5. Sotish ob’ekti – qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar 1 yil ichida tez va
erkin sotiladigan aktivlar hisoblanadi, uzoq muddatli investitsiyalar esa erkin
sotilmaydigan aktivlar hisoblanadi.
Moliyaviy investitsiyalar hisobining vazifalari. Moliyaviy investitsiyalar
bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
•
Moliyaviy quyilmalarni ularning moxiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos
ravishda hisobga olish;
•
Moliyaviy quyilmalarni to‘g‘ri baholash va qayta baholash;
•
Moliyaviy quyilmalar holati va harakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida tegishli
boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;
•
Moliyaviy quyilmalar bo‘yicha daromadlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq
schetlarda aks ettirish;
•
Moliyaviy quyilmalardan olingan daromadlarni Soliq Kodeksiga muvofiq
soliqga tortilishini ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |