0820 «Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti korxonaning yangi asosiy vositalarni
sotib olishga yo‘naltirgan kapital investitsiyalarini hisobga olishga mo‘ljallangan. Ushbu
schyotning debetida ta’minotchidan qabul qilingan asosiy vositaning qiymati, shuningdek
uni tashib keltirish, o‘rnatish, montaj qilish va boshqa harajatlari aks ettiriladi, kreditida
esa schyotning debetida to‘plangan summani asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga
kiritilishi ko‘rsatiladi. Debet va kredit oborotlari summalari teng bo‘lganligi uchun bu
schyot saldoga ega bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |