Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar deganda mulkni bir yildan ko‘p
muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadning
summasi tuzilgan lizing (ijara) shartnomasi asosida hisoblanadi. Hisoblangan daromad
summasi 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar”
schyotlarining debetida va 9550 “Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar”
schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9550- schyotning kreditida to‘plangan
summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va
shu asosda u yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |