3.Tizim klassifikatsiyasi jadvali
№
|
Klassifikatsiya belgilari
|
Belgilari bo‘yicha obyektning turi
|
Tegishliligining asosi
|
1.
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
…
|
|
|
|
Namuna mashq. Texnik tizim – yengil avtomobil. Bu tizimning bel- gilariga ko‘ra klassifikatsiyasi 1-jadvalda keltirilgan.
№
|
Klassifikatsiya belgilari
|
Belgilari bo‘yicha obyektning turi
|
Tegishliligining asosi
|
1.
|
Tashkil etilganlik darajasi
|
Yaxshi tashkil etilgan
|
Tizimning elementlari,
ularning o‘zaro aloqasi, elementlarining birlashish qoidalari aniqlangan
|
2.
|
Ifodalanishining formallashtirilgan
apparati ko‘rinishi
|
Determinatsiyali
|
Holatini oldindan ko‘ra bilish mumkin
|
3.
|
Kelib chiqishiga
ko‘ra
|
Sun'iy
|
Odam tomonidan
yaratilgan
|
4.
|
Asosiy elementlari
bo‘yicha
|
Aniq
|
Moddiy elementlardan
yaratilgan
|
5.
|
Muhit bilan o‘zaro ta’siri bo‘yicha
|
Ochiq
|
Ish ichki holati va tash- qi zaxirasi (yoqilg‘i)
bilan aniqlanadi
|
6.
|
Murakkablik dara-
jasiga ko‘ra
|
Sodda
|
Elementlari orasidagi
aloqa oson tavsiflanadi
|
7.
|
Tabiiy bo‘linishiga
ko‘ra
|
Texnik
|
Sun'iy, odam tomoni-
dan yaratilgan
|
8.
|
Tuzilish tamoyili
bo‘yicha
|
O‘z-o‘zidan
rivojlanmaydigan
|
Tashqi ta’sirlar hisobi-
ga rivojlanadi
|
Umuman olganda, tizim har xil belgilariga qarab klassifikatsiyalanadi. Mono belgilarga qarab tizimlarni quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin:
Foydalanilishiga ko‘ra: fizik (miqdorlari o‘lchamli) va abstrakt (elementlari tushuncha, tenglama, o‘zgaruvchilar, sonlar va boshqa bo‘lishi mumkin; masalan, dasturlash tili, sonlar sistemasi, tenglamalar sistemasi va boshqa).
Miqdorlari, elementlari va bog‘lanishlari soniga ko‘ra: chega- ralangan (miqdorlari, elementlari va bog‘lanishlari soni chekli; masalan, fizik tizimlar chegaralangan); chegaralanmagan (miqdorlari, elementlari va bog‘lanishlari soni chekli bo‘lmagan; masalan, abstrakt tizimlar esa chega- ralanmagan bo‘lishi ham mumkin).
Ta’sir qilishiga ko‘ra: determinatsiyalangan (barcha elementlar kutilgan tartibda o‘zaro ta’sirda) va stoxastik/ehtimollik (tizimning holatini biror ehtimollik bilan oldindan aytish).
Kelib chiqishiga ko‘ra: tabiiy (insonning aralashuvisiz tabiat tomonidan yaratilgan tizimlar; masalan, jonli, jonsiz, ekologik, ijtimoiy va boshqa); sun'iy (inson tomonidan uning iste’molini qondirish uchun yaratilgan tizimlar; masalan, mexanizm, mashina, avtomat, robot va boshqa); virtual (xayoliy, haqiqatda ular mavjud bo‘lmasligi mumkin, ammo ular haqiqiy hayotda xuddi mavjud bo‘lgandek).
Muhit bilan o‘zaro ta’siriga ko‘ra: izolyatsiyalangan (tashqi muhit bilan aloqasi yo‘q); yopiq (tashqi muhitdan qat'iy nazar mavjud va qat'iy fiksirlangan chegaralarga ega; masalan, monopoliya, patentlar va boshqa vositalar bilan himoyalangan jarayonlar va mahsulotlar, quyosh tizimi) yoki ochiq (tashqi muhit bilan aloqasi ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni tizim o‘zini o‘rab turgan atrof tizimlarga ta’sir qiladi va ularning ta’sirini ham o‘zida sezadi; masalan, korxona, fan sohasi, biogeosenoz).
Murakkablik darajasiga va tavsiflanish uslubiga ko‘ra: sodda (muammoni yechish jarayonida tashkil etuvchilariga ajratilishiga hojat bo‘lmagan tizim, uning ba’zi elementlar o‘rtasidagi bog‘lanish oson tavsi- flanadi; masalan, loyiha, mexanik ustaxona, meduzalar harakati, mahsulot sifatining statik nazorati, tanga tashlash, eshikning oshiq-moshig‘i); mu- rakkab (ko‘plab elementlar o‘rtasidagi tarmoqlangan tuzilma murakkab funksiyalarda bajariladi, bunday tizimning elementlari va tizim ostilari o‘zaro aloqada va o‘zaro bog‘liq, ularni izolyatsiyalangan holda o‘rganish mumkin emas; masalan, raqamli EHM, avtomatlashtirish, shartli re- flekslar, sanoat korxonasining foydasi, odam, inson xulqi va ongi, hayot sifati); o‘ta murakkab (o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligi to‘la tavsiflani- shi mumkin bo‘lmagan elementlar va tizim ostilar to‘plamidan iborat tizim; masalan, odam, iqtisodiyot, odam miyasi, firma faoliyati, ijtimoiy tizimlar, ijtimoiy tashkilotlar, bizning ongimizdan tashqarida mavjud tiz- imlar va boshqa).
Vatq o‘tishi bilan o‘zgarishi belgisiga ko‘ra: statik (parametrlari va xossalari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi, ya’ni tizim bitta mumkin bo‘lgan va oldindan aniqlangan holatiga ega; masalan, ko‘pgina texnik tizimlar); dinamik (parametrlari va xossalari vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchan; masa- lan, ijtimoiy, tashkiliy-texnik tizimlar).
Miqdori va o‘lchami (nisbiy xarakteristikalari) ga ko‘ra: mayda, o‘rtacha va yirik. Bu ajratishlar ba’zan quydagi sxema bo‘yicha bajariladi: mayda tizimlar – tizimning elementlari soni 30 dan kam (masalan, firma xodimlari soni 25 kishi, avtoruchka 1 dona, oila 5 kishidan iborat, talabalar guruhi 30 kishidan kam, kafedra xodimlari 15 kishidan kam); o‘rtacha tiz- imlar – tizimning elementlari soni 30 dan 300 gacha (masalan, firma xo- dimlari soni 250 kishi, fakultet talabalari soni 200 nafar, chang yutguch); yirik tizimlar – tizimning elementlari soni 300 dan ko‘p (bunday tizimlarni soddaroq funksional tashkil etuvchilariga ajratib o‘rganish maqsadga mu- vofiq; masalan, korporatsiyaning xodimlari soni 15000 kishidan ko‘p).
Kuzatilayotgan miqdorlariga va ularning vaqt bo‘yicha taqsimlan- ishiga ko‘ra: diskret (masalan, texnik tizimlar); uzluksiz (masalan, suvning
aylanma harakati, o‘simliklardagi fotosintez, hayvonlar va odamlardagi as- similyatsiya va dissimilyatsiya, hayotning o‘zi va boshqa); impulsli (dis- kret vaqt momentlarida uzluksiz o‘zgaruvchan parametrlarga ega tizim).
Tuzilmasining murakkabligiga ko‘ra: jonli (masalan, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar, ijtimoiy tizimlar, ijtimoiy tashkilotlar, bizning ongimizdan tashqarida mavjud tizimlar); jonsiz (masalan, statik, sodda dinamik tuzilmali, kibernetik tizimlar).
Mohiyatiga ko‘ra: kosmik; biologik; texnik; ijtimoiy; iqtisodiy; ekologik; siyosiy va boshqa.
Maqsadli tayinlanganligiga ko‘ra: maqsadli yo‘naltirilgan (qo‘yilgan maqsadga erishish uchun ish faoliyati oldindan dasturlashtiril- gan); maqsadli intiluvchan (muqobil uslublarni tanlash yo‘li bilan qo‘yilgan maqsadga erishish).
Yetakchi elementi mavjudligiga ko‘ra: markazlashtirilgan (yetak- chilik vazifasini bajaruvchi markaziy bo‘g‘inga ega); markazlashtiril- magan (barcha elementlari o‘rtasida vazifalar tekis taqsimlangan);
Faoliyatining davomiyliga ko‘ra: qisqa muddatli; o‘raliq muddat- li; uzoq muddatli; maxsus; ixtisoslashtirilgan (xizmat turi yoki mahsulotiga qarab bitta funksiyani bajaruvchi); kompleks (mahsulotni yaratishda bar- cha fuksiyalari ishlaydi); determinatsiyalangan (faoliyati natijalari taxmin- lashtirilgan); stoxastik (faoliyati natijalari ehtimolli aniqlanuvchi).
Parametrlarining tavsifiga ko‘ra: sifatiy parametrli (faqat mazmunan tavsifga ega); miqdoriy parametrli (o‘zgaruvchilari diskret yoki uzluksiz, miqdorli tavsiflanadi); aralash tavsifli (sifatli hamda miqdorli).
Faoliyati qonuniyatlari tavsifiga ko‘ra: "Qora quti" (tizimning faoliyati qonuniyatlari to‘la noma’lum, faqat kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlargina ma’lum); parametrlashtirilmagan (qonuniyatlari no- ma’lum; faqatgina qonuniyatlarining ba’zi apriorlarigina ma’lum); para- metrlashtirilgan (barcha parametrlari bo‘yicha faoliyati qonuniyatlari aniq); "Oq (shaffof) quti" (faoliyatining barcha qonuniyatlari aniq).
Boshqarilish uslubiga ko‘ra: tashqaridan boshqariluvchan tizim (teskari aloqasiz, yo‘naltiriluvchan, tuzilmaviy, axborotli yoki funksional boshqariluvchan); ichkaridan boshqariluvchan (o‘z-o‘zini boshqaruvchan, dasturiy boshqariluvchan, avtomatik moshlashuvchan; tashqi va ichki omillar ta’sirida vaqt va fazo bo‘yicha o‘zining tuzilmasini tartiblashtiru- vchan va o‘zgartiruvchan); kombinatsiyali boshqariluvchan (avtomatik, yarim avtomatik, avtomatlashtirilgan, tuzilmalashtirilgan).
Belgilari to‘plami bo‘yicha – tizimni yaratish usullari va ularning ishlash xususiyatlariga ko‘ra tizim 4 ta sinfga ajratiladi:
Birinchi sinf: fizik tizimlar (tabiiy, moddiy, jonsiz) muqim tuzilmaga va yaqqol ifodalanuvchi maqsad fuksiyasiga ega emas (masalan, quyosh tizimi, galaktika, tog‘ tizimi, minerallar tizimi, suv tizimi va boshqalar ta- biiy jonsiz tizimlar).
Ikkinchi sinf: texnik tizimlar (sun'iy, moddiy, jonsiz) muqim tuzil- maga va yaqqol ifodalanuvchi maqsad fuksiyasiga ega (masalan, stanok, kompyuter, magnitafon va boshqalar sun'iy jonsiz tizimlar).
Uchinchi sinf: biologik tizimlar (tabiiy, sin'iy, moddiy, jonli) qayta tiklanuvchi tuzilmaga ega (masalan, seleksiya va gen-muhandisligi bilan olingan tizimlar, ijtimoiy tizimlar sin'iy jonli tizimlar).
To‘rtinchi sinf: ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar (sun'iy), ishlab chiqarish, taqsimot, almashinuv, inson faoliyatining iste’mol talablari natijalari (ma- salan, laboratoriya, o‘quv guruhi, partiya, institut, kasaba uyushmasi va boshqa).
Tizim tushunchalardan, obyektlardan va subyektlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin (masalan, futbol komandasi o‘yinchilari, laboratoriya xo- dimlari subyektlar; avtomobil yoki yozuv mashinkasining obyektlari bu uning alohida qismlari; "inson-mashina" tizimi esa har uchchala turdagi el- ementlardan tashkil topgan, bular firma, transport tizimi, energetik tizim va boshqa).
Yuqorida aytilganlarni yanada oydinlashtiramiz. Masalan, "Avtoruchka"ning klassifikatsiyasi: ta’sir qilishiga ko‘ra – determi- natsiyali; kelib chiqishiga ko‘ra – sun'iy; muhit bilan o‘zaro ta’siriga ko‘ra
– ochiq; murakkablik darajasiga ko‘ra – sodda; vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi belgisiga ko‘ra – statik; miqdori va o‘lchamiga ko‘ra – mayda. Masalan, "Ko‘l" – ekologik tizim; ochiq; parametrlari tavsifi o‘zgaruvchan; para- metrlashtirilmagan; tizim ostilar "Suv o‘tlari", "Baliqlar", "Quyilayotgan buloqlar", "Ko‘l tubi", "Ko‘l qirg‘og‘i". Masalan, "Kompyuter" texnik tizim; ochiq; sun'iy; aralash tavsifli; parametrlashtirilgan; tashqaridan boshqariluvchan (dastur yordamida). Masalan, "Mantiqiy disk" – sun'iy; ochiq; virtual; miqdorli tavsifli; "Oq quti"; aralash boshqariluvchan. Masa- lan, "Firma" – ochiq; sun'iy; kelib chiqishi va tavsifi aralash; ichkaridan boshqariluvchan.
XULOSA
Ushbu mustaqil ishni bajarishda real vaqt operatsion tizimi haqida ko’plab yangi malumotlarga ega bo’ldim va bilimlarimni mustahkamlashga erishdim.
Shuningdek Real vaqt ETlariga qo’yiladigan maxsus talablar ularning arxitekturasi statik tizimlar arxitekturasidan farq qilishiga olib keladi. Ikir - chikirlarga berilmasdan ikki qism tizimning paydo bo’lganligini ta’kidlab o’tamiz: tashqi muhitni modellashtirish va tashqi muhit bilan bog’lanish
Real vaqt ETlarini yaratish vositasi o’zida nimani aks ettirishini tushunish uchun quyida bunday tizimning hayot siklini va uning asosiy komponentlarini tavsiflab o’tamiz. Real vaqt ETlari qobig’ini tavsiflashni G2 tizimi misolida olib boramiz, chunki bunday dasturiy maxsulotlar uchun zarur va o’rinli xisoblangan barcha imkoniyatlar unda to’liq amalga oshirilishini bildim
Xulosa qilib aytganda, axborot texnologiyalari soxasidagi kechagi yangiliklar bugungi kunda odatdagi hol bo‘lib qoldi. Davr bilan bil xil qadam bosish uchun bu soxaning mutaxassislari doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirishlari va yangi texnologiyalarni o‘rganib borishlari zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Karimov I.A.“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni yanada joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Prezident qarori, Toshkent, 2012 y.
Бурнет Э. Привет, Android! Разработка мобильных приложений. —
СПб.: Питер, 2012. 256 с.
Кашинцева Л.Н.. Изучение методов создания кроссворда на уроке информатики / Информатика и образование/ 2008 - №10
Do'stlaringiz bilan baham: |