302 ta
o`simlik
turi,2-jildida
200
dan ortiq hayvon turlari kiritilgan.
O`simliklar
-ulug`vor ko`zagul,tillarang sug`uro`t,ajoyib bo`zbosh,sharq
chinori,safsan xurmo,O`zbekiston chinniguli,Buxoro otostegiyasi,qora
sirttan,Ugom badani,Qo`ng`ir qumuzum,qizil lola,oshlovchi totim ( sirka
daraxti) oq parpi,nor kovrak,yovvoyi anor.
Hayvonlar
-lochin,burgut,laylak,jayron,xongul,( Buxor bug`usi)
sirtlon,Turkiston silovsini,ilvirs,qo`ng`ir ayiq,O`rta Osiyo qunduzi,Ustyurt
qo`yi.
Tabiatshunoslik 4-sinf 120 bet 2020-yil
Mamlakatimiz kunchiqar tomoni baland tog`lar bilan qoplangan,baland
tog` cho`qqisidagi qorlar yozda ham erimaydi.
Yulduz
bizdan nihoyatda olisda olovdek yonib turgan shar shaklidagi ulkan
osmon jismidir.Yulduzdan taralayotgan nurlar 1 sekundda 300 000 km
masofani bosib o`tadi.Nurning tezligi shunday katta bo`lsa ham,eng yaqin
yulduzning nuri bizga 4 yilda yetib keladi,ba`zi yulduzlar esa 100 yilda yetib
keladi.Ayrim yulduzlar oqish-ko`kimtir,ular qaynoq yulduz
hisoblanadi.Bunday yulduz sirtidagi harorat +10 000
0
dan +100 000
0
gacha.
Yulduzlar orasida sarg`ishlari ham bor,sirtidagi harorat +3000
0
dan,+10 000
0
gacha,qizg`ish tusdagilari + 2000
0
dan + 3 000
0
gacha,bulutsiz osmonda
3000 tagacha yulduzni ko`rish mumkin,ko`rinadigan yulduzlar ortida ham
son-sanoqsiz yulduzlar mavjud.Mirzo Ulug`bek ( 1394-1449) yulduzlarni
o`rganish uchun Samarqandda maxsus rasadxona qurdirgan,rasadxonadagi
asboblar yordamida yulduzlarni joylashish jadvalini tuzgan,yulduzlarni
o`rganish natijalarini to`plab,alohida kitob yozgan,bu kitobda 1018 ta
yulduz haqida yozilgan.
Quyosh Yerga nisbatan bir joyda turadi.Yer esa Quyosh atrofida
aylanadi.Quyoshning diametri Yer sharinikidan 109 marta katta,massasi
Yerdan 330 000 marta katta.Agar Quyoshni koptok deb tasavvur qilsak,Yer
moshdek.Quyosh tunlari osmonda yog`du sochib turgan yulduzlardan
biri.Yulduzlar osmonda qanday holatda bo`lsa,Quyosh ham shunday
holatda bo`ladi.Quyosh sarg`ish rangli,o`rtacha kattalikdagi yulduz
hisoblanadi.Yulduzlar bizdan nihoyatda olisda bo`lgani uchun,nuri bizga
kelguncha bir necha o`n yil ketadi,quyosh esa bizga juda yaqin,uning nuri 8
minutda yetib keladi.Quyosh yerga eng yaqin bo`lgan yulduz.Quyosh
yadrosida,marzazida harorat +14 000 000
0
,sirti tomon harorat pasayib
boradi,+ 6 000
0
atrofida bo`ladi.Yerdan Quyoshgacha masofa 150 000 000
km ga yaqin.Faraz qisak,har sekundda 12 km yo`l bosadigan tezyurar
raketa Yerdan Quyosh tomon uchsa 5 oyda yetib boradi.
Quyosh bepoyon olamga tinimsiz yorg`lik tarqatib turadi,bu yorug`likning
bir qismigina bizgacha yetib keladi.Yedagi barcha mavjudod Quyosh
yorug`ligi tufayli mavjuddir.Farazqilaylik,Quyosh birdan go`yib
bo`ldi.Hammo yoqni qorong`ulik bosadi,Oyning yorug`ligi ham
yo`qoladi,chunki Oy o`zidan yorug`lik taratmaydi,u Quyosh nurini ko`zgu
kabi bizga qaytaradi xolos.Yer yuzi tez sovub ketadi,hamma yoq qor-
muzliklar bilan qoplanadi.Quyosh- Yerdagi hayot manbayidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |