Sayyoralar.Quyosh sistemasi.
Quyosh atrofida sayyoralar,kometalar,meteorlar va boshqa osmon jismlari
aylanib yuradi.Quyosh va uning atrofida aylanib yuruvchi barcha osmon
jismlari birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi.Tunlari ba`zida xira
“yulduz”ning boshqa yulduzlar orasida siljiyotganini,ya`ni sayr qilib
yurganini payqash mumkin.Bunday osmon jismlari yulduz emas,balki
sayyoradir.
Quyosh sistemasidagi yirik osmon jismlari sayyoralar deb ataladi.Sayyoralar
o`zidan nur chiqarmaydi,biz sayyoralardan qaytayotgan Quyosh nurlarini
ko`ramiz xolos.Quyosh atrofida 8 ta sayyora aylanib
yuradi:Merkuriy,Venera,Yer,Mars,Yupiter,Saturn,Uran,Neptun.Har bir
sayyora o`z orbitasiga ega.Sayyora orbitasi bu-Quyosh atrofida sayyoraning
harakat yo`li.Sayyoralar katta-kichikligi,quyoshdan uzoq-yainligi bilan bir-
biridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |