlimlarni tashkil qiladilar, u yerga
shunday ishlarni bajarish uchun maxsus iqtisodchilar va yuristlar jalb qilinadi.
Kichik biznes har doim ham bunday imkoniyatga ega boʼlmaydi, natijada bir qator
savollar yuzaga keladi. Bugun biz ularning ayrimlariga javob berishga harakat
qilamiz.
Quyida namuna sifatida keltirilgan “korxonaning sotish shartnomasi”ni misol qilib
olsa bo’ladi. Bu shartnomada birinchi o’rinda san ava
shartnoma tuzilgan hudud
kiritiladi. So’ngra sotuvchi va sotib oluvchi tomonning mas’ul shaxlari korxona
nomi keltiriladi. Shartnoma bir qancha bandlardan iborat bo’ladi.
Berilgan
shartnomada 7 ta band bor:
1.
Shartnoma predmeti (sotilayotgan korxonaning faoliyat turi, nomi,
mulki
haqida ma’lumot beriladi ).
2.
Shartnoma summasi va hisob-kitob qilish tartibi (barcha moliyaviy hisobotlar
malumotlar beriladi)
3.
Taraflar majburiyatlari
4.
Taraflarning javobgarligi va nizolarni hal etish tartibi
5.
Boshqa shartlar (agar bor bo’lsa ilova qilinadi)
6.
Yakuniy qoidalar
7.
Taraflarning rekvizitlari (bank hisob raqamlari, STIR, telefon raqam)