2.Qurilish tashkilotlarida materiallarning sintetik va ahliliy hisobi. Qurilish tashkilotlarida materiallarning sintetik hisobi 21-son BHMSga muvofiq 1000 «Materiallar hisobi schotlari» tizimida ochiladigan quyidagi schotlardayuritilishi lozim:
1010 «Xomashyo va materiallar»;
1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar»; 1030«Yoqilg‘i»;
1040 «Ehtiyot qismlar»;
1050 «Qurilish materiallari»;
1060 «Idish va idishbop materiallar»;
1070 «Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar»;
1080 «Inventar va xo‘jalik jihozlari»;
1090 «Boshqa materiallar»
Ushbu aktiv schotlaming debetida material boyliklaming hisobot davr boshidagi qoldig‘i va hisobot davrida turli manbalardan kirim qilinishi va boshqa sabablar evaziga ko‘payishi, kreditida esa ulaming qurilish ishlariga sarflanishi va boshqa turli chiqimlari (sotilishi, bepul berilishi va shukabilar) evaziga kamayishi aks ettiriladi. Moddiy boyliklaming kirimi va chiqimi yuqorida nomlari zikr etilgan schotlarda hisob bahosida aks ettiriladi. Hisob bahosi ulaming sotib olish qiymati (haqiqiy tannarxi), reja tannarxi, o‘rtacha baho va boshqalar hisoblanadi. Materiallar bo‘yicha tanlab olingan hisob bahosining aniq turi qurilish tashkiloti hisob siyosatida belgilanadi. Qurilish tashkilotlari materiallar kirimini ikki usulda olib borishlari mumkin: (1) bevosita usul; (2) bilvosita usul. Materiallar hisobining bevosita usulida ularning barcha manbalardan kirim qilinishi materiallar hisobi schotlarining (1010-1090 schotlar) debetida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettiriladi. Ushbu usulda materiallaming turli manbalardan kelib tushishi va ular kirimini 1010-1090 schotlarda aks ettirish tartibi 3.3-jadvalda keltirilgan. Materiallar hisobining bilvosita usulida ulaming ta’minotchi tashkilotlardan xarid qilinishi, o‘z sexlaridan kirim qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar dastlab 1510 «iMateriallarni tayyorlash va xarid qilish» schotining debetida to‘planadi. Bunda materiallaming kelib tushish manbalarini ifodalovchi schotlar (6010, 6990, 2310 va boshqalar) kreditlanadi. Moddiy boyliklarning omborlarga kirim qilinishi 1510 schotning kreditida va 1010-1090 schotlaming debetida aks ettiriladi. Bu usulda materiallaming hisob bahosidagi qiymati va xarid qiymati o‘rtasidagi farq summasi hisobot davrida alohida 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schotida hisobga olinadi. Hisobot davri oxirida materiallar qiymatidagi farq summalari quyidagichahisobdanchiqariladi: (1) kelib tushgan materal boyliklarning xarid bahosidagi qiymati (tannarxi) hisob bahosidan past bo ‘Iganda:
Debet 1510 «Materiallami tayyorlash va xarid qilish»;
Kredit 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar».