3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Materiallarning sintetik hisobi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/492
Sana30.01.2021
Hajmi1,11 Mb.
#57868
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   492
Bog'liq
buxgalteriya hisobi va audit

Materiallarning sintetik hisobi. Materiallarining sintetik hisobini yuritish uchun 
21-son BHMS da   quyidagi  schyotlar  ko‘zda tutilgan. 

  1010  «Xom  –ashyo  va  materiallar».  Ushbu  schyotning  debetida  asosiy  va 
yordamchi  xom-ashyo  va  materiallarning,  qayta  ishlov  uchun  tayyorlangan  qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarining, yem-xashak va to‘shash materiallarining boshlang‘ich qoldig‘i 
va  ularni  turli  manbalardan  kelib  tushush  evaziga  ko‘payishi,  kreditida  esa  – 
materiallarning ishlab chiqarishga sarfi va boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx 
yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi. 

  1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar». Ushbu 
schyotning  debetida  yarim  tayyor  mahsulotlar,  butlovchi  buyumlar,  qurilish  detallari  va 
konstruksiyalarining mavjud qoldiqlari va ularni  chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, 
kreditida  esa  –  ularning  ishlab  chiqarishga,  qurilishga  sarfi  va  boshqa  chiqimlari 
natijasida  kamayishi  tannarx  yoki  sof  sotish  qiymatlaridan  eng  kichik  bo‘lgan  qiymatda 
aks ettiriladi. 

  1030  «Yoqilg‘i».  Ushbu  schetning  debetida  mavjud  neft  mahsulotlari,  yoqilg‘i-
moylash  materiallarining  (neft,  benzin,  kerosin,  dizel  yoqilg‘isi,  moylar  va  boshqalar), 
gazsimon  yoqilg‘i  turlarining  (gaz  va  gazolin),  shuningdek  qattiq  yoqilg‘i  turlarining 
(ko‘mir,  o‘tin  va  boshqalar)  qoldig‘i  va  ularni    chetdan  sotib  olish  evaziga  ko‘payishi, 
kreditida  esa  –  ularning  ishlab  chiqarish  va  boshqaruvga  sarfi,  shuningdek  boshqa 
chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan 
qiymatda aks ettiriladi. 

  1040  «Ehtiyot  qismlar».  Ushbu  schetning  debetida  mashina  va  mexanizlar, 
transport  vositalarini  ta’mirlash  uchun  zarur  bo‘lgan  ehtiyot  qismlari,  avtomobillarning 
zahiradagi  shinalarining  mavjud    qoldig‘i  va  ularni    chetdan  sotib  olish  evaziga 
ko‘payishi,  kreditida  esa  –  ularning  ishlab  chiqarish  va  boshqaruvga  sarfi,  shuningdek 
boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx  yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik 
bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi. 

  1050  «Qurilish  materiallari».  Ushbu  schetning  debetida  qurilish,  qurilish  –
montaj ishlari, qurilish detallari va konstruksiyalarini yasash uchun zarur bo‘lgan qurilish 
materiallarining  zahiradagi  mavjud    qoldig‘i  va  ularni    chetdan  sotib  olish  evaziga 
ko‘payishi,  kreditida  esa  –  ularning  qurilish,  qurilish-montaj  ishlariga,  turli 
konstruksiyalarni  ishlab  chiqarishga  sarfi,  shuningdek  boshqa  chiqimlari  natijasida 
kamayishi  tannarx  yoki  sof  sotish  qiymatlaridan  eng  kichik  bo‘lgan  qiymatda  aks 
ettiriladi. 

  1060 «Tara va tara materiallari». Ushbu schetning debetida xo‘jalik inventari va 
buyumi  sifatida  ishlatilmayotgan  barcha  turdagi  taralar,  taralarni  yasash  va  ta’mirlash 
uchun  zarur  bo‘lgan  material  va  detallarning  zahiradagi  mavjud    qoldig‘i  va  ularni  
chetdan  sotib  olish  evaziga  ko‘payishi,  kreditida  esa  –  ularning  ishlatilishi,  shuningdek 
boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx  yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik 
bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi. 

  1070  «Chetga  qayta  ishlash  uchun  berilgan  materiallar».  Ushbu  schetning 
debetida  chetga  qayta  ishlash  uchun  berilishi  mumkin  bo‘lgan  asosiy  va  yordamchi 
materiallarning  zahiradagi  mavjud    qoldig‘i  va  ularni    chetdan  sotib  olish  evaziga 
ko‘payishi,  kreditida  esa  –  ularning  ishlatilishi,  shuningdek  boshqa  chiqimlari  natijasida 
kamayishi  tannarx  yoki  sof  sotish  qiymatlaridan  eng  kichik  bo‘lgan  qiymatda  aks 
ettiriladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
104 

  1090  «Boshqa  materiallar».  Ushbu  schetning  debetida  yuqoridagi  schetlarga 
kiritilmagan,  ishlab  chiqarishdan  ,  asosiy  vositalarni  tugatishdan  va  boshqa 
operatsiyalardan  olingan  moddiy  boyliklarning  (chiqindilar,  tuzatib  bo‘lmaydigan  brak 
mahsulotlar,  metallolom,  eski  shinalar  va  rezinalar,  ishlatilgan  moy,  nigrol  va  sh.k.) 
zahiradagi  mavjud    qoldig‘i  va  ularni  ishlab  chiqarishdan  olinishi  evaziga  ko‘payishi, 
kreditida  esa  –  ularning  ishlatilishi,  shuningdek  boshqa  chiqimlari  natijasida  kamayishi 
tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi. 

  1510 «Materiallarni tayyorlash va sotib olish». Ushbu schet korxonaning hisob 
siyosatida  tayyorlov  jarayonini  alohida  aks  ettirish  ko‘zda  tutilgan  holda  qo‘llaniladi. 
Uning debetida materiallarni tayyorlash va sotib olish jarayonining qiymati, kreditida esa 
ushbu  qiymatni  kirim  qilingan  materiallar  qiymatiga  kiritilishi  ettiriladi.  Agar 
korxonaning  hisob  siyosatida  materiallarning  kirimini  bevosita    to‘g‘ridan  to‘g‘ri  1010-
1090 –schetlarda aks ettirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda 1510-schet qo‘llanilmaydi. 

 1610 « Materiallar qiymatidagi chetlanishlar». Ushbu schet korxonaning hisob 
siyosatida  materiallarning tayyorlov va sotib olish qiymatini hisob baholarida aks ettirish 
ko‘zda  tutilgan  holda  qo‘llaniladi.  Hisob  bahosi  bo‘lib,  odatda,    normativ  yoki  rejali 
tannarx  hisoblanadi.  Tayyorlangan  (sotib  olingan)  materiallarning  haqiqiy  tannarxini 
hisob bahosidan ko‘p bo‘lishi ushbu schetning debetida, kam bo‘lishi esa uning kreditida 
1510-schet  bilan    korrespondensiya-langan  holda  aks  ettiriladi.  1610-schetning  debet 
qoldig‘i  summasi  hisob  baholaridan  ortiq  qiymatda  kelib  tushgan  materiallarga  to‘g‘ri 
keladigan  chetlanishlar  summasini  ko‘rsatadi.  Baholar  o‘rtasidagi  farqlar    sotib  olingan 
materiallarni  haqiqatda  sarflangan  vaqtida  ularning  hisob  bahosidagi  qiymatiga 
proporsional ravishda harajatlar schetlariga kiritilib boriladi.  
Materiallarning harakatiga doir  operatsiyalar schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi. 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   492




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish