181
*20/120), sotishdan olingan foyda summasi esa – 200000 sumni ( 440000-200000-
40000) tashkil qiladi. Ushbu foyda summasi debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqimi”
schetda va kredit 9310 “ Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda”schyotida aks
ettiriladi.
Yil yakunida ushbu 9310- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va
9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
•
9320 “Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda” - bu passiv va vaqtinchalik
schyotda korxonalar o‘zlarining turli boshqa aktivlarini, masalan materiallarini, xo‘jalik
inventarlarini, nomoddiy aktivlari va boshqa aktivlarini sotishdan va boshqa
chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Schyotning kreditida
olingan foyda yil maboynida to‘planib boradi. Ushbu foyda boshqa aktivlarning sotish
(berish ) qiymatidan ularning tannarxini (qoldiq qiymatini) va sotishdan olingan QQS
summasini ayirgandan qolgan summadan iborat bo‘ladi. Masalan, tannarxi 50000 so‘mlik
material 72000 so‘mga sotildi deylik. Sotishdan olingan QQS summasi ushbu holda
12000 sumni (72000 *20/120), sotishdan olingan foyda summasi esa – 10000 sumni (
72000-50000-12000) tashkil qiladi. Nomoddiy aktivlarni sotishdan (berishdan) olingan
foyda xuddi asosiy vositalarni sotishdagidek topiladi. Boshqa aktivlarni chiqimidan
olingan foyda summasi debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqimi” schetda va kredit 9320
“Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda”schyotida aks ettiriladi. Yil yakunida
9320- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi
moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
•
9330 “ O‘ndirilgan jarimalar, penya lar va neustoykalar” -ushbu passiv va
vaqtinchalik schyotning kreditida turli xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzilishi
natijasida, shuningdek ko‘rsatilgan zararlarni qoplanishi evaziga olingan daromad
(foyda) summasi aks ettiriladi. Bunda mos ravishda jarimani kelib tushganligi,
ushlanganligi yoki hisoblanganligini aks ettiruvchi schyotlar debetlanadi, masalan 5010
“Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Valyuta schyoti”, 6710 “Xodimlar bilan ish
haqi bo‘yicha hisob-kitoblar”, 4860 “Da’volar bo‘yicha kelib tushadigan schyotlar” va
boshqa schyotlar. Yil yakunida 9330- schyotning kreditida to‘plangan summa uning
debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda
u yopiladi .
•
9340 “O‘tgan yillar foydasi” - bu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida
hisobot yilda aniqlangan o‘tgan yillarning foydasi aks ettiriladi. Bunday foyda bo‘lib,
masalan, muddatidan oldin hisobdan chiqarib yuborilgan debitorlik qarzlarning tiklangan
yoki kelib tushgan summasi, ortiqcha hisoblab yuborilgan harajatlarni kamaytirilishi va
boshqalar hisoblanadi. Bunda mos ravishda o‘tgan yillar foydasini tiklanganligini
ko‘rsatuvchi schyotlar debetlanadi, masalan 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”,
5210 “Valyuta schyoti”, 4000 “Olinadigan schyotlar” va boshqa schyotlar. Yil yakunida
9340- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi
moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
•
9350 “Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar” – ushbu passiv va
vaqtinchalik schyotning kreditida qisqa muddatli ijaradan olingan daromad summasi
4820
“Qisqa
muddatli
ijara
bo‘yicha
olinadigan
to‘lovlar”
schyoti
bilan
korrespondensiyalashgan holda aks ettiriladi. Yil yakunida 9350- schyotning kreditida
to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining
kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
•
9360 “Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarilishidan olingan
Do'stlaringiz bilan baham: