3-sinf "O'qish kitobi " darsligida keltirilgan xalq og'zaki ijodi namunalarining badiiy xususiiyatlari mundarija kirish asosiy qism I bob boshlangich 3-sinflarda xalq og’zaki ijodining nazariy asoslari



Download 61,08 Kb.
bet8/9
Sana27.06.2022
Hajmi61,08 Kb.
#708981
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-SINF O\'QISH KITOBI DARSLIGIDA KELTIRILGAN XALQ OG\'ZAKI IJODI NAMUNALARINING BADIIY XUSUSIIYATLARI

__________________________
Madayev O., Sobitova T. Xalq og`zaki poetik ijodi. –Toshkent: ”Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2003.
2.2 Eng qadimgi xalq og’zaki ijodi namunalari, miflar
Faraz qilaylik, siz yaqin kishingiz bilan biron joyda uchrashishga kelishgansiz. Ammo kutgan odamingiz vaqtida oldingizga kelmadi. Shudan keyin xayolingizni har xil shubhalar egallaydi. Avvalo, tez orada kelib qolar, deysiz. Bir oz o’tgach, kelishilgan joyda anglashilmovchilik bo’ldimikan, deb o’ylaysiz. Vaqt yana o’tavergach, taxminiy sabablar soni ham ko’payaveradi.Oxiri fikringizdan ko’ngilsiz voqealar tizimi o’ta boshlaydi. Xullas, uchrashuvga yetib kelmagan kimsaning kechga qolish sababini bilmaguningizgacha tinchimaysiz.
Qadim-qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimizga dunyoda ro’y berayotgan voqea-hodisalar ham ana shunday tinchlik bermagan.Masalan, o’ta qattiq yer silkinishi sodir bo’lsa, yer o’rtasidagi magma deb atalmish cho’g’ borligini, uning harakatga kelish oqibatida yer qimirlashlari bo’lishini ilmiy asoslay olmagan bechora odamlar yerimizni ho’kiz shoxida ko’tarib turgan bo’lsa kerak, ho’kiz charchaganida shoxlarini qimirlatib, dam olsa kerak, oqibatda yer qimirlaydi, deb faraz qilganlar. Chunki bular u paytlarda hatto yerning dumaloq ekanini ham bilishmas edi.Bunday faraziy mulohazalar shunday ko’p bo’lgan- ki, o’tmishdagi odamlar ularga javob topishga ham ulgurmaganlar. Ammo fikr yuritish, taxminiy sabablar topish xususiyatlari hozirgi dunyo kishisida ham ajdodlar dunyoqarashiga yaqin hola dunyoqarashiga yaqin holda saqlanib qolgan,deyish mumkin.
Inson hamisha har bir hodisadan o’ziga manfaatli jihatlarini topishga urinadi. Xayolan bu manfaatlarni asoslshga sabablar axtaradi. Zamonlar o’tgani sari turmush tajribasi mazkur hodisalarni turlariga bo’lish, ulardan foydali va zararlilarni ajratish imkonini beradi. Oqibatda xalq tasavvurida bunday bo’lsa, yaxshi, bunday bo’lsa, yomon degan tushunchalari paydo bo’ladi.
Masalan, safarga chiqqan odam yo’lda oq tuyasi bor karvonni uchratsa, uning maqsadi amalga oshgan bo’lishi mumkin. Yo’lovchi uzoqdan bo’rini ko’rib qolsa, uning hayotida ijobiy o’zgarish ro’y bergandir. Tulkini uchratsa, aksincha bo’lgandir. Tushida bashang kiyinib, egarlangan oq otda chavandozlik qilgan yigitning ishlari yurishib ketgandir.Xonadoniga qaldirg’och in qo’ygan oila tez orada oyoqqa turib, mushkullari osonlashgandir. Aksincha, biron sabab bilan qaldirg’och inini buzgan xonadon tushkunlikka uchraganidir. Ukki sayragan hovli xonavayron bo’lgandir. Bu misollarning har biri o’nlab, yuzlab marta tajribada sinalgan. Ularning izohini har xil sharhlangan. Ayrimlari o’sha kutilgan natijani bermagan hamdir.Lekin xalq ongida yillar o’tgani sari o’ziga xos hukmlar paydo bo’lib borgan.Bu hukmlar son jihatidan ko’payib urf-odatlarga, rasm- rusumlarga asos: suvga tupurma, qaldirg’och inini buzma, qarg’ishga qoladigan ish qilma, birovga ta’masiz yaxshilik qil, hatto bir sochiqqa bir paytda ikki kishi qo’l artmasin yoki shaftolini bo’lib eb bo’lmaydi kabi tushunchalar ana shunday hodisalarning ro’y berish natijasida asrlar davomida o’zbeklar ongida shakllanib kelgan.
Xalqimizning tabiati shu darajada nozik bo’lganki, uning tasavvurida raqamlar, ranglar ham yangi-yangi mulohazalar hosil qilgan. Akademik shoir G’afur G’ulom Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini to’liq sharh bilan nashrga tayyorlashda Xoqon farzandli bo’lgan kuni mamlakatidagi hamma devorlarni qora rangli ipak matolar bilan bezash buyrug’ini berganini aytadi.
Tabiiyki , nima uchun podsho farzand ko’rgan kuni butun yurtini qora harir libosda ko’rishni xohlagan, degan savo tug’iladi.Gap shundaki, Navoiy yashagan paytda qora rang buyuklik, ulug’lik ramzi hisoblangan. Bu tushuncha hozir ham ayrim viloyatlarda saqlangan. O'zbeklarda Qorajon, Qora botir, Qoraxon degan ismlarning qo’yilishi ham bu fikrni dalillaydi. Shuningdek, malla- ezgulik, oq- poklik, tozalik, yashil- yoshlik kabi ma’nolarni anglatgan.
Yuqorida aytilgan fikrlarning hammasi jamlangan holda mifik dunyoqarash belgilari hisoblanadi. Bu belgilarning shakllanish davri, paydo bo’lish muddati shu qadar qadimiyki, ularni yillar, o’n yillar, yuz yillar bilan emas, balki ming yillar bilan o’lchash mumkindir.
Uzoq qadim zamonlarda odamlarni hayratga soladigan savollar juda ko’p bo’lgan. Xususan, inson va tabiat qanday paydo bo’ldi, tabiatdagi o’zgarishlar nimalar oqibatida ro’y beradi, nima uchun yomg’ir yog’adi, yer qimirlaydi kabi muammolar ajdodlarimizni o’ylashga, o’zlaricha izohlar topishiga majbur qilgan. Bu paytlarda ham hali yozuvlar, quyosh, yer, osmon tushunchalari haqidagi ilmiy sharhlar bo’lmagan. Natijada, o’tmish ajdodlarimiz butun dunyoni qandaydir ilohiy kuchlar yaratgan bo’lishi mumkinligini o’ylab topadilar. Ularning tasavvurlarida bu ilohiy kuchlar asosan ikki toifaga bo’lingan edi. Birinchi toifani odamlarga yordam beradigan xudolar, ikkinchi toifani zarar keltiruvchi xudolar deb tasavvur qilganlar. Shunday qilib, dunyoning, insoniyatning, tabiatning, odamlarning paydo bo’lishi haqidagi eng qadimgi sodda hikoyalarni miflar deb atash qabul qilingan. Mahmud Koshg’ariy o’zining “Devonu lug’otit turk” asarida “sav” so’zining ma’nosini beradi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu so’z ota-bobolarimizning aytgan birinchi gaplaridan iboratdir. “Savlashmoq” esa otalar so’zini eslab suhbatlashishni anglatadi. Ma’lum bo’ladiki, “sav” so’zini ham mif ma’nosiga yaqinligi bor. Shuningdek, o’tgan asrlarda yaratilgan ilmiy adabiyotlarda arab tilidan kirib kelgan asotir so’zini ham eslash mumkin. Chunki bu so’z ham o’z ma’nosi jihatidan mif atamasiga yaqin turadi. Ammo hozirgi zamondagi ilmiy adabiyotlarda va folklorshunoslikka oid tadqiqotlarda mif so’zini qo’llash qabul qilingan. Shuning uchun “sav”(turkiy), “asotir”(arab), so’zlari o’rnida “mif”ni qo’llash maqsadga muvofiqdir. O'zbek ensiklopediyasida “mif” yunoncha “mifhos”dan olingan bo’lib rivoyat, afsona tushunchalarini anglatishi qayd etiladi. Ayni paytda “mif…-koinot va hayotning paydo bo’lishi, tabiat hodisalari, xudolar va afsonaviy qahramonlar haqida ibtidoiy zamon kishilari tushunchalarining badiiy ifodasi”- deb belgilab qo’yilgan. Shunday qilib, mif deganda, eng qadimgi afsona, rivoyat, hikoyalarni tushunish mumkin. O'rta Osiyoda yashaydigan xalqlarning o’tmish hayoti bilan bog’liq miflarning dastlabki namunalari “Avesto” kitobida yaxshilik va yomonlik kuchlari Mitra, Anaxita. Kayumars, Yima (Jamshid), Gershasp (Elikbek) timsollarida namoyon bo’lgan.
Mitra. Odamlar tasavvurida nur taratuvchi, insoniyatga yaxshilik keltiruvchi xudo sifatida paydo bo’lgan. Mitrani hech qanday yovuz kuch enga olmas edi, chunki u qilich kesmaydigan, nayza o’tmaydigan, suvda cho’kmaydigan, hatto o’tda yonmaydigan fazillatlarga ham ega edi. Shuning uchun urushga otlanishda, ovga chiqishda , dehqonchilik va chorvachilikda odamlar Mitrani o’z qatorlarida turgan kuch- quvvat sifatida his qilishga odatlanishadi. Nisbatan keyin paydo bo’lgan va turkiy xalqlar o’rtasida ko’p shuhrat qozongan “O'g’uznoma”, “Kitobi Dada Qo’rut”larda ham o’tmish ota-bobolarimiz o’zlariga homiy, mehnat jarayonlariga yordam beruvchi tayanch qahramonlarini tasavvur qilganlar. Mifni o’rganiuvchi fan mifologiya deb ataladi. Mifologiyada 3ta asosiy tushuncha muhim hisoblanadi.

  1. Totem.

  2. Fetish.

  3. Anim.

Totem- deganda, biz dunyodagi turli xalqlar hozirgi paytgacha o’zlariga homiy deb bilgan hayvonlarni tushunamiz. Jumladan, burgut, sher, yo’lbaris, bo’ri, ilon (ajdar), humo kabi hayvonlar va qushlar ko’p xalqlarda alohida e’zozlanad. O'zbek xalqi hozirgi paytda ham yo’lbars, ilon, bo’ri, ayiq, tuya, ot, qo’y, qaldirg’och, burgut, baliq kabi qushlar va hayvonlarga hamisha hurmat bilan qaraydilar.Ularning yashash joylarini sababsiz buzish, o’zlarini biron ehtiyoj sezilmagan paytda bezovta qilish, o’ldirish gunoh hisoblangan. Ayni paytda, safardagi odamning bo’rini, burgutni, oq tuyani uchratishi yaxshilik belgisi hisoblangan. Hatto bu mavjudotlarni tushda ko’rishni ham yaxshilikka yo’yganlar. Ma’lum bo’ladiki, totemizm belgisi o’zbek xalqining maishiy hayotida shu paytgacha o’z ta’siriga ega. Shunday qilib, yer kurrasining turli hududlarida yashaydigan xalqlar tabiiy sharoitlarga qarab, turli narsa, hayvon va qushlarni o’zlariga homiy deb bilganlar: hatto, hozir ham bayroqlariga, gerblariga ularning tasvirini ramz sifatida kiritganlar. O'zbekiston Respublikasi bayrog’ida oy va yulduzlar, gerbida humo ana shunday timsol sifatida muhrlanib qolganligini eslang.

_____________________________
Mirzayev T. va boshqalar. O`zbek xalq og’zaki ijodi xrestomatiyasi. – Toshkent: “Aloqachi” nashriyoti, 2008.
XULOSA

Xalq og’zaki ijodi – insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. O`zbek xalqi ming yillar davomida yaratgan milliy xazinamizning nodir merosi bo`lgan og`zaki badiiy ijodi hamisha inson kamoloti, yurt farovonligi, jamiyat yetukligi borasida ma`naviy ozuqa bo`lib xizmat qiladi. Yillar to’zonidan omon-eson o`tib, avlod-ajdodlardan meros qolgan folklor janrlari ijtimoiy-siyosiy, ta`limiy-tarbiyaviy sohalarda maktab, ma`naviy-ma`rifiy yo`nalishda yo`lboshlovchi vazifasini o`taydi. Xalqning turmush tajribalari, kundalik kuzatishlari natijasida yuzaga kelib, o`z isbotini topgan maqollar, naqllarni hayot maktabi darsligi desak mubolag`a bo`lmaydi. Mustaqil O`zbekistonda milliy qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi davrda xalq yaratgan merosini yosh avlod ongi shuurida tasavvur hosil qilish, umuminsoniy qadriyatlarni har tomonlama o`rgatish va tatbiq etish davr talabi. Qolaversa, har bir shaxsning zimmasidagi mas`uliyati hisoblanadi. Ana shu mas`uliyatni his qilgan inson kelajak avlodimizning yangi fikrlaydigan, izlanuvchan, mehr-oqibatli, yurtsevar, elparvar egalarini yetishtirishda, tarbiyalashda o`z hissasini qo`shadi. Buyuk allomalarimizning ibratomuz hayotlari, Vatan, xalq uchun qilgan xizmatlari haqida, aziz –avliyolarning ilmi-urfoni haqida, mamlakat osoyishtaligi, tinchligi, xalq or-nomusi uchun kurashgan sarkardalar haqida, qolaversa, Vatanning har bir go`shasi xususida ota-bobolarimiz yaratgan rivoyatlar o`zining ilmiy, badiiy ahamiyati bilan qimmatlidir. Rivoyatlar mavzu doirasi nuqtai nazaridan asoslanib, tahlillar, misollar bilan yoritilgan. Rivoyatlarni izchil o`rganish va tatbiq etish yosh avlod kamoloti uchun muhim manba hisoblanadi. Latifa va topishmoqlar esa hozirjavoblikda, tez aytishlar so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishda, maqollar so’zga husn berishda, fikrni yorqin, ta’sirchan qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqimiz o’z quvonchini, shodligini yoki g’am-hasratini o’z qo’shiqlarida yorqin aks ettirgan. Bolalar tasavvurini, fantaziyasini o`stirishda ertaklar alohida o`rin tutadi. Har bir aytiladigan ertak bolalarda yangicha taassurot qoldiradi. Bolalar ertak qahramonlariga o`xshashga harakat qiladilar, sehrli narsalarga ega bo`lishni istaydilar yoki o`zlari sehrgarga aylanib qolishni va qahramon singari behisob kuch-qudratga qodir bo`lishni orzu qiladilar. Ertaklar yordamida yaxshilik va yomonlik sahrolarida, adir-u tog`liklarida sayohat qiladilar. Ana shu davrdan boshlab nima yaxshi-yu nima yomon ekanligini anglay boshlaydilar. Bolalar ulg`aygan sari o`zlaridan kichiklarga ertak aytib berishga, ularni aqlli, vazmin bo`lishga, o`jar, injiq qiliqlarini tashlashga undaydilar. Ular ham o`zlarini kichik tarbiyachilar sifatida tutadilar. Umuman olganda, xalq og`zaki badiiy ijodi katta-yu kichik, yosh-u qari uchun birdek donishmandlik majmuasi hisoblanadi. Asrlar o`tsa-da, buyuk allomalarimiz asarlarida ta`lim-tarbiya masalalari badiiy ifodalansa-da, xalq tafakkurining mahsuli bo`lgan folklor asarlari ma`naviy jihatdan olamshumul ahamiyat kasb etishda davom etaveradi. Shuningdek, yosh avlodni ulg‘aytirishda bizning qadimiy merosimiz, xalq og‘zaki ijodi namunalari, muhim ahamiyat kasb etadi. 4-sinf o‘quvchilari boshqa boshlang‘ich o‘quvchilarga nisbatan yoshi va bilimi ko‘pligi bilan farqlanadi. Ularda fikrlash qobiliyati kuchliroq bo‘ladi. Shu sababli, ularni tasavvurini kengaytirish, dunyoqarashini oshirish nisbatan osonroq. O‘qish darsligida berilgan "Xalq og‘zaki ijodi" namunalari bolalarni qiziqtirishga, ko‘proq o‘ylantirishga olib boradi. Dars o‘tish jarayonida bu mavzularni ularga oydinroq va osonroq tushuntirish kerak. O‘rgatish metodikalarini ishlab chiqish darkor. Kurs ishini bajarish jarayonida shu mavzularni chuqurroq o‘rganish kerakligini tushunib yetdim.


Download 61,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish