Ma’ruzaning metodik jihatlari:
Ma’ruzaning mantiqiyligi va isbot talab qilmasligi;
materialni avodli va mazmundor tarzda berilishi;
o'quvchi-talabalarni idrok qilishlarini faollashtirish usullari;
tarbiyaviy yo'nalishga ega ekanligi.
Ma’ruzani o'qish va matnini tayyorlash jarayonida qo'llaniladigan barcha an’anaviy va zamonaviy usullar, yo'llar hamda texnik vosita, jumladan, multimedia vositalari va ko'rgazmali o'quv qo'rollari bayon qilinayotgan mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga qaratilgan bo'lishi lozim.
Ma’ruzaning yakuniy qismi, xulosasida quyidagilar ko'rsatilishi shart:
mavzu yuzasidan asosiy xulosalar;
ma'ruzadagi asosiy tayanch tushunchalar;
talabalarda bilishga va o'rganishga qiziqish uyg'otuvchi hamda o'zlashtiruvchilarni nazorat qilish imkonini beruvchi savollar turkumini keltirilishi;
Adabiyotlar ro'yxati ma’ruza mazmunini aks ettirishi lozim.
Ikkinchi guruhga ma’ruza o'qiydigan o'qituvchi va uning shaxsiga qo'yiladigan talablar kiradi.
Ma’ruza o'qish jarayon sifatida obyektiv va subyektiv tomonlarning birligidir.
Ma’ruza o'qishning obyektiv tomoniga o'qituvchiga bog'liq bo'lmagan, o'rganilayotgan fanning mazmuni, dars o'tish tamoyillari kiradi. Subyektiv tomonlariga esa:
o'qituvchining shu fanni qanday egallagani, bilim darajasi;
o'qituvchining uslubiy tayyorgarligi, metodikaning qonunqoidalarini qo'llay bilish mahorati;
c. har bir o'qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida u yoki bu uslubni qo'llashdagi individual xususiyatlari kiradi.
Ma’lum bir yo'nalishga, iqtisodiyotni asosiy qonunlari, tendensiyalari, prinsiplari, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotning muammolarini tahlil qilishga qaratilgan bo'lishi kerak. Shuningdek, yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirish, hayot kechirish tarzini tanlashning tarbiyaviy ahamiyatini oshirishi lozim. Ilmiyligi jihatdan nazariya asoslarini amaliyot bilan, masalaning qo‘yilishini ilmiylik bilan hamda iqtisodiyotning yangi dolzarb masalalariga ijodiy yondashish bilan, nazariy dalillarning mantiqiylik bilan uzviy birligi ta’minlanishi kerak.
Iqtisodiy fanlardan ma’ruza o’qish o’qituvchi oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
1) talabalarga iqtisodiyot fanlarining nazariy boyligini ochib berish;
2 dunyodagi mashhur iqtisodchilar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va taniqli iqtisodchi olimlarning ishlarini chuqurroq o'rganishga yordam berish;
3) bir fandan olgan bilimlarini boshqa fanlarni o'rganishda ijodiy qo'llashlariga yordam berish;
4) talabalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida murakkab ijtimoiy-iqtisodiy fnuammolarni yechish uchun to'g'ri yo'l topish borasida o'ziga ishonch ruhini tarbiyalash.
Ma’ruza talabalarda fanni o’rganishga qiziqish, ishtiyoq uyg’otishi kerak.
Ma’ruzani shunday tuzish kerakki, talabada fanni chuqur o'rganish uchun mustaqil ravishda adabiyotlar topish, ularni ustida ishlash, tushunishga xohish-istak tug'ilsin. Shuning uchun zarur materiallar, kitoblar, jurnal va boshqa manbalarni tanlash prinsipial ahamiyatga ega. Ma’ruzaning ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishi uning ilmiyligi bilan bog'liq. Ma’ruzachi real hayotning obyektiv tahliliga, iqtisodiy ta- raqqiyotning asosiy qonuniyatlariga, iqtisodiy hodisalar va xo'jalik hayotining omillari o'rtasidagi ichki bog'lanishlarni aniqlashga, tahlil qilishga asoslanishi kerak. Tajriba shuni ko'rsatadiki, talabaga ishonchli dalillar, chuqur tahlil ko'proq ta’sir qiladi. Har qanday fan, jumladan, iqtisodiy fanlar ham ishonchli dalillar, ma’lumotlar, nazariy va amaliy xulosalarga tayanadi.
Psixologlarning kuzatishlaricha bilish, o'rganish jarayoni flkrlar qarama-qarshiligi asosiga qurilsa, samarali bo'Iadi. Ilmiy munozara talabalar uchun ijodiy muhit yaratadi. Iqtisodchi-pedagoglar uchun mo'ljallangan ma’ruzada munozarali savollarni qo'yish, turli nuqtayi nazarlarni bayon qilish maqsadga muvofiq. Ma’ruzachining o'zi ma’lum bir nuqtayi nazarni qo'llab-quvvatlar ekan, talabalarga ham ana shu qarash to'g'riligini tushuntirishi, auditoriyani ishontirishikerak.
Ma’ruzaning ilmiyligi materialni bayon qilishning izchilligi, savollarni aniq, tushunarli qo’yilishini ko’zda tutadi. Umiy-iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy hayotni tahlil qilishda tarixiylik va mantiqiylikka amal qilishni talab etadi. Ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida o’qituvchi mavzu bo’yicha savollarni qanday bayon qilishni, qanday uslublar qo’llashini ko’z o’ngiga keltirishi kerak. Ana shundagina mavzu bo'yicha adabiyotlarni, zarur ma’lumotlarni to'g'ri tanlashi mumkin. O'qituvchi, zarur dalillar, ma’lumotlarga ega bo’lsada, ularni ishonarli, asoslangan holda bayon qilmasa, fandagi dolzarb savollarga javob berishdan chetlab o’tishi yoki chetga chiqishi mumkin. Bu hoi talabalarda ma’ruzadan qoniqmaslikka, uning ishonchliligi va tarbiyaviy ahamiyatini tushirishga olib keladi.Nazariya bilan amaliyotning o’zaro bog'lanishi nihoyatda murakkab jarayon. U turli-tuman: ichki, tashqi, bilvosita va bevosita, muhim va uncha muhim bo'lmagan omillar bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham ma’ruzaga tayyorlanish paytida ana shu jarayonlarni chuqur tahlil qilishni bilish, u yoki bu hodisani rivojlanishining asosiy tendensiyalarini aniqlash kerak. Mavzudan chetdagi turli-tuman misollar bilan cheklanish yaramaydi. Nazariyani asoslash uchun xo‘jalik hayotidagi turli-tuman hodisalarni ijobiy yoki salbiy misol sifatida keltirish unchalik qiyin emas. Lekin real voqelikni noto’g’ri ko'rsatish, faqat yuzaki tashqi aloqalarni ta’kidlash bilan cheklanish yaramaydi. Ular masalaning mohiyatini ifodalamaydi va ochib bermaydi.
Ma’ruzada real faktlar, ma’lumotlarning o’rni
Iqtisodiy fanlar bo'yicha o'qiladigan ma’ruzada faktlar, real ma’lumotlarning o'z o'rni bor. Chunki, ular iqtisodiy jarayon, muammolarni mohiyatini ochishga yordam beradi. Lekin ulardan mahorat bilan foydalanishgina kutilgan natijani beradi. Buning uchun qonuniy bog'lanishlar, tendensiyalarni ko'rsata oladigan raqamlarni qo'llash kerak.
Raqamlar, ma’lumotlar o'rganilayotgan predmetning mazmunini tasavvur etish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Albatta, raqamlardan o'z fikrini tasdiqlash uchun foydalanish mumkin. Lekin nazariy qoidalar iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatiga tushu- nishda ham muhim rol o'ynashini yoddan chiqarmaslik kerak. Har bir pedagog raqamlardan yuzaki, shunchaki foydalanishdan qochishi kerak. Iqtisodchilarning fikricha, dalillar, raqamlar qayta ishlashni talab etadigan ma’lum qurilish materiali, xolos.
Real ma’lumotlar, raqamlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
hozirgi zamon xo'jalik hayotining o'ziga xos ayrim tomonlarini ko'rsatishi, ko’z o'ngiga keltirishiga yordam berishi;
sinchkovlik bilan ularni tanlab olish hodisani o'rganishga, uning o'ziga xos tomonlari, tutgan o’rnini aniqlashga yordam berishi;
ma’lumotlar, dalillarni tanlayotganda xilma-xil bo’lishiga ahamiyat berish, shu bilan birga, tasodifiy faktlardan ehtiyot bo’lish kerak. Chunki ular u yoki bu hodisani mohiyatini ochib bera olmaydi, aksincha, talabalarni chalg’itishi mumkin.
Shuning uchun:
ma’ruzaga tayyorgarlik ko’rganda yangiligi nuqtayi nazaridan eng so’nggi raqamlarni keltirish kerak;
tanlangan dalillar ishonchli, sinalgan bo'lishi, hech kimda ikkilanish uyg’otmasligi;
har qanday ma’ruzada faktlarga nazariy qoidalar mohiyatini ochishga xizmat qiladigan darajada o’rin berilishiga e’tibor qilish kerak. Agar nazariya bilan faktlar o'rtasida optimal nisbat buzilsa, talaba faktlarni chalkashtira boshlaydi. Vaholanki, ma’ruzada asosiy maqsad nazariy konsepsiyalami talabalar ongiga yetkazishdir;
ma’ruzada negativ faktlarni ham to'g'ri sharhlash, ularni qanday oqibatga olib kelishi, bartaraf qilish yo'llari haqida to'xtash kerak. Ma’ruzachining vazifasi negativ faktlarni e’lon qilish emas, balki ularni tahlil qilish, xulosa chiqarishga o'rgatishdir.
Faktlar ma’ruzaga jonli mazmun, hayotiylik nafasini baxsli etadi, uning ahamiyati bu jihatdan bebahodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |