3. Statistika faninig paydo


Statistik kuzatishning mohiyati va ahamiyati



Download 29,79 Kb.
bet3/9
Sana31.12.2021
Hajmi29,79 Kb.
#215733
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

4. Statistik kuzatishning mohiyati va ahamiyati.

Turmushimizda,  kundalik  hayotimizda  u  yoki  bu  masalani  yechishni  ko’zlab  qiladigan har bir xatti harakatimizdan oldin nima uchun?, nima?, kim?,qanday qilib?, qancha? va qaerda? degan  savollarga  duch  kelamiz  va  ularga  javob  axtaramiz.  Bunday  savol  statistik  kuzatishlarni tashkil etishda ham tug’iladi va o’z yechimini kutadi. Statistik kuzatishda  nima  uchun  ?  degan  savolga  kuzatish  maqsadi  va  vazifalari,  nima? degan savolga esa kuzatish ob’ekti, uning birligi va dasturi, statistik formulyarlar va ularni tuzish uchun  yo’riqnomalar  javob  beradi.  Kim?  kuzatish  sub’ekti,  qachon?  deganda  kuzatish  vaqti, qaerda?  deganda  kuzatish  joyi,  qanday  qilib?  deganda  kuzatish  usullari  va  turlari,  qancha? deganda  kuzatish  belgilarining  miqdoriy  ifodalanishi  nazarda  tutiladi.  Bular  statistik kuzatishning dasturiyuslubiy va tashkiliy unsurlarini tashkil etadi   Kuzatish  ob’ekti    bu  o’rganilayotgan  hodisalar  va  jarayonlar,  ya’ni  korxonalar  va tashkilotlar,  xo’jaliklar,  kishilar,  oilalar,  uy  xo’jaliklari,  va  hokazolarni  ularning  faoliyati jihatidan  qaralgan  to’plami.  Ularning  muhim  belgilari    haqida  ma’lumotlar  to’planadi  va  ular asosida  to’plamni  ta’riflaydigan  umumlashtiruvchi  ko’rsatkichlar  hisoblanadi.  Kuzatish ob’ektining aniq  miqyosini,  ko’lamini  belgilayotganda  vaqt,  fazo,  moddiy  tuzilish  va  o’lchov birligi jihatidan uning o’lchamlarini aniqlashimiz lozim.  Kuzatish  ob’ekti  bilan  bir  qatorda  uning  sub’ekti  mavjud. Kuzatish  sub’ekti  deb  o’rganilayotgan  hodisalar  haqidagi ma’lumotlarni  qayd  qiladigan  va  to’playdigan  yuridik  yoki  jismoniy shaxslar  yuritiladi. Mikroiqtisodiy  statistikada,  masalan,  kuzatish sub’ekti   bu  har  bir  korxona, tashkilot  va  muassasa.  Xo’jalik yurituvchi  sub’ekt  sifatida  ular  o’z  faoliyatlaridagi hodisalarni  qayd qiladi,  ma’lumotlar  to’playdi.  Makroiqtisodiy  statistikada  esa statistika  tashkilotlari  kuzatish  sub’ektidir.  Maxsus  statistik  tekshirish  va  ro’yxatlarda  ular boshlang’ich ma’lumotlarni qayd qiladi va to’playdi. Hisobotda esa boshlang’ich ma’lumotlarni qayd  qilish  va  korxona  miqyosida  umumlashtirib  taqdim  etish  ayrim  xo’jalik  yurituvchi sub’ektlar  vazifasi  bo’lsa,  ularni  qabul  qilib  olish  va  o’z  hududi  chegarasida  umumlashtirish bilan  statistika  tashkilotlari  shug’ullanadi.  Bu  holda  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar,  ya’ni korxonalar, firmalar, tashkilotlar va muassasalar hisobot birliklari deb ataladi. Kuzatish  birligi  deganda,  kuzatilayotgan  ob’ektning mustaqil  bo’linmas  tarkibiy  unsuri,  birligi  tushuniladi.  Kuzatish jarayonida  uning  muhim  belgilari  haqida  ma’lumotlar  olinadi. Masalan,  sanoat  faoliyati  tekshirilayotganda  har  bir  korxona  va firma,  qishloq  xo’jaligini  o’rganilayotganda  har  bir  shirkat xo’jaligi, dehqon va fermer xo’jaligi kuzatish birligi hisoblanadi.  Ayrim  masalalarni  kuzatishda  kuzatish  birligi  bilan  birga  hisob  birligi  ham  belgilanadi. Masalan,  chorva  ro’yxatida  har  bir  mol  turi  haqida,  sbob-uskunalar  ro’yxatida  esa  har  bir mashina,  stanok  va  boshqa  asbob-uskunalar  haqida,  ko’p  yillik  daraxtlar  ro’yxatida  har  bir

Download 29,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish