Taqqoslamalik tamoyili. Bu tamoyil hisobot ma’lumotlarini o‘zaro mos hisobot
davrlari bo‘yicha (choraklar, yil) mavjud real tendensiyalarni aniqlash uchun o‘zaro
taqqoslash imkoniyatlarini bildiradi. Bunday taqqoslashlar uchun o‘tgan yillar
ma’lumotlari taqqoslama baholarda qayta hisoblanishi lozim.
Tejamkorlik tamoyili. Bu tamoyil hisob va hisobotni kam mehnat va moliyaviy
mablag‘lar sarflab olib borishni bildiradi.
Tezkorlik tamoyili. Bu tamoyil hisob va hisobot ma’lumotlarini boshqaruv
organlariga kerakli vaqtda va hajmda berishni bildiradi. Kechiktirib berilgan ma’lumotlar
hisobning boshqaruv vositasi sifatidagi rolini pasaytiradi. Aksincha, o‘z vaqtida berilgan
ma’lumotlar hisobni boshqaruv vositasi sifatida rolini, uning ta’sirchanlik kuchini
oshiradi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
22
Do'stlaringiz bilan baham: |