3-Topshiriq Mavzu: Bolalar folklori
namunalari. Bolalar maishiy
qo’shiqlarining g’oyaviy-badiiy
mundarijasini tavsiflang
.
Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalari. Odatda bolalar
yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor
janrining tarkibiy kismi. Oʻzbek Bolalar folklori alla, ertak,
ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari,
erkalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻiiniga,
qoʻshigʻiga moslangan boʻladi. Oʻzbekistonda Bolalar folklori
namunalari toʻplam holida 1932 yildan nashr etila boshladi.
Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va
erkalamalar onalar mehrmuhabbati bilan yoʻgʻrilgan boʻlib,
ularda goʻdakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola
yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi. Bolani belash,
oʻtqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, oʻynatish va
ovutishlarda
"Toytoy",
"Bordibordi"
va
boshqa
ovutmachoklar aytiladi. Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil
fasllari bilan boglik. "Boychechak", "Oftob chiqsi olamga",
"Chittigul",
"Laylak
keldi,
yoz
boʻldi",
"Qurbaqa",
"Qaldirgʻoch" kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida,
dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi. Ular bahor kelishi,
yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak,
birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq. "Bu
bogʻchada olicha", "Zuvzuv boragʻon", "Chamandagul", "Oq
sholi, koʻk sholi" va boshqa qoʻshiklar turli davrda
aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik,
hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar
hatti-harakatlariga taqlid aks etadi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar
ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga
yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. Oʻyinlar Bolalar
folklori ning murakkab turi boʻlib, ularda drama va musiqa
unsurlari chatishib ketadi. Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar
"Choriy chambar", "Hakkalakam" kabi sanama oʻyinidan,
katta bolalar "Qushim boshi" degan topishmoqdan
boshlaydi.
O’zbek folklori va folklorshunosligini bolalar og’zaki ijodisiz
tasavvur qilish qiyin. Garchi bolalar og’zaki ijodi
umumfolklorning tarkibiy qismi sanalsa-da, faqat o’zigagina
xos xususiyatlarga ham ega. Bu hol uni alohida hodisa
sifatida ajratib o’rganishni ehtiyojga aylantira bordi. Rus
folklorshunosligida XIX asrning II choragida boshlangan bu
harakat o’zbek folklorshunosligida XX asrning 20-yillaridan
keyin yuzaga keldi. Dastlab “bolalar qo’shiqlari”, “beshik
qo’shiqlari” deb yuritildi. Biroq bu istiloh hodisa mohiyatini
to’la
ifodalay
olmagani
uchun
ilmiy
taomilda
barqarorlashmadi. Natijada 20-yillarning o’rtalarida taniqli
rus folklorshunosi, professor G. S. Vinogradov ilk bor
qo’llagan “bolalar folklori” istilohi o’tgan asrning 60-yillariga
kelib o’zbek folklorshunosligida ham qo’llana boshladi va
o’zlashdi. Chunki bu termin bolalar og’zaki ijodiyotining
barcha xususiyatlarini o’ziga singdirgan bo’lib, uning xilma-xil
janriy arsenalini yaxlit bir tizim tarzida ifoda etar edi.
O’zbek bolalar og’zaki poeziyasida yumoristik sayqali baland
qofiyadosh laqablar va tegishmachoqlar qatorida satirik o’ti
yarqirab turgan masxaralamalarning ko’pligi buning yorqin
dalilidir.
Tegishmachoqlar qofiyadosh laqablardan o’sib chiqib,
bolalarning bir-birlariga va kattalarga hazilkashliklari,
tegishishlaridan
tug’iladigan
goh
mutoyibali,
goh
mulozamatli, goh mazaxli yumoristik badihalar hisoblanadi.
Ulardagi yumoristik zavq oniydir. Shu sababli, aksariyati ikki,
uch, to’rt, besh, olti va sakkiz satr atrofida. Bunday
kompozistion ixchamligi-yumoristik zavqning lahzaviyligi,
uzoqqa cho’zila olmasligi, samimiyligi va beg’arazligi bilan
bog’liq.
Masxaralamalar esa satirik xarakterdaligi, aniqrog’i,
bolalarning voqelikka sinfiy ijtimoiy nuqtai nazardan tanqidiy
munosabatlarini ifodalashi va ijro etilishi jihatidan
tegishmachoqlardan
farq
qiluvchi
badihalardir.
Tegishmachoqlar ham, masxaralamalar ham shovqin solib
aytilishlariga ko’ra o’zaro o’xshasalar-da, birinchisi- bevosita
ob’ektga qaratilgan bo’lib, ko’pchilik tomonidan ijro etilsa,
ikkinchisi-ayni ijro jarayonida ob’ektga qaratilmagan bo’ladi.
Masxaralamalar yakka holda-soloda aytilaveradi, gohida
hattoki deklomastiya qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |