II-bob. BUXGALTERIYA HISOBINING METODI VA UNDA
QO‘LLANILADIGAN USULLAR
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyati jarayonlari, aktivlar, ularning manbalari va
oxirgi moliyaviy natijalarni aks ettirishni makon va zamonda, dialektik harakatda
amalga oshiradi. Aynan shunday yondashish buxgalteriya hisobining metodini ifodalaydi.
Buxgalteriya hisobining metodining mohiyati unda qo‘llaniladigan usullarda yorqin
namoyon bo‘ladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
1. Buxgalteriya balansi
2. Buxgalteriya hisobi schetlari
3. Buxgalteriya hisobi schetlariga ikki yoqlama yozuv
4. Baholash
5. Kalkulyatsiya
6. Hujjatlashtirish
7. Inventarizatsiya
8. Moliyaviy hisobot
Ushbu bobda buxgalteriya hisobining yuqorida keltirilgan usullarining mohiyatiga,
ularni qo‘llanilishiga to‘xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |