3. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari



Download 130,03 Kb.
bet15/36
Sana31.12.2021
Hajmi130,03 Kb.
#217060
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
tijoriy banklarning operatsiyalari

(banklar kesimida) ma’lumot1



Bank nomi

Kapital

Summa

(mlrd so’m)



ulushi, foizda

Jami

55 364

100%

Davlat ulushi
mavjud banklar

47 218

85%

1

O’zmilliybank

13 670

24,7%

2

O’zsanoatqurilishbank

6 685

12,1%

3

Asaka bank

6 277

11,3%

4

Ipoteka bank

4 040

7,3%

5

Agrobank

4 632

8,4%

6

Xalq banki

4 753

8,6%

7

Qishloq qurilish bank

2 334

4,2%

8

Mikrokredit bank

1 679

3,0%

9

Aloqa bank

1 466

2,6%

10

Turon bank

1 161

2,1%

11

Aziya Alyans bank

316

0,6%

12

Poytaxt bank

118

0,2%

13

O’zagroeksportbank

86

0,2%

Boshqa banklar

8 146

15%

14

Xamkor bank

1 310

2,4%

15

Ipak yo‘li bank

882

1,6%

16

Kapital bank

727

1,3%

17

O’zKDB bank

632

1,1%

18

Oriyent Finans bank

1 033

1,9%

19

Invest Finans bank

580

1,0%

20

Trast bank

706

1,3%

21

Davr bank

260

0,5%

22

Savdogar bank

178

0,3%

23

Turkiston bank

157

0,3%

24

Tenge bank

349

0,6%

25

Universal bank

157

0,3%

26

Ziraat bank

295

0,5%

27

Ravnaq bank

135

0,2%

28

Xay-Tek bank

139

0,3%

29

Eron Soderot bank

353

0,6%

30

Madad invest bank

140

0,3%

31

TBC bank

112

0,2%

Tijorat banklarining xizmatlar turi:



Jismoniy shaxslarga

Yuridik shaxslarga

Pul o‘tkazmalari

Kredit mahsulotlari, shu jumladan xorijiy valyutada

Omonatlar

Lizing

Bank kartalari

Faktoring

Kredit mahsulotlari

Konversion amaliyotlari

Konversion amaliyotlari

Internet-banking

Mobil banking

Individual seyf va yacheykalari

Individual seyf va yacheykalar

Hisob-kitob va kassa xizmatlari

Hisob-kitob va kassa xizmatlari

Xorijiy kredit liniyalari

To‘lovlarni qabul qilish

Loyihalarni moliyalashtirish

Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish

Sug‘urta tashkilotlar nomidan sug‘urta shartnomasini tuzish

Jamg‘arma sertifikatlari

Omonat sertifikatlari

Mol-mulkni ishonchli boshqarish

Mol-mulkni ishonchli boshqarish

Daromad bilan bir qatorda banklarning yetarli xarajatlari mavjud:

foizlar bo‘yicha xarajatlar: talab qilib olingungacha bo‘lgan depozitlar hisobvaraqlari, muddatli omonatlar, Markaziy bank va boshqa tijorat banklariga to‘lovlar, to‘lanadigan kreditlar bo‘yicha;

foizsiz xarajatlar: komission xarajatlar va xizmatlar uchun xarajatlar (masalan, bank reklamasi yoki tadbirlarni o‘tkazish), xorijiy valyuta kursining salbiy o‘zgarishlaridan yo‘qotishlar, investitsiyalar va boshqalar;

operatsion xarajatlar: ish haqi xarajatlari, bank binolarini ijarasi va boshqa xarajatlari, xizmat safarlari, amortizatsiya, sug‘urta, soliqlar va boshqalar;

birlashmalarga a'zolik badallari uchun to‘lovlar va fuqarolar omonatini kafolatlash fondiga mablag‘lar to‘lovlari.

Yuqorida aytilgan daromad va xarajatlarning o‘rtasidagi farqi tijorat banklarining foydasi hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, omonatlar va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari nima uchun farq qilishini tushuntiradi



Yuridik va jismoniy shaxslar pul mablag‘larini bank xisobvarog‘iga, jamg‘armalar qo‘yishga jalb qilish bo‘yicha passiv operatsiyalar.

Tijorat banklari, boshqa xo‘jalik sub’ektlari kabi o‘zining xo‘jalik va tijorat faoliyatini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lariga, ya’ni resurslariga ega bo‘lishlari lozim. Iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy talablarida bank resurslarini tashkil etish muammosi bank faoliyatini bir maromda olib borish uchun birinchi darajali hisoblanadi. Buni shunday izohlash mumkin, ya’ni iqtisodiyotning bozor modeliga o‘tishi bilan bank ishida davlat monopoliyasi tugatiladi, ikki bosqichli bank tizimini shakllanishida bank resurslari xarakteri ijobiy tomonga o‘zgaradi.

Undan tashqari, uning aktiv operatsiyalari ob’ekti orqali aniqlanadigan bank faoliyatining ko‘lami, ular joylashtiradigan resurslar hajmi, miqdori, jalb qilingan mablag‘lar summasiga bog‘lik bo‘ladi. Bunday holat resurslarni jalb qilish bo‘yicha banklar o‘rtasida raqobatni keltirib chikaradi.

Bankning asosiy vazifalaridan biri bo‘sh pul mablag‘larini mumkin qadar ko‘prok jalb qilish va ularni boshqa foyda keltiruvchi optimal aktivlarga joylashtirishdan iborat.

Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan passiv operatsiyalari orqali tashkil topadi va bank balansining passiv qismida yuritiladi. Bank resurslarini ikki katta guruhga bo‘lish mumkin. Bular, banklarning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lardir. Jalb qilingan resurslarni ba’zi hollarda ikkiga bo‘lib qaraladi – bu jalb qilingan depozitlar, boshqa majburiyatlar va sotib olingan resurlardir. Bu resurslar bankning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi, ya’ni bank resurslari daromad olish maqsadida turli xil sohalarga joylashtiriladi. Bankning passiv va aktiv operatsiyalari o‘zaro chambarchas bog‘lik bo‘lganligi sababli passivlarning tarkibi va xarakteri ko‘p jihatdan banklarning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda o‘z ifodasini topadi. Shu bilan birga resurslar xarakteriga banklarning kreditlash siyosatining o‘zgarishi ham ta’sir kiladi.

Bank resurlarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag‘lari tashkil kiladi. Bank boshqa kapitallarni jalb qilish uchun bank o‘z kapitalining etarli darajasi miqdorini ko‘rsatish lozim.

Tijorat banki o‘z mijozlarining bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga olish bilan bir vaqtning o‘zida bu mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun bank barqaror likvidlikka ega bo‘lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik tamoyillari tijorat banki mavjudligining zarur shartlaridan bo‘lib, ular aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larining bankka sari oqimini ta’minlaydi. Undan tashqari bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali bo‘lgan holatda mijozlar o‘z mablag‘larini qaytarib olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi.

Bank resurslarining shakllanishi va aylanishi uzluksiz jarayonni tashkil kiladi va bu esa uz navbatida banklar faoliyatini doimiyligiga asos xisoblanadi.

Jalb qilingan mablag‘lar aktiv operatsiyalarni, avvalo kredit operatsiyalarini amalga oshirish uchun pul resurslariga bo‘lgan ehtiyojni qoplaydi. Ularning roli juda katta bo‘lib, bank resurslarining 70%dan ortig‘ini tashkil qiladi. Yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘laridan foydalanish orqali, tijorat banklari ular yordamida xalq xo‘jaligining va aholining qo‘shimcha aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, pullarni kapitalga aylanishiga yordam beradi.

Banklar mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, barcha mamlakatlarda bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turadi. Jalb qilingan mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank kapitali bilan jalb qilingan mablag‘lar orasidagi nisbatni bir qator zaruriy me’yorlar yordamida tartibga soladi. Bu quyidagi normativlar: kapital etarliligi, bir kredit oluvchiga to‘g‘ri keladigan maksimal risk miqdori, aholidan jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yo‘riqnomasiga muvofiq, aholidan pul omonatlarini jalb qilish miqdori bankning o‘z kapitali miqdori bilan chegaralanadi.

Hozirgi kunda banklar amaliyotida mavjud me’yoriy hujjatlargi asosan:


  1. davlat ixtisoslashtirilgan banklar bazasida tashkil topgan tijorat banklari uchun jalb qilinadigan mablag‘lar hajmi o‘z kapitalining 25 barobaridan oshmasligi kerak;

  2. yopiq turdagi aktsioner banklar uchun 20 barobardan oshmasligi;

  3. ochiq turdagi aktsioner banklar uchun 15 barobardan oshmasligi kerak.

Ikki pog‘onali bank tizimiga o‘tilishi, iqtisodiy mustaqil tijorat banklarining tashkil topishi, banklarning o‘z-o‘zini moliyalashtirish tamoyiliga o‘tishi, passivlar va aktivlar muvofiqligiga erishish muammosi bank faoliyatida dolzarb masalalarga aylandi. Bozor munosabatlarining rivojlantirish bank resurslarining ham turli-tumanlashuviga olib keldi.

Banklar jalb qiladigan mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘ladi. Ularning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: bank mijozlar bilan ishlash jarayonida jalb qilgan mablag‘lar (depozitlar), o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni to‘plash (depozit va jamg‘arma sertifikatlarini, veksellar, obligatsiyalar) va banklararo kredit vositasida boshqa kredit tashkilotlaridan olinadigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olinadigan ssuda mablag‘lari va boshqalar kiradi. Xalqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:



  1. depozitlar;

  2. nodepozit resurslar.

Jalb qilingan mablag‘larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi.

Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi.

Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo‘lib hisoblanadi.

Bankning «Oltin qoidasi»ga ko‘ra, bank moliyaviy talablarining hajmi va muddati bank majburiyatlari miqdori va muddatiga mos kelishi kerak. Bu qoidaga rioya qilib, banklar joriy schetlar bo‘yicha qoldiqlarni kredit resursi sifatida ishlata olmaydilar, chunki mijozlar ularni xohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin. Vaholanki, mijozlar, odatda, o‘z mablag‘larining hammasini birdaniga olishmaydi, shuning uchun, bankning naqd pul rezervi omonatlarga nisbatan shakllanadi.

Bundan tashqari, aksariyat bank operatsiyalari naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshiriladi. Kassa zahiralari ko‘rinishida bo‘lmagan naqd pullar bank likvidligini oshiradi va u boshqa mijozlarga yoki bankka kredit sifatida yo‘naltirilishi mumkin. Kassa zahiralaridan tashqari tijorat banklari tomonidan depozitlardan kredit resursi sifatida foydalanishda boshqa cheklovlar bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatiladigan majburiy zahiralar shaklida ifodalanadi.

Depozit hisobvaraqalari turlicha bo‘lishi mumkin va ularning tasniflanishi asosida qo‘yilmalar manbai, ularning maqsadli yo‘naltirilganligi, daromadlilik darajasi va boshqa shu kabi mezonlar etadi, ammo aksariyat hollarda mezon sifatida pul qo‘yuvchi toifasi va qo‘yilmani olish shakllari inobatga olinadi.

Pul qo‘yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:


  1. yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar);

  2. jismoniy shaxslar;

Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:

      1. muddatli depozit mablag‘lar;

  1. talab qilib olingunga qadar depozit mablag‘lar;

  2. aholining jamg‘arma qo‘yilmalari.

O‘z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi. Muddatli depozit mablag‘lar ularning muddatidan kelib chiqib tasniflanadi;

    1. 3 oy muddatgacha depozitlar;

    2. 3 oydan 6 oygacha depozitlar;

3.6 oydan 9 oygacha depozitlar;

  1. 9 oydan 12 oygacha depozitlar;

  2. 12 oydan yuqori bo‘lgan depozit mablag‘lar.

Talab qilib olinguncha qadar depozitlar – bu bankni oldindan ogohlantirmay mijoz tomonidan xohlagan vaqtda talab qilib olinadigan mablag‘lardir.

Ularga joriy, hisob-kitob, byudjet va hisob – kitoblarni amalga oshirishi yoki mablag‘lardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq hisob-varaqalardagi mablag‘larni, boshqa banklarning vakillik hisobvarag‘idagi qoldiqlarni kiritish mumkin. Talab qilinguncha depozitlar joriy hisob kitoblar uchun mo‘jallangan. Bu hisobvaraqdagi mablag‘lar harakati naqd pul, pul o‘tkazish, boshqa hisob-kitob hujjatlari bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bank likvidligini boshqarish nuqtai nazaridan qaraganda joriy va byudjet hisobvaraqlari, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish bo‘yicha hisobvaraqlar, maxsus hisobvaraqlar banklar uchun foydaliroq hisoblanadi. Chunki bu mablag‘lar yuqori likvidlilikka ega. Bu depozit turining asosiy kamchiligi – ular bo‘yicha juda kam miqdorda foizlarning to‘lanishi yoki umuman to‘lanmasligidir. Bundan tashqari joriy va byudjet hisobvaraqa egalari o‘zlarining statuslaridan kelib chiqib kredit olmaydilar, bu esa banklarga mablag‘larni o‘z rejalari asosida ishlatishga imkon beradi.

Talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlarga kontokorrent hisobvarag‘i mablag‘larini ham kiritish mumkin mumkin.

Xalqaro bank amaliyotida talab qilib olinguncha yuqoridagi depozitlardan tashqari nau-hisobvaraqalar (uchinchi shaxs foydasiga hisob hujjatlarini yozib berish), bank tomonidan belgilanadigan hisob cheklari ham kiritiladi.

Talab qilib olingungacha bo‘lgan depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega:


    1. depozitning bu turida xohlagan vaqtda, xohlagan summada mablag‘ni qo‘yish yoki olishi mumkin;

    2. depozit muddati chegaralanmagan;

    3. kam miqdorda foiz to‘lanadi;

    4. bu turdagi depozitlar bo‘yicha Markaziy bankga o‘tkaziladigan majburiy rezervlar salmog‘i yuqori va h.k.

Tijorat banklarida jalb qilingan mablag‘lar tarkibida talab qilib olinguncha depozitlar turlicha hajmga ega. Bu odatda, bank resurslarini shakllantirishning eng arzon manbaidir. Mablag‘larning yuqori harakatchanligi tufayli talab qiluvchi hisobvaraqalardagi qoldiq doimiy emas, ba’zida juda o‘zgaruvchan. Hisobvarag‘i egasi istagan paytda mablag‘larni olish ehtimoli bank oborotida yuqori likvid aktivlarning hissasi ko‘proq bo‘lishini talab qiladi. Bu esa kamroq likvidlika ega bo‘lgan, biroq yuqori daromad keltiruvchi aktivlarning hissasining qisqarishi evaziga yuz beradi. Shu sababli banklar talab qilgungacha hisobvarag‘i egalariga past foiz to‘laydilar yoki umuman to‘lamaydilar. Biroq, talab qilguncha hisobvaraqalardagi mablag‘larning yuqori darajadagi harakatchanligiga qaramasdan, ularning minimal, doimiy qoldig‘ini aniqlash va ulardan barqaror kredit resursi sifatida foydalanish imkoniyatiga banklar ega bo‘lmog‘i lozim.


Download 130,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish