43.5. Aholining kreditga bo‘lgan talabining paydo bo‘lishi. Davlatning
kredit resurslariga bo‘lgan talabining paydo bo‘lishi. Kreditning shakllari.
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar bo‘lishi zarur. SHu masala bo‘yicha ba’zi iktisodiy adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni taxlil qilib, iqtisodchilar tomonidan kreditning yuzaga kelishining quyidagi shartlariga kuprok etibor berilganini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Kredit munosabat bo‘lishi uchun:
birinchidan, kredit munosabat ishtirokchilari - qarz beruvchi va qarz oluvchi - xuquqiy jixatdan mustaqil subekt bo‘lishi kerak Mustakil subekt sifatida xar ikkala tomon bir-biri bilan o‘za’ro aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini moddiy jixatdan kafolatlay olishi kerak Majburiyatlarni bajara olish qobiliyatini xisobga olgan xolda mustaqil xukukiy subyekt sifatida tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak
ikkinchidan, qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga mos tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar avvalambor, obyektiv jarayonlar, o‘za’ro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog‘liq.
Kreditor (qarz beruvchi) tomonidan pul mablag‘larini qarzga berish bo‘yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag‘larni olish bo‘yicha kizikish tug‘ilgan takdirdagina kredit yuunosabatlari vujudga keladi.
Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining yo‘nalishiga bog‘lik tomonlar manfaatlarning mos kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi. Lekin, kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vakt va fazo jixatdan, shuningdek sifat jixatdan xam mos tushgan taqdirdagina bu munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga kreditning bu muxim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo‘lishining asosiy sababi bo‘laolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yukorida aytilgandek anik bir kktisodiy asos -fondlarning doiraviy aylanishi va shunta uxshash boshka anik sharoitlar bo‘lishi zarur. Fakatgina ana shu ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi.
Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa fikrlar xam uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilpshni amalga oshirish uchun zarur deb ta’kidlanadi. Agar bu fikr to‘g‘ri deb qaraydigan bo‘lsak kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo‘ladi, chunki u qarz berish orkali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Nakd pulsiz shaklidagi xisob kitoblarning bank orkali utishida ishlatiladigan mablag‘lar kam ssuda kapitali shakllanishining yangi manbai bo‘lib, bu mablag‘lar aylanma mablag‘larning doiraviy aylanish jarayokida yuzaga keladi. Korxonalarda moliyaviy resurslarning vaktincha bush bo‘lib qolishining quyidagi asosiy sabablarini ko‘rsatib o‘utish mumkin:
-ishlab chiqarilgan maxsulotlarni sotish vaqti bilan olingan xom ashyo, materiallar, ishchilarga ish xaqi va boshka to‘lovlarni amalga oshirish vaqtining mos kelmasligi;
-asosiy fondlarning eskirishini qoplash uchun mo‘ljallangan pul ajratmasi, ya’ni amartizatsiya fondining shakllantirilishi.
Kreditning ikkita asosiy shakli mavjud: bank krediti va tijorat krediti.
Tijorat krediti tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va korxonalarning aylanma mablag‘larini xo‘jalik faoliyatidan tezroq bo‘shashini taminlashda katta axamiyatga ega.
Iste’mol krediti. Iste’mol krediti o‘zining maqsadi bilan kreditning boshqa shakllaridan farq qiladi. Uning farqli belgisi - jismoniy shaxslarni kredit xisoblanadi. Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga tovar va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar xam bo‘lishi mumkin.
Iste’mol krediti ikki shaklda: pul shaklida yoki tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga ko‘chmas mulkka egalik qilish uchun, qimmat bo‘lgan davolanishni to‘lash, xar-xil tovarlar va uy-jixozlari sotib olish va boshqa extiyojlarni qondirish uchun iste’mol kreditlari berilishi mumkin.
Ipoteka krediti kuchmas mulk ( er, bino, uy-joy kabilarni ) garovga qo‘yib olinadigan kredit. Odatda, ipoteka kreditidan qishloq xo‘jaligida asosiy fondlarni yangilash, yirik kapital qo‘yilmalarini qoplash uchun foydalaniladi.
Davlat krediti. Kreditning bu shaklining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlat bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok qilishi mumkin. Qarz beruvchi vazifasini bajara turib, davlat, davlat kredit institutlari, jumladan Markaziy bank orqali iqtisodning xar xil soxalarini kreditni o‘z zimmasiga oladi. Davlat tomonidan:
• iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini kredit;
• moliyaviy resurslarga extiyoj sezayotgan davlat axamiyatiga ega bo‘lgan aniq tarmoq yoki mintaqalarga, agar byudjetdan moliyalashtirish imkoniyati tugagan bo‘lsa, vaqtincha foydalanishga mablag‘ ajratishi mumkin.
Davlatning qarzlari kupaygan xollarda davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida, davlat qarz oluvchi sifatida, davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi.
Davlat kreditining xarakterli xususiyati shundaki, davlat tomonidan olingan qarz mablag‘lari ishlab chiqarish fondlari aylanishida yoki moddiy boyliklar yaratishda ishtirok qilmaydi. Bu mablag‘lar davlat qarzlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Davlat davlat xazina majburiyatlari chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatbaxo qogozlarini joylashtirish, davlat zaemlarini chiqarish va sotish yuli bilan banklarning axolining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag‘larini yig‘adi va ularni davlat qarzi va byudjet kamomadini qoplashga (moliyalashtirishga) sarflaydi.
Xalqaro kredit. Kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda (davlatlar o‘rtasida) amalga oshirilishi xalqaro kreditning yuzaga kelishiga olib keladi. Kreditning bu shaklining bevosita ishtirokchilari millatlararo moliya-kredit institutlari, tegishli davlat xokimiyati, kredit tashkilotlari va aloxida yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.
Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, yuridik shaxs tomonidan ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa yuridik shaxslariga muddatlilik va to‘lovlilik asosida beriladigan kredit xisoblanadi.
Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul (valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo‘lishi mumkin.
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat, tashkilot va muassasalar, yuridik shaxslar (banklar, kompaniyalar), xalqaro valyuta kredit tashkilotlari qatnashadilar;
qarzga olingan mablag‘lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;
qarz beruvchi mamlakatga tulanadigan ssuda foizining manbasi qarz oluvchi mamlakat tomonidan yaratilgan milliy daromad xisoblanadi.
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
mamlakatlar o‘rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini taminlaydi;
kapitalning konsentratsiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi;
xar xil valyutalarda xalqaro xisob-kitoblarni olib borishda muomila xarajatlarini qisqartiradi .
Xalqaro kreditlar:
xarakteri bo‘yicha - davlatlararo, xususiy, firma kreditlariga;
shakli bo‘yicha - davlat, bank, tijorat;
tashqi savdo tizimida tutgan o‘rni bo‘yicha - eksportni kredit, importni kreditga;
muddati bo‘yicha - qisqa muddatli-1 yilgacha, uzoq muddatli -5 yildan ortiq muddatga;
obyekti bo‘yicha - tovar va valyuta;
ta’minlanganligi bo‘yicha - tovar-moddiy boyliklar bilan yoki xujjatlar bilan taminlangan kreditlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |