Asosiy qism:
25-28 daqiqa
|
To'pni yurib olib yurish estafetasi.
O'yinchilar teng ikki guruhga bo'linib, o'zaro parallel ikkita qatorga saflanadilar. Qator-larning ro'parasidan 10 — 15 metr nariga ikkita bayroqcha qo'yiladi. Qatorning boshida turgan o'yinchilarda futbol yoki basketbol to'pi bo'ladi.
Rahbarning ishorasidan keyin birinchi o'yinchi to'pni yerga urib-urib, bayroqchaning atrofidan aylanib orqaga qaytib kelib, to'pni ikkinchi o'yinchiga beradi. Ikkinchi o'yinchi ham o'z navbatida shartni bajarib, uchinchi o'yinchiga beradi ra hokazo. Qaysi guruh ana shu vazifani tez, xatosiz bajarsa, o'sha guruh g'olib hisoblanadi.
|
25-28 daqiqa
|
O'yinchilar ikkita guruhga bo'linadilar.
|