3-Sinf musiqa darslaridan testlar.
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi muallifi kim?
a) Erkin Vohidov (b) Abdulla Oripov d) Anvar Obidjon
2. Qo’shiq kuylash qoidalari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) gavdani tik tutish, tekis nafas olish, nafasni tejab, jumla oxiriga qadar bir meyorda yetkazish.
b) qo’shiqni ifodali aytish, xor bo’lib qo’shiq aytganda ko’pchilikning ovoziga quloq solish, o’qituvchining qo’l harakatlariga diqqat bilan qarash.
(d) hamma javob to’g’ri
3. Musiqaning ifoda vositalari nimalar?
a) kuy, ohang, qo’shiq (b) o’lchov, usul, sur’at, dinamik belgilar
d) cholg’u asboblari, ashula
4. Cholg’uchilar ansamblining qanday turlari bor?
(a) rubobchilar ansambli, dutorchilar ansambli
b) Cholg’uchilar ansamblining turlari yo’q
d) to’g’ri javob yo’q
5. Major tizilmasidagi kuylar qanday bo’ladi?
(a) sho’xchan va jozibali b) mungli va mayus d) o’rtacha tez bo’ladi
6. Minor tizilmasidagi kuylar qanday bo’ladi?
a) yengil va yoqimli b) marshona (d) mungli va mayus
7. Xor deb nimaga aytiladi?
a) qo’shiqni cholg’u asboblari jo’rligisiz aytish
(b) qo’shiqni jamoa bo’lib ijro qilish
d) qo’shiqni yakka holda ijro qilish
8. Qo’shiqning cholg’u jo’rligisiz ijro qilinishi nima deyiladi?
(a) a kapella b) orkestr d) ansambl
9. Xorning qanday turlari bor?
(a) ayollar xori, bolalar xori, aralash xor
b) yakka xor va ko’plik xor
d) katta xor va kichik xor
10. Musiqada nechta nota bor?
a) 5 ta b) 6 ta (d) 7 ta
11. Musiqa tovushlari orasidagi masofa nima bilan o’lchanadi?
a) musiqa notalari bilan (b) ton va yarim ton bilan d) aytilishi bilan
12. Bir ton deb nimaga aytiladi?
(a) oralig’ida qora klavisha bo’lgan ikki oq klavisha oralig’iga
b) orasida qora klavisha bo’lmagan ikki oq klavisha oralig’iga
d) barcha klavishalar oralig’iga
13. Yarim ton deb nimaga aytiladi?
a) oralig’ida qora klavisha bo’lgan ikki oq klavisha oralig’iga
(b) orasida qora klavisha bo’lmagan ikki oq klavisha oralig’iga
d) barcha klavishalar oralig’iga
14. Ikkita yarim tonlik nimaga teng?
(a) bir tonga b) yarim tonga d) bir notaga
15. Notalar tartibi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping?
a) do, mi, fa, re, sol, lya si (b) do, re, mi, fa, sol, lya, si d) lya, si, do, mi, re, fa,
16. Pauza nima?
(a) musiqa ohanglari orasidagi to’xtam
b) musiqa tovushlari orasidagi masofa
d) notalarning ketma-ket joylashishi
17. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining kuyini kim bastalagan?
a) Habibullo Rahimov b) Rustam Abdullayev (d) Mutal Burhonov
18. Musiqaning ifoda vositalari nimalar?
a) kuy, ohang, qo’shiq (b) o’lchov, usul, sur’at, dinamik belgilar
19. Pauzalar necha turga bo’linadi?
(a) 2 turga b) 3 turga d) 4 turga
20. Cholg’u asboblari to’g’ri ko’satilgan qatorni toping.
a) notalar va pauzalar b) ansambl, xor, orkestr (d) rubob, doira, chang
21. Habibullo Rahimov qachon tug’ilgan?
a) 1956-yil b) 1936-yil (d) 1946-yil
22. Qaysi javobdagi qo’shiqlar Habibullo Rahimov ijodiga mansub?
a) “ Do’mboqchalar qo’shig’i” “ Bog’cha opam
b) “ Oy bolamiz – toy bolamiz” “ Men – g’unchaman”
(d) hamma javob to’g’ri
23. Volta deb nimaga aytiladi?
a) bir xil takrorlanishga (b) o’zgaruvchan takrorlanishga d) satrlarga
24. Alteratsiya belgilariga nimalar kiradi?
(a) diyez, bemol, bekar b) notalar, skripka kaliti d) nota yo’li, notalar
25. Diyez belgisi qanday vazifani bajaradi?
a) tovushni yarim ton pasaytiradi
b) tovushni asl holiga keltiradi
(d) tovushni yarim ton ko’taradi
Do'stlaringiz bilan baham: |