13.2.Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotni tuzish
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning (2-son shakl) asosiy maqsadi bo‘lib
korxonaning hisobot davrlaridagi daromadlari, harajatlari, foyda va zararlari to‘g‘risidagi
yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Chunonchi bunday ma’lumotlar hisobotda
mos ravishda o‘tgan yilning va hisobot yilning mos davrlari uchun ko‘rsatiladi. Bunday
tartib mos hisobot davrlardagi o‘zgarishlar tendensiyalarini o‘rganish uchun muhim
axborot manbai hisoblanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotni tuzishga asos bo‘lib korxonaning barcha
daromadlari va harajatlari, foydani ishlatilishi hisobi uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik
(tranzit) schyotlarning ma’lumotlari hisoblanadi. Qoidaga muvofiq hisobotning alohida
satrlari quyidagi tartibda shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |