12.2.Hisobot yilining soliqgacha foydasi (zararlari) ning hisobi
21-son BHMS ga muvofiq hisobot yilning soliqgacha foydasi (zarari)ni topish
barcha daromad va harajatlarni 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schyotida aks ettirish va
ushbu schyotning debet va kredit oborotlari summasini taqqoslash yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Jumladan, daromadlarni aks ettiruvchi barcha schyotlar (9010-9030, 9310-
9390, 9510-9590, 9710)ning kreditida to‘plangan summa yil oxirida 9900- schyotning
kreditiga, harajatlarni aks ettiruvchi barcha schyotlar (9110-9130,9410-9430,9610-9690,
9720) ning debetida to‘plangan summa yil oxirida 9900- schyotning kreditiga,
o‘tqaziladi, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |