Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi;
Dars shakli: Individual va kichik guruhlarda ishlash.
Dars didaktikasi:
a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, o`quv qurollari;
b) texnik vositalari: kompyuter, videoproyektor, ekran
Darsning blok-sxemasi:
T/r
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4
|
Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni:
G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash
2. Uyga vazifa
|
5 daqiqa
|
Darsning shiori:
“Oz-oz o’rganib dono bo’lur,
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur”
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorligini baholash, davomat, ob-havo, sanani aniqlash)
b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish
d) O`rganiladigan BKM larni e’lon qilish:
1. Yupqa linza . 2. To’g’ri tasvir. 3. Teskari tasvir.
4. Haqiqiy tasvir. 5. Mavhum tasvir.
e) O`quvchilarni guruhlarga ajratish:
“Beruniy”, “Arximed” va “Nyuton” nomlari bilan nomlash, guruh sardorlarini saylash;
j) “Oltin qoidalar” ni ishlab chiqish:
1. O`zaro hurmat 2. O`zgalar fikrini hurmat qilish 3. Erkin fikrlash
4. Intizomlilik 5. Topqirlik 6. Hozirjavoblik
i ) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar);
O’tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni baholash.
O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi.
“Beruniy” guruhiga:
Linza deb nimaga aytiladi?
Yorug’likning sinishi deganda nimani tushunasiz?
Linzaning bosh optik o’qi deganda nimani tushunasiz?
Linzadan tasvirgacha bo’lgan masofa qaysi harf bilan belgilanadi?
Linza fokus masofasini topish formulasini yozing?
“Arximed” guruhiga:
Linza turlarini sanab bering ?
Yorug’likning qaytishi deganda nimani tushunasiz?
Linzaning optik kuchi nima?
Buyumdan linzagacha bo’lgan masofa qaysi harf bilan belgilanadi?
Linza formulasini yozib bering?
“Nyuton” guruhiga:
Qavariq linza deganda nimani tushunasiz?
Muhitning nur sindirish ko’rsatkichi nima?
Yorug’likning tushish burchagi qaytish burchagiga teng bo’lishi mumkinmi?
Linzaning fokus masofasi deganda nimani tushunasiz?
Linzaning kattalashtirish koeffitsienti formulasini yozing?
O`quvchilarning kartochkalardagi savollarga qay darajada izoh berganliklariga qarab “Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllardan tegishlisi taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |