1.O‘quv yurtlari ma’ruzalari – o‘z aniqligi, ilmiy muntazamligi, faktlarga asoslanganligi
va muayyan predmet qonuniyatlarini yoritib berishga bag‘ishlanganligi bilan
xarakterlanadi.
2.Ilmiy ma’ruza – muayyan sohada qilinayotgan ishlar, ilmiy tajribalar haqidagi
xulosalar yoki qilinajak ishlar haqidagi rejalar: dastlabki tug‘ilgan g‘oyalar, gipotezalar
bayonidan iborat. Ilmiy ma’ruza tinglovchilar auditoriyasi tor bo‘ladi. Ilmiy ma’ruza -
siyosiy sharhga monand bo‘lib, agar siyosiy sharhda e’tibor siyosiy-ijtimoiy hodisalarga
jalb etilsa, ilmiy ma’ruzada e’tibor muayyan ilmiy yutuqlarga, ixtirolar bayoni hamda
xulosasiga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |