3-modul-4-mavzu- Mavzu: KASBIY MAHORAT VA KOLLEGUAL
FORUMLAR
O’quv-tarbiyaviy jarayon–bu boshqariladigan va rostlanadigan jarayon
bo’lib, o’qituvchi, ustoz o’quvchilardagi bilim, malaka va ko’nikmalarini son va
sifat jihatdan haqqoniy baholash va o’quv-tarbiyaviy jarayonga olishgan
natijalargan qarab o’zgartishlar kiritib borish bilan birgan o’zining faoliyatiga ham
tavsif beradi.
O’quvchilarning bilim, malaka, ko’nikma va qobiliyatlariga baho berish qarab
chiqishdan oldin yana bir bor bilim, malaka, ko’nikma va qobiliyatlar ta’sirini qarab
chiqaylik.
Bilim –
nazariy va amaliy faoliyat natijasida o’rgangan, esda saqlab
qolingan, qabul qilingan va fikrlashtirilgan hodisa va predmetlar haqidagi
tushunchalar tizimidir.
Bilimmlar o’z navbatida tizimli va tizimsiz, nazariy va amaliy, keng va tor,
chuqur va yuzaki, moslanuvchan va shablonli, mustahkam va mustahkam
bo’lmagan turlariga bo’linadi. Bularning ichida kasbiy ta’lim natijasida hosil
bo’ladigan nazariy va amaliy bilimlarni oshirish mumkin. Chunki, nazariy
bilimlar narsalarning (predmetlar) yetaoli darajadagi xususiyatlarni texnika va
texologiyalardan hodisasini (yavleniy) va ularning obyektiv munosabatini
bildiradi.
Amaliy bilim
esa texnika va texnologiya sohasidagi jarayonlarning
aloqasini, hodisasini va boshqalarning to’g’ridan to’g’ri amaliy faoliyatga
kiritilganligini bildiradi.
Malaka –
bu o’quvchining avtomatik ravishda yo’naltirilgan holda birorta
ishni baholash qobiliyatidir.
Ko’nikmalar: aqliy (xotira va fikrlash), sensorli (qabul qilish ko’nikmasi),
dvigatelli harakati (psixomotorli) va
volevoyli.
Ko’nikma -
yangi sharoitda insonning (mutaxasisning) ishni sifatli,
keraklihajmda va ajratilgan – belgilangan vaqtda bajarish qobiliyatidir.
Ko’nikmani shakllantirish bu kasbiy ta’limning majburiy oxirgi maqsadi
bo’lib, bu ko’nikma o’qish, amaliyot jarayonida bosqichma-bosqich shakllanib
boradi.
Kasbiy qobiliyat – kasbiy faoliyat sharoitida ishni muvaffaqiyatli bajarish
uchun zarur bo’lgan shaxsning shaxsiy –psixologik sifati belgisidir.
Qobiliyat tug’ma bo’lmasdan uning ko’zga tashlanishi yoki ajralib
turishi muhitga, o’rganishga, tarbiyaga bog’liqdir. qobiliyatning tug’ma
ko’rinishi uning qabul qila olishi, fikrlashi, xotirasi, faraz qilishi va boshqalar
bo’lgani uchun bular rivojlantirilsa, to’g’ri yo’lga solishsa qobiliyat yuqori
cho’qqiga chiqadi.
Bilim, malaka va ko’nikma, qobiliyat o’zaro bog’liq bo’lib, ularni
alohida-alohida baholash juda murakkab.
O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini baholash ustozning,
o’qituvchining muxandis pedagogning uslubiy faoliyatini tarkibiy qismidir.
Shuning uchun ham o’qituvchi o’quv sharoitida har bir o’quvchini diqqat bilan
kuzatib,o’rganib borish va faoliyatini baholab borishi zarur. Umumta’lim, o’rta
maxsus,
kasb-hunar
ta’limi
va
oliy
o’quv
yurtlardagi
texnikaviy,
texnologik fanlar bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarini baholash usulalri va
shakli asosan birxildir. Ularda faqat mazmun jihatdan ya’ni amaliyotni, kasbiy
yo’naltirilganlik, malaka va ko’nikmalarga bo’lgan talabning ko’prog’i va
boshqalar bilan bog’liqdir.
Mashinasozlik fanlarini o’rganishda bilim, malaka va ko’nikmalarni
baholashning quyidagi turlari mavjud:
Joriy – og’zaki so’rash, yozma nazorat ishlari, amaliy ish, o’qituvchining
kuzatib borishi, dasturli nazorat.
Davriy – har bitta mavzuning o’tgandan keyin tekshirib borish.
Yakuniy – nazorat ishlari, zachetlar, imtihon va bitiruv ishlari.
O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat qilishda uchta asosiy
funksiya
(vazifa) amaliga oshiriladi: tekshiruvchi, o’rgatuvchi va tarbiyalovchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |