3-topshirig Qog oz va uni kelib chigish tarixi, turlari haqida gisqacha ma'lunmot bering. Qog‘oz vodorod bog‘lanish bilan birlashgan sellyuloza tolalaridan iborat yupqa materialdir



Download 5,3 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi5,3 Kb.
#229339
Bog'liq
3-topshiriq


3-topshirig Qog oz va uni kelib chigish tarixi, turlari haqida gisqacha ma'lunmot bering. Qog‘oz vodorod bog‘lanish bilan birlashgan sellyuloza tolalaridan iborat yupqa materialdir. Yog‘och, paxta yoki qog‘ozni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Qogʻoz — asosan, oʻsimlik tolalaridan tayyorlanadigan yupqa material. Turli xil jinsdagi daraxt yogʻochi va bir yillik oʻsimlik sellyulozasi hamda yogʻoch massasidan ishlanadi. Q. massasiga oʻsimlik tolalaridan tashqari turli qoʻshimcha (toʻldirgich)lar, mas, oq tus beradigan, zich, silliq qiladigan, boʻyoq olish xususiyatini yaxshilaydigan mineral moddalar (kaolin, talk va boshqalar); siyohni yoyiltirmaydigan yoki qogʻozni puxta va zich qiladigan yelimlovchi materiallar (kani-fol yelimi, kraxmal, smola va h.k.); boʻyagichlar, kimyoviy tolalar va boshqa qoʻshiladi. Q. dastlab (2-asr) Xitoyda olingan. Say Lun oʻsimlik tolalarining suvli boʻtqasini toʻrdan oʻtkazib, Q. olishga muyassar boʻlgan. Bu usul koʻp vaqtlargacha sir saqlab kelindi, 6-asr boshlarida Yaponiyada joriy qilindi. 6—8-asrlarda Q. ishlab chiqarish Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqaldi. 7-asrning boshlaridan — 19-asrning 1-yarmigacha Samarqandda ishlab chiqarilgan Q. Turkistondagina emas, balki qoʻshni mamlakatlarda ham mashhur boʻlgan. Keyinchalik Q. tayyorlash arablar orqali Eron, Shim. Afrika va Kiprga, keyinroq esa Ispaniya, Marokash va boshqa mamlakatlarga yoyildi. Q. bungacha yozuvda ishlatib kelinayotgan papirus va boshqa materiallarni siqib chiqardi. Keyinchalik (taxminan 10-asrda)Q. ishlab chiqarish Ispaniyadan Yevropadagi barcha mamlakatlarga, shu jumladan, Rossiyaga oʻtdi. 15—16-asrlarda kitob bosish kashf qilinganidan keyin q. ishlab chiqarish surʼati tezlashdi. 17— 18-asr mobaynida Gollandiyada yangi tuyish apparati — roll ixtiro qilindi, fransuz ixtirochisi N. L. Rober qoʻl bilan uzluksiz aylantirib turiladigan sim toʻrli Q. quyish mashinasini yaratdi. Keyinchalik bu sodda mashinaga presslash, quritish, kalandr va rulon qilib oʻrash seksiyalari qoʻshildi. 19-asr 60-yillarida Q. mashinasi deyarli hozirgi Q. mashinasi kabi qismlardan iborat boʻlgan. Keyinchalik Q. mashinasining barcha qismlari takomillashtirildi. Q. ishlab chiqarish tezligi oʻnlarcha marta oshi-rildi. Latta xom ashyosi oʻrniga yogʻoch sellyulozasi tolalari ishlatiladigan boʻldi. Qadimgi roll mashinasi uzluksiz ishlaydigan tuyish appa-ratlariga almashtirildi. Sintetik polimer smola va tolalar borgan sari koʻproq ishlatiladigan boʻldi va Q. ishlash texnikasi takomillashtirildi (qarang Sellyuloza). Q.ning 600 dan ortiq turi bor. Q., asosan, yozish, daftar va kitoblar chiqarish uchun ishlatiladi. Koʻpchilik hollarda Q. va karton toʻqimachilik, yogoch ishlash va shisha sanoati mahsu-lotlari bilan raqobatlashmoqda. Ular turli metall buyumlari oʻrnini egallamoqda, konstruksion, izolyatsiya-lovchi, qistirma, filtrlovchi, par-dozlovchi va h.k. materiallar sifatida ishlatilmoqda. Q. qanday maqsadlarda ishlatilishiga koʻra, massasi (1m;da 4—250 g). qalinligi (4 mm dan 400 mm gacha). mexanik xossalari (uzilish uzunli-gi, sinish, ezilish, titilish. siqilish, buralish), yelim olishi, kul-liligi, namliligi, rangi, oqlili-gi, silliqligi, singdirish qobiliya-ti, havo, bugʻ, yogʻ oʻtkazmasligi, die-lektrikligi va boshqa xossalari bilan ifo-dalanadi. Xalqaro tasnifga koʻra, Q. quyidagilarga boʻlinadi: Matbuot Q. (bosmaxona, ofset, illyustratsiya, kartografiya, boʻrlangan Q.) — juda silliqligi, oqligi, bosma boʻyoqni yaxshi singdirishi bilan ajraladi. Gazeta q. bilan gul (oboy) Q. ham shu sinfga oid. Yozuv Q. (yozuv, pochta, konvert, kartochka Q) — yelim olishi, singdirish xususiyatining kichikligi, juda silliqligi bilan ajraladi. Chizmachilik-rasmchilik Q. (rasm, chizmachilik, chiz-machilik kalkasi Q.) — yelimni yaxshi oladi. Elektroizolyatsion Q. (kondensator, kabel, telefon, izo-lyatsion-oʻrov Q.) — mexanik mustah-kamligi, dielektriklik xossasi yax-shiligi bilan ajraladi. Papiros Q. (mundshtuk, papiros, sigaret, chekma Q.) — bu sinf Q.ning kompozitsiyasi. xossasi va tayyorlanish texnologiyasi turlicha. Shimuvchi Q. (filtr, bosma, singdiruvchi Q.) — fibra, pergament, sanitariyagigiyena mahsulotlari va boshqa tayyorlashda ishlatiladi. Apparat Q. (telegraf len-tasi, Krid lentasi, perfokarta Q.) — mexanik mustahkamligi bilan ifodalanadi. Yorugʻlik sezgir Q. — mexanik mustahkamligi, yaxshi yelim olishi bilan ajraladi, fotografiyada ishlatiladi (qarang Fotografiya). Koʻchirish Q. (kopirovka va koʻchirish Q.) — maxsus ishlov berib tayyorlanadi. Oʻrov Q. — oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlarini oʻrash uchun ishlatiladi. Sanoat-texnika Q. (patron, jilvir, diffuzor tovush yozib olish, ip oʻrashda ishlatiladigan va h.k.) — paxta tolasi, asbest, sunʼiy tolalardan oddiy usulda ishlab chiqariladi. Q boʻtqasini tayyorlash texnologiyasi tola materiallarini tuyish; tolaga mos kompozitsiya tuzish; suspen-ziya, toʻldirgich, boʻyagichlar tayyorlash; q. braklarini qayta ishlashni oʻz ichiga oladi. Q. qogoz tayyorlash mashinasida olinadi. U uzluksiz ishlaydigan koʻp seksiyali agregat. Unda sersuv tola suspenziyasidan q. va baʼzi bir turdagi karton olinadi. Q. tayyorlash mashinasi 2 asosiy turga: yassi toʻrli (asosiy qogʻoz turlari ishlab chiqariladigan) va dumaloq toʻrli (baʼzi qogʻoz turlari va karton ishlab chiqariladigan) tiplarga boʻlinadi.
Download 5,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish