3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/492
Sana30.01.2021
Hajmi1,11 Mb.
#57868
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   492
Bog'liq
buxgalteriya hisobi va audit

Chakana sotish – bu tovarlarni oxirgi iste’molchiga sotish. Ushbu savdo turini olib 
boruvchi xo‘jalik yurituvchi  sub’ektlar chakana savdo korxonalari deb ataladi. Chakana 
savdo  korxonalariga  ovqatlanish  korxonalari  ham  tenglashtiriladi.  Chakana  savdoning 
harakterli xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 

 Tovarlarni  naqd pulga sotilishi

 Tovarlarni savdo shahobchalarida savdo ustamalari bilan birga hisobga olinishi

 Tovarlarni naqdsiz mayda ulgurji sotilishini chegaralanganligi; 

 Har bir tovarning sotilishini hujjatli rasmiylashtirilmasligi, lekinda  kassa apparati 
pattasi bilan sotish summasini qayd etilishi
Chakana  savdo  faoliyatini  olib  borish  respublikamizda  O‘zbekiston  Vazirlar 
Mahkamasining  2003  yil  13  fevraldagi  75-son  qarori  bilan  tasdiqlangan    «O‘zbekiston 
Respublikasida chakana savdo Qoidalari» tartibga solingan.  
21-  son  BHMSda  tovarlar  hisobini  olib  borish  uchun  quyidagi  schyotlar  tizimi 
ko‘zda tutilgan: 

 2910 «Ombordagi tovarlar» – ushbu schyot asosan ulgurji savdo va ovqatlanish 
korxonalarida  tovarlarning  saqlanish  joylaridagi  (omborlardagi)  holati  va  harakatini  aks 
ettirishga mo‘ljallangan.  

 2920  «Chakana  savdodagi  tovarlar»  -  ushbu  schyot  chakana  savdo  va 
ovqatlanish  korxonalarida  (magazinlar,  kioskalar,  bufet  va  boshqa  shahobchalardagi) 
tovarlarning holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. 

 2930 «Ko‘rgazmadagi tovarlar» - ushbu schyot ulgurji, chakana va ovqatlanish 
korxonalarining  reklama  qilish  maqsadida  ko‘rgazmalar  va  yarmarkalarga  qo‘yilgan 
tovarlarini holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. 

 2940 «Vaqtincha foydalanishga beriladigan buyumlar» – ushbu schyot maxsus 
shahobchalar  orqali  to‘lov  asosida  vaqtincha  foydalanishga  qo‘yilgan  buyumlarni  holati 
va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. 

 2950 «Tovar bilan bo‘lgan va bo‘sh turgan idishlar» -ushbu schyot tovar bilan 
birga  bo‘lgan  va  bo‘sh  turgan  idishlarning  holati  va  harakatini  aks  ettirishga 
mo‘ljallangan. 

 2960  «Komission  tartibda  sotishga  berilgan  tovarlar»  –bu  schyot  maxsus 
shahobchalarda komission tartibda sotishga berilgan tovarlarning holati va harakatini aks 
ettirishga mo‘ljallangan. 

 2970  «Yo‘ldagi  tovarlar»  –bu  schyot  puli  to‘langan  va  ta’minotchidan 
jo‘natilgan,  lekinda  korxonaga  hali    kelib  tushmagan  tovarlarni  aks  ettirishga 
mo‘ljallangan. 

 2980 «Savdo ustamasi» –bu schyot savdo va ovqatlanish korxonalarida tovarlarga 
qo‘yilgan savdo ustamalarining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. 

 2990 «Boshqa tovarlar» –bu schyot yuqorida nomlari zikr etilgan schyotlarda aks 
ettirilmagan turli boshqa tovarlarni, masalan konsignatsiyaga berilgan tovarlarni,  hisobga 
olish uchun mo‘ljallangan.    
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
126 
Yuqorida  keltirilgan    2980  «Savdo  ustamasi»    schyotidan  tashqari  barcha  boshqa 
schyotlar  aktiv,  doimiy  schyotlar  hisoblanadi,  ularning  debetida  tovarlarning  qoldiqi  va 
ko‘payishi,  kreditida  esa  kamayishi  aks  ettiriladi.  2980  «Savdo  ustamasi»    schyoti 
kontraktiv  schyot  bo‘lib,  uning  kreditida  qoldiq  tovarlarga  to‘g‘ri  keladigan  savdo 
ustamalarining  summasi  va  ularning  ko‘payishi,  kreditida  esa  –savdo  ustamalarini 
kamayishi  aks  ettiriladi.  Savdo  ustamalarining  summasini  tovarlarni  sotilishi  va  boshqa 
chiqimlari natijasida kamayishi ushbu schyotning kreditida  «qizil  yozuv» bilan ham aks 
ettirilishi mumkin. 
4-son BHMS ga muvofiq tovarlarni hisobga olishning ikkita tizimi mavjud: 
1.Davriy  hisob  tizimi  –  bu  tizim  chakana  savdo  va  ovqatlanish  shahobchalariga 
taalluqli  bo‘lib,  unda  har  bir  tovarning  sotilishi  qat’iy  hujjatlashtirilmaydi,  shu  sababli 
sotilgan  tovarlarning  tannarxini  har  bir  hujjat  asosida  aniqlab  bo‘lmaydi.    Ushbu 
tizimdagi  korxonalar  hisobot  davri  ichida  tovarlarni  sotib  olinishini  vaqtinchalik  9140 
«Davriy hisobda tovar-moddiy boyliklarni sotib olish» schyotining debetida (kredit 6010 
«Ta’minotchilar  va  pudratchilarchilarga  to‘lanadigan  schyotlar»    va  boshqalar), 
tovarlarning davr boshidagi va davr oxiridagi qoldiqlaridagi farqni esa vaqtinchalik 9150 
«Davriy  hisobda  tovar-moddiy  boyliklar  bo‘yicha  tuzatishlar»  schyotining  debetida 
(kredit  2910  «Ombordagi  tovarlar»)  aks  ettiradilar.  Davr  oxiridagi  tovarlarning  qoldig‘i 
ushbu usulda faqat inventarizatsiya qilish yo‘li bilan topiladi. Hisobot davr oxiriga kelib, 
yuqoridagi  vaqtinchalik  schyotlar  9910  «Oxirgi  moliyaviy  natija»  schyotining  debetiga    
yopiladi. Tovarlarning sotilishi ushbu usulda  sotish bahosida quyidagi yozuvlar bilan aks 
ettiriladi: 
a) Naqd sotilganda 
  Debet 5010 «Kassa» 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   492




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish