70
3 – usul
1
300000
120000
300000
700000
2
240000
60000
540000
460000
3
180000
-
720000
280000
4
120000
- 60000
840000
160000
5
60000
- 120000
900000
100000
4 – usul
1
400000
220000
400000
600000
2
240000
60000
640000
360000
3
144000
- 36000
784000
216000
4
86400
- 93600
870400
129600
5
29600
- 140400
900000
100000
Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya (eskirish)ni hisoblashga doir operatsiyalar
schetlar rejasida ko‘zda tutilgan kontraktiv bo‘lgan 02 «Asosiy vositalarning eskirishi
hisobi schetlari»da aks ettiriladi. Ushbu schetning saldosi kredit tomonida bo‘lib, u
jamlangan eskirish summasini ko‘rsatadi. Hisoblangan eskirish, ya’ni eskirish summasini
ko‘payishi
ushbu
schetning
kreditida
va
harajat
schetlarining
debetida
(2010,2310,2510,3190, 9210,9410,9420,9430 va boshqalar), eskirish summasini
kamayishi esa 02- schetning debetida va boshqa schetlarning kreditida (8510,0110-0190
va boshqalar) aks ettiriladi.
4.1.6. Asosiy vositalarni sotishning va boshqa chiqimlarining hisobi.
Asosiy vositalarni sotishning hisobi. Korxonalar zarur hollarda o‘zlarining to‘liq
amortizatsiya qilingan yoki qilinmagan asosiy vositalarini sotishlari mumkin. Sotishga
asos bo‘lib sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Asosiy
vositani sotish schet-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat sotish operatsiyalarini
hisobda aks ettirishga asos bo‘ladi. Schet-faktura asosida sotish operatsiyalari hisobda
qo‘yidagi buxgalteriya o‘tqazmalari bilan aks ettiriladi.
№
Operatsiyaning mazmuni
Summa
Debet
schet
Kredit
schet
Asos bo‘luvchi
hujjat
1 Asosiy
vositani
jo‘natish
qiymatiga
700000
4010
9210
Shartnoma,
schet-faktura
2 Sotishdan olingan QQS
summasiga (agar korxona QQS
to‘lovchi va soliq solish ob’ekti
mavjud bo‘lsa)
100000
9210
6410
Shartnoma,
schet-faktura
3 Asosiy
vositaning
boshlan-
g‘ich qiymatiga
600000
9210
0111-
0190
Shartnoma,
schet-faktura
4 Jamlangan eskirishni hisobdan
chiqarish
500000
0211-
0290
9210
Shartnoma,
schet-faktura
5 Sotishdan olingan foyda
500000
9210
9310
Shartnoma,
schet-faktura
Asosiy vositalarni sotish natijasida korxona foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin. Bu
natija jo‘natish qiymati (Jq) va qoldiq qiymati (Qq) o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
71
Agar jo‘natish qiymati (Jq) qoldiq qiymat (Qq) dan katta bo‘lsa (Jq
>
Qq) korxona asosiy
vositalarni sotishdan foyda olgan bo‘ladi va QQS to‘lovchi hisoblanadi, agar jo‘natish
qiymati (Jq) qoldiq qiymat (Qq) dan kichik bo‘lsa (Jq
<
Qq), korxona asosiy vositalarni
sotishdan zarar ko‘rgan bo‘ladi va QQS to‘lovchi
hisoblanmaydi, ya’ni:
Fs (Zs) = Jq – Qq
Yuqoridagi misolda korxona sotishdan foyda ko‘rgan. Agar korxona asosiy vositani
50000 so‘mga sotganda edi, u Soliq Kodeksiga muvofiq QQS to‘lamaydi, shuningdek
ushbu korxona sotishdan 50000 so‘m zarar ko‘rgan bo‘lar edi va bu zarar hisobda
qo‘yidagicha aks ettiriladi:
Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar»
- 50000
Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»
- 50000
Asosiy vositalarni sotishdan ko‘rilgan zararlar, agar bu asosiy vositalar 3 yildan
kam ishlatilgan bo‘lsa, Soliq Kodeksiga muvofiq (22–modda) foyda solig‘i bo‘yicha
soliq bazasiga qayta qo‘shiladi.
Agar asosiy vositalar qoldiq qiymat bo‘yicha sotilsa, u holda ham korxona QQS
to‘lovchi hisoblanmaydi,
sotishdan na foyda olingan, na zarar ko‘rilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: