3 Nazorat uchun savollar: "Didaktika" tushunchasini ta’riflab bering



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2022
Hajmi0,86 Mb.
#598948
Bog'liq
5-nazorat vazifa



3 - Nazorat uchun savollar: 
1. “Didaktika” tushunchasini ta’riflab bering. 
2. Didaktikaning predmeti va obekti nimalardan ibo-
rat? 
3. Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan ibo-
rat? 
4. Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar? 
5. Didaktik konsepsiyalardan qaysilari bilan tanishsiz? 
6. Rivojlantiruvchi konsepsiyaning mohiyati nima-
dan iborat? 
7. Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy tamoyillari qa-
ysilar? 
8. «Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik 
xususiyatlari» tushunchasini 
siz qanday tushunasiz? 
9. Zamonaviy didaktik tizimning o’ziga xos belgilari 
nimalardan iborat? 
10. Pedagogik paradigma nima? Ta’limning asosiy pa-
radigmalarini aytib bering. 


Javoblar. 
1. Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» 
«o’rgatuvchi», «didasko» esa — «o’rganuvchi» ma’nosini bil-
diradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining 
mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va 
o’quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, me-
tod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashti-
rish yo’llari va hokazo muammolar)ni o’rganuvchi fan. 
Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy 
(1592— 1670-yillar) «Buyuk didaktika» (1657-yil) nomli 
mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy «didaktika bu 
faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham», deb 
ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining 
muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning 
ko’rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars 
tizimi borasida so’z yuritadi.
2. Didaktikaning predmeti sifatida o’rgatish (o’qituvchi 
faoliyati) va o’rganish (o’quvchilaming bilish faoliyati), 
ulaming o’zaro harakati aks etadi. Didaktika predmetining 


mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash 
ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o’rganish zarurligini il-
gari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o’quvchining 
bilimni o’zlashtirishlarini ta’minlabgina qolmay, shaxs 
xususiyati, uning rivojlanishi, ma’lum ma’naviy-axloqiy 
sifatlarni o’zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uc-
hun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.
Didaktikaning obyekti - o’sib kelayotgan avlodga ijti-
moiy tajribalami, milliy va umuminsoniy madaniyatni 
tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyatning asosiy turi 
hisoblangan ta’lim berishdir.
Ko’pchilik olimlar ta’lim obyekti deb o’qitish jara-
yonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari 
va tamoyillarini ko’rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy 
tajriba berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yorda-
mida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. 
Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o’qituvchi — o’quvchi, 
o’quvchi — o’quv materiali, o’quvchi — boshqa o’quvchi-
lar o’rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. Pedagogik ada-


biyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisob-
lanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi ham-
da o’quvchining o’quv materialiga bo’lgan munosabati, 
ya’ni, bilimlarni o’rganish munosabatini asosiy deb e’tirof 
etuvchi qarashlar soni nisbatan ko’p. Darhaqiqat, o’qish, 
o’rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. 
Ta’limga psixologiya nuqtayi nazaridan yondashilsa, ush-
bu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, 
ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o’rga-
tish nuqtayi nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sa-
naluvchi munosabat — ikki shaxs (o’quvchi va o’qituvchi) 
o’rtasidagi munosabatlar yetakchi o’rin egallashi lozim 
ekanligi anglanadi.
3. Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish 
shartlarini ta’riflash va tushuntirish
- Ta`lim jarayonini yanada mukammal tashkil 
etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab 
chiqish


- ta’lim jarayon uchun xos bo’lgan umumiy qonu-
niyatlarni aniqlash, omillarini tajilil qilish va ta’riflash.
Didaktika nazariy va bir vaqtning o’zida 
me`yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiv-nazariv vazifa-
si ta’limning mavjud jarayonlarini o’rganish, uning turli 
jihatlari o’rtasidagi bog’liqliklar, ularning mohiyatini oc-
hib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniq-
lashdan iboratdir. O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim 
amaliyotini yo’naltirish, ta’limni jamiyat tomonidan 
qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashti-
rishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, 
ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo’llash 
me`yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy 
hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
4. Didaktikaning asosiy kategoriyaiari. Muayyan fan-
ga xos bo'lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijti-
moiy taraqqiyot jarayonida to'plangan bilimlar aks etadi. 
Didaktikaning asosiy kategoriyaiari quyidagilardan iborat: 
O‘rgatish, o'rganish, o'qitish, ta ’lim, bilim, 


ko'nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, 
tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija.
O‘rgatish - o'qitish maqsadini amalga oshirish 
bo'yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.
O'rganish - anglash, mashq qilish va egallangan 
tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi 
shakllarmi egallash jarayoni, oldin egallanganlari o'zga-
radi.
O'qitish - qo'yilgan maqsadga erishishga yo'naltixil-
gan pedagog bilan o'quvchilaming tartiblangan o'zaro 
harakati.
Ta’lim - o'qitish jarayonida egallanadigan bilim, 
ko'nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari ti-
zimi.
Bilim - maium bir fanni nazariy o'zlashtirishni aks 
ettiradigan inson g'oyalari yig'indisi;
Ko'nikma - egallangan bilimlaming aniq xat-
ti-harakatdagi ifodasi, o'zlashtirilgan bilimlami amali-
yotga qo'llash usullarini egallash.


Malaka - avtomatlashgan, biror bir usul bilan be-
xato bajarish, ко ‘nikmaning takomillashgan darajasi.
Kompetensiya - egallangan bilim, ko'nikma va mala-
kalami kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay olish layoqati.
Maqsad - o‘qitishning nimaga qaratilganligi, 
uning kuchlari kelgusida qay yo'sinda safarbar etilishi.
Mazmun - o'qitish jarayonida egallanishi lozim 
bo'lgan ilmiy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar, fa-
oliyat, fikrlash usullari tizimi.
Tashkil etish - qo'yilgan maqsadni samarali amal-
ga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, 
aniq mezonlar bo'yicha tartiblangan didaktik jarayon.
Shakl - o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki 
mohiyati, mantig'i, mazmuni uchun qobiq.
Metod - o'qitishning maqsad va vazifalariga eris-
hish (amalga oshirish) yo'li.
Vosita — o'quv jarayonining predmetli qo'llab-quv-
vatlanishi, yangi materialni o'zlashtirish jarayonida o'qi-
tuvchi va o'quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt.


Natija - o'quv jarayonining so'nggi mahsuli, belgi-
langan maqsadlaming amalga oshganlik darajasi.
5. Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning fal-
safiy asoslari. Ta’lim jarayoni psixologik-pedagogik konsep-
siyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb 
ataladi) asosida tashkil etiladi. Didaktik tizim (yunoncha 
«systema» — yaxlit qismlardan tashkil to’gan, birlashti-
rish) — ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayonining 
yaxlit holatini belgilash, ajratib ko’rsatish demakdir. U 
ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod 
va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilma-
larning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud 
didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi 
guruhlarga ajratadilar: 1.An’anaviy didaktik tizim.
Ta’lim nazariyasida Ya.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va 
I.Gerbartlarning didaktik konsepsiyalari muhim ahami-
yatga ega.
An’anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis 
faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) 


nomi bilan bog’liq. U Ya.A.Komenskiyning sinf-dars 
an’anaviy tizimini tanqidiy nuqtayi nazardan qayta 
asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga ta-
yangan holda ta’lim tizimini yaratdi. I.F.Gerbart ta’lim 
tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat: o’quvchi-
larning intellektual rivojlanishini ta’minlash maktabning 
asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.
Progressiv (pedosentrik) tizim bolaning bilim olishi-
da faoliyatining asosiy rol o’ynashini e’tirof etadi. Mazkur 
tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning mehnat mak-
tabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.
Zamonaviy didaktik tizim. XX asming 50-yil-
larida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo’lingan 
axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat 
qilish asosida materialni o’zlashtirishda samaradorlikka 
erishish g’oyasini ilgari suradi. Mazkur g’oya keyinchalik 
dasturiy ta’lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat 
natijalariga qarab o’quvchiga mustaqil ishlash uchun 
turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan 


dasturlami yaratdi.
6.L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi 
ta’lim konseptsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqal-
di. Uning g’oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga 
insonparvarlik g’oyasini singdirish, shaxsni barkamol ri-
vojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga im-
kon beradi. Psixolog L.S.Vigotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 
30-yillarda ilgari surilgan «Yaqin rivojlanish zonasi» 
g’oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra bola 
kattalar yordamida bilim olib, o’zi mustaqil bajara olma-
gan ishlarni bajara boshlaydi.
8.O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi 
Qonunida ta’lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik 
g’oyalarga muvofiq tashkil etilishi e’tirof etilgan. Ta’limni 
insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsini 
hurmat qilish, uning sha’ni, obro’si, qadr-qimmatini po-
ymol etmaslik, mavjud iste’dodini rivojlantirishni nazarda 
tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmi-
yatchilikka yo’l qo’ymaslik, ta’lim dasturlarini tanlashda 


o’quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi. Res-
publika uzluksiz ta’lim tizimi ijtimoiy buyurtmani baja-
rishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxas-
sisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.
10. Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» — 
misol, namuna) — pedagogika fani rivojining ma’lum 
bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish 
namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik 
hamjamiyat tomonidan eptirof etilgan nazariy hamda 
metodologik ko’rsatmalar to’plami bo’lib, u ta’limning 
konseptual modeli sifatida qo’llaniladi. Bugungi kunda 
ta’limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:
Zamonaviy ta’lim paradigmalari. Paradigma (grekc-
ha, paradeigma) so'zining o'zi keng ma’noda turmush va 
fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini 
aniqlab beruvchi o'ziga xos tuzilishga ega nazariya deb 
izohlanadi.
Paradigma - aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilik-
kamuammolami aniqlash va ulami hal etish modeli sifa-


tida taqdimetiladigan barcha ilmiy yutuqlarga tegishli 
tadqiqot vazifalarinihal etish namunasi sifatida qabul qi-
lingan nazariya.Ta’limning yangi paradigmasining paydo 
bo'lishi faqat ijtimoiy- iqtisodiy o'zgarishlar bilan bog'liq 
bo'lmasdan, u butun madaniy rivojlanish jarayonida 
yuzaga kelgan. Uning shakllanishida insonparvarlik falsa-
fasi va psixologiyasi asosiy o'rin egallaydi. 
Atoqli ma’rifatparvar, Turkistondagi milliy ozodlik 
harakatining taniqli namoyandalaridan biri Saidnosir 
Mirjalilov 1884-yili Turkiston shahrida tavallud topgan. 
Yoshligidan o’ta ziyrak, tadbirkor va mehnatkash bo’lgan 
Saidnosir tujjorlik faoliyatini kichik bir gazlama do’konini 
ochishdan boshlagan. Ko’p o’tmay u Turkistonda birinchi 
jadid maktabini tashkil etgan. 1914-yilda paxta zavodini 
qurib, Turkistonning taniqli boylari va savdogarlaridan 
biri sifatida shuhrat qozongan. S.Mirjalilov 1917-yil siyosiy 
faoliyatga o’tadi. Fevral inqilobidan so’ng u Toshkentda 
tashkil etilgan «Sho’royi islomiya» tashkilotining faol a’zo-
laridan biriga aylandi. Turkiston mustaqillikka erishishini 


orzu qilgan Saidnosir Mirjalilov tijoratchi sifatida topgan 
sarmoyasining katta qismini milliy ittihod va istiqlol uc-
hun olib borilgan kurashga bag’ishladi. 
XX asr o’zbek maorifi va madaniyati, qolaversa, 
bugungi mustaqillik tafakkurimiz, ehtimolki, shu jadidlar 
oldida burchlidir. "Usuli jadid", "usuli savtiya"nomlari bilan 
shuxrat topgan yangi maktabni Turkistonda shular tash-
kil qilganlar. Shular birinchi bo’lib zamonaviy oliy maktab 
g’oyasini ilgari surdilar, o’nlab jamiyatlar, shirkatlar 
uyushtirib, ular yordamida qanchadan-kancha yoshlarni 
taraqqiy qilgan Yevropa mamlakatlariga o’qishga yubo-
rishga muvaffaq bo’ldilar. O’zbek teatrining birinchi g’ish-
tini ko’ygan, nashru matbuotini boshlab bergan ham 
shulardir. Jadidlar o’z hisoblaridan maktablar ochib, yosh 
avlodni istiqlolga tayyorladilar, she’r va maqolalar, sah-
na asarlari orqali milliy ongni shakllantirishga, milliy 
g’urur va iftixor tuyg’ularini singdirishga urindilar. XIX 
asr oxirlari va XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kel-
gan jadidlik harakatlarining tepasida Maxmudxo’ja Behbu-


diy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Munavvar qori 
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Co’fizo-
da, Xamza, Sadriddin Ayniy, Tavallo singari xalqimizning 
o’nlab fidoiy farzandlari, shoiru adiblari, davlat va siyosat 
arboblari turgan edilar.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish