26-Bilet
1.Maktab bog’iga 36 tup mevali daraxt bor. Daraxtlarning 2/9 qismi nok, qolganlari olma. Maktab bog’idagi nok daraxtlari olma daraxtlariga qaraganda necha tup kam?
2.Balandligi 10 m bo’lgan simyog’ochga shilliqurt ko’tarilayapti. Shilliqurt kunduzi 5 m ko’tarilsa, kechasi esa 4 m pastga tushadi. Necha kundan keyin shilliqurt simyog’ochning uchiga chiqadi?
3.Ikki sonning yig’indisi 60 ga teng. Ulardan biri ikkinchisidan 4 marta kichik. Shu sonlarni toping?
4. Mirza 24 ta qo’ziqorin topdi. Karim Mirzaga qaraganda 6 ta kam qo’ziqorin topdi. Nazira Karimga qaraganda 2 marta ko’p qo’ziqorin topdi. Ular uchalasi birga nechta qo’ziqorin topishgan?
5.Alisher, Nabi va Umidning og’irligi birgalikda 89 kg. Agar Alisher va Nabi 63 kg, Nabi va Umid 58 kg bo’lsa, har bir bolaning og’irligini toping?
Do'stlaringiz bilan baham: |