3-modul. Berilganlar strukturalarini qayta ishlash algoritmlari



Download 177,59 Kb.
bet1/8
Sana01.03.2022
Hajmi177,59 Kb.
#476873
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Maruza

3-MODUL. BERILGANLAR STRUKTURALARINI QAYTA ISHLASH ALGORITMLARI.


7-Mavzu. Saralash algoritmlari.
Rеjа:

  1. Saralash algoritmlari haqida umumiy ma’lumot.

  2. Saralash usullarini taqqoslash.

  3. Tanlash va joylashtirish turkumidagi murrakkablikga ega saralash algoritmlari.

  4. Almashish usulida saralash.

  5. Sheyker usulida saralash.

  6. Pufakcha (qalqib chiqish) usuli.

  7. Piramida usulida saralash.



Kаlit so‘zlаr: Saralash algoritmlari, saralash usullari, tanlash, joylashtirish, almashish usuli, sheker usuli, pufakcha usuli, piramida usuli.


    1. Saralash algoritmlari haqida umumiy ma’lumot. Nima uchun saralashdan foydalanamiz?


Hisoblash texnikasi sohasidagi ko‘plab olimlar saralashni algortimlarni o‘rganishda eng fundamental masala deb qarashadi. Buning bir qancha sabablari bor:

  1. Ba’zan ilovalarda axborotlarni saralasmaslikning aslo iloji bo‘lmaydi. Masalan, bankda mijozlarning hisob holatlari to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uchun ularning chek nomerlari bo‘yicha saralashni bajarish kerak bo‘ladi.

  2. Odatda saralash algoritmlarda kalit qismdasturi sifatida ishlatiladi. Masalan, dasturda, turli xil darajalarda bo‘lgan grafik obyektlarni vizual berkitishni bajarishda, dastlab ushbu obyektlarni chiqish tartibini o‘rnatish uchun obyektlarni “pastdan tepaga” darajalari bo‘yicha saralash kerak bo‘ladi.

  3. Saralash algoritmlarning ko‘plab turli xil texnologiyalar qo‘llaniladigan turlari mavjud. Algoritmlarni saralashda turli xil algoritm sinflariga qo‘llaniladigan juda ko‘p muhim usullardan foydalaniladi.

  4. Algoritmlarni saralash jarayonini amalga oshirishda oldingi qatorga juda ko‘plab amaliy muammolar chiqadi. Ko‘plab saralash dasturi ishlab chiquvchilarni tanlash shu yoki boshqa vaziyatlarda juda ko‘p faktlarga bo‘gliq bo‘lishi mumkin. Juda ko‘p shunga o‘xshash masalalar hal qilishda “kodlarni sozlash” dan ko‘ra “algoritmlar” darajasidan foydalanish maqsadga muofiqdir.

Saralash algoritmlari

    • O‘sish yoki kamayish tartibida to‘plam elementlarini tartiblangan saralash deyiladi.

    • Tartiblangan elementlar bilan ishlash tartibsiz joylashgan elementlardan ko‘ra qulayroq: kerakli elementlarni yengil topish, olib tashlash, yangilarini qo‘yish mumkin.

    • Saralash algoritmlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (1-rasm):

    • Odatda saralanayotgan to‘plam elementlari yozuvlar deyiladi va 𝑘1, 𝑘2, … , 𝑘𝑛 ko‘rinishida yoziladi.

Ushbu mavzuda quyidagi saralash masalasini hal qilish mumkin bo‘lgan bir qancha algoritmlar keltirilgan.
Kirish. n sonlardan iborat {𝑎1, 𝑎2, … , 𝑎𝑛} ketma-ketlik.
Chiqish. Tartiblangan {𝑎1, 𝑎2, … , 𝑎𝑛} kiritish ketma-ketligi {𝑎1≤ 𝑎2≤ ⋯ ≤
𝑎𝑛𝑛} dan iborat.

Download 177,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish