3 mundarija



Download 1,24 Mb.
bet8/10
Sana12.06.2022
Hajmi1,24 Mb.
#657070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari 21 04 2022 (4)

XULOSA


Mazkur mavzuga bag‘ishlangan kurs ishi bo‘yicha quyidagi asosiy xulosalarga keldik:



  1. Xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilayotgan kreditlar asosan mamlakatdagi strategik dasturlarda o‘z aksini topgan loyihalarga yo‘naltiriladi. Bundan kelib chiqadiki hozirgi kunda mamlakatimizda nafaqat iqtisodiyot va loyiha tarmoqlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda, balki shu bilan bir qatorda aholining yashash tarzini ham yaxshilashga sezilarli darajada e’tibor qaratilmoqda. Ya’ni aholi uchun arzon uy joylarni qurish bo‘yicha dastur ham xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilgan kreditlar hisobiga moliyalashtirilmoqda;

  2. Mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni tubdan isloh qilish va uni barqarorlashtirishda, respublikada mavjud korxonalarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlashda va ularni modernizatsiyalashda, jahon talablari darajasidagi raqobatbardosh milliy mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etishda, mamlakat ichki bozorini sifatli tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish hamda uning eksport salohiyatini oshirishda, mamlakatda ishsizlik, pulning qadrsizlanishi darajalarini pasaytirishda, iqtisodiyotning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talablarini qondirishda xalqaro moliya institutlarining roli va ahamiyati kattadir;

  3. Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini ta’minlash investitsiya faoliyati yuritilishining zaruriy investitsion muhitini yaratishni va uni tobora qulaylashtirib borishni talab etadi, investitsiya loyihasining amalga oshirilish hajmi, miqdori va dinamikasiga qarab mamlakatning iqtisodiy o‘sish darajasi hamda holatini baholash mumkin va o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning bajarilish holati belgilangan maqsadlarni ta’minlanishiga qanchalik mos kelayotganligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin;

  4. Xalqaro valuta-kredit tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi.

  5. Xalqaro valuta-kredit tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘lgan.

  6. Xalqaro valuta-kredit tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan holda faoliyat yuritadi:

  • Jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;

  • Valuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga oshirish;

  • Jahon valuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.

  1. Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga hamda valuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo‘lgan zaruriyat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ko‘lamining ortib borishi shuningdek, ularning o‘zgaruvchan xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi.

  2. Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatining samaradorligi muayyan darajada a’zo mamlakatlarning xukumati va davlat tashkilotlari va bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatga bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan xalqaro moliya tashkilotlarining investitsion faoliyati ko‘p hollarda yirik xalqaro loyihalar bo‘yicha risklarni boshqarish va sug‘urtalashni amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni talab etadi.

  3. Mamlakatimizga global investitsiya bozoridan moliyaviy resurslarni keng jalb etish uchun jahonda yetakchi xalqaro reyting agentliklarining yuqori darajadagi suveren kredit reytingi bahosini olishi, bozor islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishzarur.

  4. Mamlakatimizning xalqaro moliya tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirish hamda xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish istiqbolda:

  • yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish esa necha yillar davomida sifatsiz, xaridor talabiga javob beraolmaydigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi eski texnikalardan tezroq qutilish imkonini beradi;

  • yangi ish joylari tashkil qilish va aholining ishsiz qismini ish bilan ta’minlash, shu bilan birga, xorij ning ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy qilish imkonini beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi;

  • jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni eksport qilish evaziga mamlakatga qadribaland valutalarning ko‘proq kirib kelishini ta’minlaydi.

  1. Respublikamiz bilan xalqaro moliya tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish mamlakatimizning kelajakda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga hamda jahon iqtisodiy tizimi integratsiyasidagi o‘rnining yanada oshishiga asos bo‘ladi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish