O`txo`r hayvonlar
-bu o`simlik bilan oziqlanadigan hayvonlar.Yer yuzidagi
eng katta hayvon fil,og`irligi 6 tonna,balandligi 4 metr,uning burni xartumi
hid bilish,ovqatlanish,karnay kabi ovoz chiqarish,yuk ko`tarish vazifasini
bajaradi.U 1-2 ta bolalaydi,2 yilgacha sut bilan oziqlanadi.Urg`ochi fil va
filchalar to`dada,erkak fil yakka hayot kechiradi.
Jirafa
-eng baland hayvob bo`lib,bo`yi6 metr oldingi oyog`i orqa oyoqlaridan
uzun bo`lib,qadami uzunligi 4-5 metrga teng.Savanna va o`rmonlarda
yashaydi,bitta bolalaydi,jirafa va bolalari tuyaqush,zebra,kiyiklar to`dasi
bilan birga yuradi.
Hasharotlar
-zararkunanda hasharotlar.Tabiatda hech bir jonivor
zararkunanda emas.Har qanday jonivor yashash uchun kurashadi.Ba`zi
hasharotlar madaniy o`simliklarga zarar keltirgani uchun zararkunanda deb
ataladi.Shira bitlari o`simlik,daraxt barglari shiralarini so`rib
quritadi.Po`stloq qurtlari daraxt po`stlog`ini kemiradi,ular p`ostloq ostiga
tuxum qo`yib juda tez ko`payadi,shuning uchun daraxt tanasi
oqlanadi.Kartoshka tuplariga kolorado qo`ng`izi,karamga karam kapalagi
qurti,chigirtkalar ekinning barcha qismiga,karadrina qurti go`za
bargiga,ko`sak qurti ko`sakka,mart qo`ng`izi o`simliklargajuda katta zarar
yetkazadi.Mart qo`ng`izi 10-15 sm chuqur tuproqqa tuxum
qo`yadi,o`simliklarning bargi va ildizi bilan oziqlanadi,yer yuzasiga mart
oyida chiqqani uchun mart qo`ng`izi deyiladi.Mart qo`ng`izining
tuxumlaridan oq buzoqboshilar chiqadiBuzoqboshi g`umbakka,keyin
qo`ng`izga aylanadi va yer yuziga chiqadi.
Foydali hasharotlar
-asalari gullarni changlaydi,xonqizi shira bitlari bilan
oziqlanadi,chumolilar zararkunanda hasharot tuxumlarini yo`q
qiladi,o`rgimchak turli mayda hasharotlarni yo`q qiladi.
Qushlar
-kuzda uchib ketgan
chittak,jiblajibon,qaldirg`och,vahmaqush,so`fito`rg`ay,sassiqpopishak
bahorda mart oyida uchib keladi.Hasharotlar bilan oziqlanadigan qushlar
hasharotxo`r qushlar deyiladi.Ular zararkunanda va qon so`ruvchi
hasharotlarni yeydi.Chittak bir kunda o`z og`irligiga teng miqdorda
,jiblajibon ekin orasidagi,chug`urchuq bir kunda 200 tagacha
chigirtka,sassiqpopishak daraxt po`stlog`i,devor yoriqlaridagi,kakkuqush
boshqa qushlar oziqlanmaydigan tukli qurtlardan 100 tasini bir soatda
yeydi.
Uy parrandalari
yovvoyi turlardan kelib chiqqan.Odamlar ularni
boqib,qo`lga o`rgatgan,davrlar o`tib,xonakilashtirilgan.Tovuqning og`irligi 2
kg dan 4kg gacha bo`ladi,ona tovuq 10-15 tagacha tuxumni 20-25 kun
bosib yotadi,jo`jalar 3-4 oyda voyaga yetadi.Yovvoyi o`rdak ucha oladi
og`irligi 2 kg,xonaki o`rdak 3 kg va undan ortiq,2-3 kunda bitta tuxum
qo`yadi,yirik bo`ladi.
G`oz ko`rinishidan o`rdakka o`xshash,lekin gavdasi katta,bo`yni uzun
,og`irligi 5 kg dan ortiq,bir mavsumda 30-50 ta tuxum qo`yadi,baliq va
boshqa jonivorlar bilan oziqlanadi.
Kurka dumini yelpig`ichga o`xshab ko`tarib yuradi,boshi va bo`yni yuqori
qismi patsiz,terisi g`uddali bo`ladi,10 kg va ortiq,bir yilda 70-90 ta tuxum
qo`yadi.
Sigir o`rtacha 15-20 yil yashaydi,8-10 l sut beradi,buzoqlar 2-3 yilda voyaga
yetadi,qo`y 10-15 yil yashaydi,qo`zichoqlar 1 yilda voyaga yetadi,hisor
qo`ylari eng yirik zotli qo`ylar ,ular go`sht va yog`I uchun boqiladi.Qorako`l
qo`yning terisidan telpak,palto yengi va yoqalari tikiladi.
Dunyoda otlarning 200 dan ortiq turi mavjud.O`zbekistonda
“Q
or
abayir”,”Arabi”,”Vladimir” otlari bor,biya bitta,ayrim hollarda ikkita
bolalaydi,2-3 yoshgacha bo`lgan otning bolasi toy deyiladi.
Baliqlar-suvga tuxum qo`yadi,ular to`p-to`p bo`lib hayot
kechiradi,delfinning rangi chiroyli,yon tomonidan suzgichlari
o`tkirlashgan,orqasidagi suzgichi egilgan,tumshug`i uzun,bitta guruhda 20-
100 ta delfin bo`ladi.birortasi yaralansa,kasal bo`lsa bir nechta delfin unga
yordam beradi,qiziquvchan va o`yinqaroq delfin suvdan sakrab,kemalarni
kuzatadi,baliqlar bilan oziqlanadi.
Kit yer yuzidagi eng yirik hayvon,eng kattasi ko`k kit,uzunligi 32
metr,og`irligi 145 tonna,mayda planktonlar,baliq,krill kabi suv hayvonlarini
tutib yeydi.
Baqa ko`proq suvda yashaydi,kasallik tarqatuvchi chivinlar bilan
oziqlanadi,ko`lmak suv va botqoqliklarga tuxum qo`yadi,qurbaqalar suv va
quruqlikda yashaydi,sakrab yoki qadamlab yuradi,kunduzi nam joylarda
yashirinib yotadi,kechasi ovga chiqadi,suvga tuxum qo`yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |