1. Charosga rang kirib qoldi. Oftobqizdirgan dala yo`lida chap qo`lini shohiqiyiq bilan bo`yniga osib olgan yigirmayoshlardagi bir yigit sog` qo`li bilan velosipedini yetaklab kelmoqda.Qaysi asar ushbu parcha bilan boshlanadi?J.: \Hijron kunlari"
2. Charosga rang kirib qoldi. Oftobqizdirgan dala yo`lida chap qo`lini shohiqiyiq bilan bo`yniga osib olgan yigirmayoshlardagi bir yigit sog` qo`li bilan velosipedini yetaklab kelmoqda.Ushbu yigit kim?J.: Nizomjon
3. Nizomjonning sevgan qizi kim?J.: Dildor
4. Shaddod, gapini birovga bermaydigan, erkakshoda, zvenoga boshliq bo`lgan qiz kim?J.: Asrora
5. Zveno qizlari orasida ham eng ko`hligi, ham engbo`shashgani kim edi?J.: Dildor
6. Nizomjonning eng qalin oshnasi kim?J.: Karimjon
7. Nizomjonni nima uchun harbiy xizmatga olishmaydi?J.: Bir qo`li mayib bo`lgani uchun
8. Nizomjonning akasi kim?J.: A'zamjon
9. tanish-bilishlardan yashirincha Oltiariqning guzariga tushib boshlarini boshlariga tirab surat oldirib ham kelish"gan yigit-qiz kim?J.: Nizomjon va Dildor
10. Nizomjonning otasi kim?J.: Inoyat oqsoqol
11. Dildor kimning qizi?J.: Yunusali akaning
12. Dildor kimga turmushga chiqadi?J.: Nizomjonning akasi A'zamjonga
13. Nizomjonning opasi kim?J.: Risolat
14. "O`zining sho`xligi, og`zi botirligi bilanbutun qishloqda nom chiqargan" qiz kim?J.: Asrora
15. U yoshligida tekkanga tegib, tegmaganga kesak otardi. Atlas ko`ylaginiqoramoyga belab traktorchining orqasidan ergashib yurar, u tushlikka chiqqandaso`ramay traktorini haydab qolardi. raisning shofyori sal ko`zi shamg`alat bo`lsa,mashinasini g`izillarib haydab qolardi.Qishloq ko`chalarini changitib,tovuqlarniqaqalatib yana joyiga keltirib qo`yib, g`oyib bo`lardi. Ushbu ta'riflangan qiz kim? nnJ.: Asrora
16. Asrora kimni yaxshi ko`radi? J.: Karimjonni
17. ... bo`sh-bayovgina, o`lgudek sodda,bo`shashgan edi. Hatto qishloqdagilarning o`zlari uni "qishloqi" deb masxara qilishardi. Shu bo`shashgan qishloqi bolaniham Asrora odam qildi. Soch qo`ydirdi, galstuk taqadigan qildi. Asrora unga kashtatikilgan dastro`mollar tikib berdi. Dazmolsiz ko`ylak kiysa, egnidan yechib olibayasiga bildirmay uyida dazmollab kiydirardi.Ushbu ta'riangan yigit kim? J.: Karimjon
18. Qiladigan ishi pillakashlarning qozoniga o`t qalash. U necha marta frontga intildi,bo`lmadi. yurt ishida ham, shaxsiy hayotidaham uning omadi kelmadi. Uyi, joyi, izzatqiladigan qishlog`i bo`la turib begona joylarda yuribdi.Ushbu gap kim haqida?J.: Nizomjon
19. A'zamjonning taqdiri nima bo`ladi? J.: Urushda halok bo`ladi
20. Kiygan kiyimiga gard yuqmasdi. Chiy baxmal nimchasining ko`krak cho`ntagidansoat zanjiri osilib turardi. Endi bukchayibqopti. Kiyimlari ham bir holatda. Azizxoni urushga ketdi-yu, shu ko`yga tushdi.Ushbu kishi kim?J.: Ummatali
21. Urushdan bir oyog`i yo`q qaytib kelgan kishikim?J.: Ikromjon Usmonov
22. Tursunboy kimning o`g`li?J.: Ikromjon va Jannat xolaning
23. Qishloq ahli kimni tog`a deb chaqirishadi?J.: Rayimberdini
24. Otalar o`z bolalarini dunyodagi bolalarning eng zo`ri, eng xushbichimi, deb bilishadi.Ushbu gap qaysi asardan olingan?J.: \Hijron kunlari"
25. Kim urushda qahramon bo`ladi?J.: Azizxon Ummateliyev
26. Kalugani ozod qilishdagi jasorati, mardligiuchun kim qahramon unvoni bilan taqdirlanadi?J.: Azizxon Ummataliyev
27. Moskva ostonalardagi janglardagi mardligi uchun yuksak mukofot bilan kim taqdirlanadi?J.: Ikromjon Usmonov
28.Ur, deganda nomard qochur,Mard qolur maydon ichinda...Ushbu qo`shiqni kimkuylagan?J.:Ma'murjon Uzoqov
29. Nizomjonni nima uchun otasi oq qiladi?J.: Akasining bevasi Dildorga uylanishdan boshtortgani uchun
30. Harna qilganda ham ona | ona. Uo`z bolasini bir parcha etdan katta qilguncha ne mashaqqatlar tortmagan! Bolasiningyaxshiligi ham, yomonligi ham unga unchalik bilinmaydi. Ona hamma narsani unutsaunutadiki, bolasini unutolmaydi. O`z bolasining o`limidan, baxtsizligidan quvonganona hali dunyoga kelmagan, kelmaydi ham.Ushbu parcha qaysi asardan olingan?J.: "Hijron kunlari"
31. Tursunboyning sevgilisi kim?J.: Zebixon
32. ... Ozib, cho`p bo`lib ketdi. Ammobu sirni xotiniga bildirmadi. Xotini, xatxabar kelmay qoldi-ya, deb bezovta bo`laboshlashi bilan u birovga o`g`li nomidanxat yozdirib eski konvertga solardi-da, kelib o`qib berardi. Qishdan beri ahvol shu.Ushbu kishi kim?J.: Tog`a (Rayimberdi)
33. Tog`a necha yildan beri raislik qiladi?J.: 11 yildan beri
34. Mahallada to`y yo aza bo`lsa o`sha kuniularning uyida qozon osilmasdi. Oqsoqolma'raka o`tguncha qozonning tepasidan ketmasdi, bolalardan uyiga bir-ikki tovoq oshchiqarardi. O`zi qaytishda qiyig`iga ushatilgan burda nonlarni tugib kelardi.Ana shu xonadonda ulg`aygan yigit kim?J.: Nizomjon
35. Ammo uning ikki ko`zi ... Bu ko`zlarqaraganni kuydirardi. Zirillamalik yigit borki, uning eshigi oldidan tegajaklik qilmasdan o`tolmasdi. Bu qiz kim? J.: Zebixon
36. Surma qo`ymay muncha ham, jono, qarodir ko`zlaring,Har biri jon qasdiga boqqan balodir ko`zlaring,
Oshni begonalarga, bir umr xush-xushnigoh, Oshnolarga g`araz nooshnodur ko`zlaring...
Zirillamalik yigitlar qaysi qizning ko`chasidanushbu qo`shiqni aytmay o`tishmaydi?J.: Zebixonning
37. "Jahli chiqib turganda ham gapiga matalqo`shib gapiradi"gan qahramon kim? J.: Zebixonning pochchasi (To`lanboy mo`ylov)
38. "Egachim ovga chiqdi, ketidan g`ovg`achiqdi" maqoli qaysi asarda qo`llangan?J.: "Hijron kunlari"
39. Bir dono odam kichkinagina, ozg`inginaxotinga uylanibdi. Odamlar nega kichkinaxotinga uylanding, deb so`rashganda, janjalning kichikrog`i derust, degan ekan.Ushbu naql qaysi asardan olingan?J.: "Hijron kunlari"
40."... eski kitoblarni ko`p o`qigan. Shuning uchun ham ikki gapning biriga yobayt, yo bo`lmasa ibratli bir hikoyat qistirib o`tmasa ko`ngli joyiga tushmaydi"gan qahramon kim?J.: Zebixonning pochchasi (To`lanboy mo`ylov)
41. U chiroyli, qomati quyib qo`ygandekpahlavon yigit. Biron marta soqoli o`sibyurganini hech kim ko`rmagan. kiyimlari hamisha toza. Etigi oynadek yiltirabturadi. O`zi bo`lsa qizlar oldidan atayingerdayib, pisand qilmay o`tadi. Hattou o`rtoqlariga maqtanib, falon qizni birlaqillataman, ko`rib qo`yasanlar, derdi-da,garov boylashib, qizlar bilan biron joygava'dalashardi. Keyin u va'dalashgan joygabormay og`aynilarini tomosha qilgani yuborardi. Sochini mayda o`rib, yasanib kelganbechora qiz uni kuta-kuta qaytib ketardi.Bu yigit kim?J.: Tursunboy
42. "Marg`ilon suratxonasi devoridagi, soattaqqan qo`lini iyagiga tirab tushgan surat"kimniki?J.: Zebixonniki
43. "Havaskorlar to`garagi "Tohir va Zuhra"dan parcha qo`yganda Zuhra bo`libchiqqan" qiz kim?,
J.: Zebixon
44. "Otmagay tong" qo`shig`ini kuylagan qiz kim?J.: Zebixon
45. Havaskorlar to`garagida "Tohir va Zuhra"danparchani kim sahnaga qo`yadi?
J.: Zebixonning pochchasi (To`lanboy mo`ylov)
46. Ayol qalbi tosh bo`lsa ham allaqayeripaxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo`ladi.Aytilgan gap o`sha joyga borib tegsa bekorketmaydi.Ushbu gap qaysi asardan olingan?J.: "Hijron kunlari"
47. Omon polvon, To`pponcha polvon qaysi asarqahramonlari sanaladi?J.: "Hijron kunlari"
48. Ona unga faqat kiydirish, yedirish uchunona edi, xolos. Ona uning firoqida, dardida ado bo`ldi. Bolasi esa bu to`g`ridao`ylamasdi. Ona, qazoyim yetib olamdan
o`tsam, bolam o`z qo`li bilan qabrga qo`yadi,deb umid qilardi. Bolasi qabrga yaqin kelmay, bo`riga o`xshab to`qaydan xunuk qarabturardi.Ushbu parcha qaysi asardan olingan?J.: "Hijron kunlari"
49. Qoq saharda o`rik terib oftob yoyilmay, eshakka ortganicha Marg`ilon bozoriganqarab ketadi. Kechalari eshikni tanbalabpul sanaydi. G`ijimlangan bir so`mliklarni
ho`llab, samovarning qorniga yopishtiribdazmollab, obdon chiroyli qilib taxlab oladi.Ushbu kishi kim?
J.: Inoyat oqsoqol
50. Inoyat oqsoqolni kim Jinoyat oqsoqol debataydi?J.: Asrora
51. Eski do`ppilarni tiyinga olib, siyohgabo`yab, so`mga sotdi. Undan guzardaqovun tilib sotish ham qolmadi. Kasalxonalarda chiqindi bo`lgan eski choyshablarniuyga olib kelib, bo`lak-bo`lak qildirib, qizigamashinada chetini bostirdi. Yuvdirib, dazmollatib, chetiga qizil siyohda chiziq tortibdastro`mol qilib bozorga olib chiqdi.Ushbu kishi kim?J.: Inoyat oqsoqol
52. Nizomjon qaysi qishloqda tug`ilgan? J.: Chorterakda
53. Qaysi qahramonning o`z o`g`li xattiharakatlariga munosabati ikki xil: bir tomondan unga farzandi sifatida joni achisa, ikkinchitomondan uni \Xoin! Qochoq! Nomard!" deyala'natlaydi?J.: "Hijron kunlari"
54. Ota diydoridan, ona mehridan, yorbirodarlari davrasidan olisda, chaqirsa ovozyetmaydigan joyda quvg`in bo`lib, olamdano`t"gan yigit kim?J.: Tursunboy
55. Ikromjon o`g`lini nimasidan tanib qoladi? J.: Ko`zidan
Shum bola qissasining birinchi nomi qanday bo’lgan?
Javob: Dovdirash
G’afur G’ulomning “Mening o’g’rigina bolam voqeiy hikoyasida Roqiyabibi o’g’riga nima olib ketishini taklif qiladi.
Javob: Qozon
"Shum bola" asarida bir yil hosil qilib, biryil hosil qilmaydigan meva daraxtlarga nisbatan
qanday so`z qo`llangan?
Javob: Solkash
Vaqt, Sog’inish, Bilib qo’yki, seni vatan kutadi.
11996603
Do'stlaringiz bilan baham: |