Odam tanasi-bosh,bo`yin,gavda,qo`l,oyoq asosiy
qismlaridir.Odam tanasi
teri bilan qoplangan,teri ostida muskullar bor,muskullar suyaklarga
birikkan,tana ichida yurak,o`pka,jigar,oshqozon,ichak kabi a`zolar bor.Teri
tanamizni shikastlanish,suv,chang,mikroblardan himoya qiladi,terida
mayda qon tomirlari bor,teridagi xaltacha va naychalarda yog` va suv ( ter)
bo`ladi,ular odam tana haroratini saqlab turadi.
Sklet
qattiq suyaklardan tarkib topgan,tanamizda 200 dan ortiq suyak
bor,suyaklar bir-biri bilan birikib,skletni hosil qiladi.Suyak ko`p a`zolar
uchun tayanch vazifasini bajaradi va ichki a`zolarni shikastlanishdan
himoya qiladi.M: kalla suyagi bosh miyani,ko`krak qafasi yurak va o`pkani
himoya qiladi,bolalar suyagi to`liq shakllanmagan bo`ladi,shuning uchun
yozayotganda gavdani to`g`ri tutish kerak.
Yurak
ko`krak qafasidan chaproqda joylashgan,muskullardan
iborat,kattaligi har kimning o`z mushtidek,katta yoshdagilarda 300
gramm,yurak muskullari doimo qisqarib,bo`shashib turadi,bu yurak urishi
deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |