2-rasm. Yadroviy portlashda radioaktiv shikastlanish
hududlarining hosil bo’lishi
Yadro zaryadining to’liq parchalangan vaqtdagi nurlanish dozasi bilan
zararlangan vaqtdagi radiatsiya darajasi o’rtasidagi bog’liqlik quyidagicha
ifodalanadi: D = 5 Pt zar t zar
Bunda: D - yadro zaryadining to’liq parchalangandagi nur dozasi;
t zar - zararlanish vaqti;
Pt zar - zararlangan vaqtdagi radiatsiya darajasi.
A hudud tashqarisida D=40 rad, P=8 rad-soat bo’lib, hudud ichida radioaktiv
moddalar miqdori 60 foizni tashkil etadi. Bunday holatda A hudud ichida
joylashgan inshootlar ma’lum vaqt oraliqlarida ishlash imkoniyatlariga ega.
B hudud tashqarisida esa D=400 rad. va P=80 rad./soat bo’lib, hudud ichida
bo’lgan odamlar 1 sutka davomida himoya inshootlarida saqlanishlari hamda ish
faoliyatlarini to’xtatishlari kerak bo’ladi.
V hudud tashqarisida D=1200 rad. va P=240 rad./soat tashkil etib, hudud
ichida bo’lgan odamlar ishlarini 1-4 sutkagacha to’xtatib, fuqarolar himoya
inshootlarida saqlanishlari kyerak bo’ladi.
G hudud tashqarisida esa D=4000 rad. va P=800 rad./soat ichida esa -10000
rad bo’lib, bunda fuqarolar 4 sutkagacha ishni batamom to’xtatib, o’zlari himoya
inshootlarida saqlanishlari kyerak.
Vaqt o’tishi bilan radioaktiv moddalar tabiiy parchalanishi oqibatida
shikastlangan hududlarda radiatsiya darajasi kamayib boradi.
Radiatsiya darajasi aslahaning portlatish turiga, quvvatiga, joy rel’efiga,
metereologik va geologik sharoitlarga bog’liq. Agar radiatsiya darajasi yerdan
0,7-1 metr balandlikda o’lchanganda 0,5 rad/soat bo’lsa, o’sha joy zararlangan
hudud deyiladi. U yerda himoya vositalaridan foydalaniladi.
Yadroviy portlashda nafaqat joylar, balki uning hududida bo’lgan jamiki
uskunalar, kiyim-kechaklar, suv, havo, oziq-ovqat mahsulotlari va yerning ma’lum
qalinlikdagi qatlami ham zararlanadi.
Inshootlarni, atrof-muhitni, moddiy resurslarni qanday darajada zararlanishi
u yerdagi radioaktiv moddalarning miqdori bilan yoki zararlanish zichligi bilan
aniqlanadi va Kyuri /sm bilan o’lchanadi.
Kyuri-deganda 1 soniyada 37 mld. atom parchalanganda hosil bo’ladigan
radioaktiv modda miqdori tushuniladi, Yani 1kyuri=3,7 10
10
parch/s. Odatda
radioaktivlik millikyuri va mikrokyuri (mk kyuri) bilan yoki SI tizimida esa
Bekkyerel bilan o’lchanib, uning birligi sifatida, radioaktiv moddalarni 1 soniyada
1 ta parchalanishi (1 parch/s) qabul qilingan.
Radioaktiv zararlanish birlamchi va ikkilamchi ta’sirlardan bo’lishi mumkin:
Yani radioaktiv bulutdagi radioaktiv zarrachalarni tushishi oqibatida hamda
zararlangan uchastkalardan texnikalarni changitib yorishi natijasida kuzatiladi.
Inson organizmiga radioaktiv zarrachalar 2 xil yo’nalish bo’yicha: birinchisi
zarrachalarni nafas yo’li orqali va ikkinchisi radioaktiv zararlangan oziq-ovqat
mahsulotlari orqali kirib zararlaydi. Buning oqibatida radioaktiv moddalarning
miqdoriga qarab: engil, o’rtacha og’ir va juda og’ir darajadagi shikastlanish yuz
beradi. Radioaktiv zararlanishdan saqlanishning ishonchli uslubi- himoya
inshootlarida (boshpanalarda, RSB, usti Yopiq yerto’lalarda va shaxsiy himoya
vositalari (gazniqob, respirator, changdan saqlovchi maska, paxta dokali taqqich va
boshqalar) yordamida saqlanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |