3. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari



Download 130,03 Kb.
bet26/36
Sana31.12.2021
Hajmi130,03 Kb.
#217060
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
tijoriy banklarning operatsiyalari

Forfeyting operatsiyalari

Forfeyting operatsiyalari asosan yirik banklar va kompaniyalar o‘rtasida uzoq muddatga, juda katta miqdordagi moliyaviy mablag‘larni to‘lashda qo‘llaniladigan operatsiyalar hisoblanadi.

Forfeyting operatsiyasida, faktoring operatsiyasidagi kabi uch tomon ishtirok etadi. Birinchisi, mol etkazib beruvchi, ikkinchisi, mol sotib oluvchi va uchinchisi, vositachi – bank yoki moliyaviy muassasa.

Forfeyting operatsiyalarining faktoring operatsiyalaridan asosiy farqi sifatida ushbu operatsiyalar uzoq muddatga (6 oydan 5 – 6 yilgacha) va yirik summalarga tuzilishini ta’kidlash mumkin.

Forfeyting iqtisodiy termeni odatda majburiyatni sotib olish ma’nosida qo‘llaniladi, uni so‘ndirish tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonida kelgusida yuz beradi. “a forfait” so‘zi fransuzchadan vujudga kelgan bo‘lib, “huquqdan voz kechish” ma’nosini anglatadi. Forfeytingda pul mablag‘ini olishga talabgor bo‘lgan sotuvchi o‘tkaziladigan veksel inodassamentiga2 “to‘lovni qaytarish shartisiz” so‘zini qayd etish orqali to‘lov regressidan3 o‘zini himoya qiladi. Forfeyting vekslini sotuvchi asosan yirik eksporterlar hisoblanib, ular vekselni to‘lov hujjati sifatida akseptlab sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning summasini diskont asosida zudlik bilan to‘lash hisobiga barcha risk va majburiyatlar bilan birgalikda forfetterga (ya’ni vekseldagi summani to‘lab beruvchi va o‘zida qayd etib boruvchi bankka) o‘tkazadi.

Agar importer birinchi darajali to‘lov qobiliyatiga va yuqori moliyaviy mavqega ega bo‘lmasa, har qanday forfetterlangan qarz summa aval4 shaklida kafolatlangan yoki chaqirib olinmaydigan bank kafolatiga ega bo‘lishi lozim.

Vekselni forfeterlash paytida undagi summa forfet krediti berilayotgan to‘liq muddatga diskont asosida forfetter tomonidan avans tarzida ushlab qolinadi. Eksporter forfet krediti bo‘yicha hech qanday majburiyatni o‘ziga olmaydi, faqatgina u jo‘natayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va tuzilayotgan hujjatlarning qonuniyligi hamda haqoniyligini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi.

Forfeyting operatsiyalariga misol sifatida AQSHning Boing samolyotini ishlab chiqaradigan kompaniya bilan yirik avikompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro oldi – sotdilarni keltirish mumkin. CHunki, boeng samolyotlarining bahosi juda yuqori bo‘lishi aviakompaniyalarga ushbu mablag‘larni birdan to‘lash imkoniyatini bermaydi, biroq o‘z navbatida ishlab chiqarilgan samolyot uchun tegishli to‘lovni ololmagan samolyotsozlik kompaniyasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda muammolar vujudga keladi. Aynan shu muammo banklarning ishtirokida forfeyting operatsiyalari orqali hal etiladi. Bundan bank samolyotni sotib olgan aviakompaniyaning boeng kompaniyasi oldidagi majburiyatlarini sotib oladi (savdo trattasi, o‘tkazma yoki oddiy veksel shaklida) va to‘lovni bir yo‘la amalga oshiradi, kelgusida esa bank va aviakompaniya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga bo‘yicha asosiy summa tegishli jadval asosida, qo‘shimcha foiz to‘lovlari bilan birgalikda undirib boriladi.


Download 130,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish