3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Kasal  kunlar  uchun  nafaqa  hisoblash  tartibi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/492
Sana30.01.2021
Hajmi1,11 Mb.
#57868
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   492
Bog'liq
buxgalteriya hisobi va audit

Kasal  kunlar  uchun  nafaqa  hisoblash  tartibi.  Kasal  kunlar  uchun  nafaqa 
hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 
1.Xodimga o‘tgan oyda hisoblangan ish haqi, shuningdek o‘rtacha oylik mukofotlar 
summasi    asos  qilib  olinadi  va  u  kasal    bo‘lgan  oydagi  kalendar  ish  kunlari  soniga 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
159 
bo‘linadi.  Topilgan  summa  o‘rtacha  bir  kunlik  to‘lov  summasini  beradi.  Aytaylik, 
yuqoridagi misolda keltirilgan buxgalterning   dekabrdagi ish haqi 20000 so‘m, o‘rtacha 
oylik  mukofat  summasi  5000  so‘m    bo‘lgan.  Unda  o‘rtacha  bir  kunlik  to‘lov  summasi 
yanvar oyi uchun 1000  ( 25000 : 25 ) so‘m  bo‘ladi. 
2.Kasal  kunlarga  nafaqa  hisoblash    uchun  bir  kunlik  o‘rtacha  to‘lov  summasi 
nafaqani  to‘lash  koeffitsiyentiga  ko‘paytiriladi.  Ushbu  koeffitsiyent  O‘zbekiston 
Respublikasi  Adliya  Vazirligidan  2000  yil  19  yanvarda  873  –tartib  raqami  bilan 
ro‘yxatdan  o‘tgan  “Mehnatga  layoqatsizlik  varaqalari  va  ma’lumotnomalarini  berish 
to‘g‘risida Yo‘riqnoma”, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2002  yil  28  fevraldagi  “Vaqtinchalik  mehnatga  layoqatsizlik  bo‘yicha  nafaqalar  to‘lash 
me’yorlarini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 71-son qaroriga muvofiq 2002 yil 1 martda 
boshlab  xodimning  xizmatlari,  mehnat  staji,  kasallik  toifasi,  bolalarining  soniga  qarab 
quyidagicha  belgilangan: 
1.Ish haqining 100 %  miqdorida: 

 Ikkinchi jahon urushining qatnashchilari hisoblangan xodimlarga; 

 Baynalmilalchi jangchilarga va ularga tengashtirilgan shaxslarga; 

 Qaromog‘ida  16  yoshga  (o‘quvchilar  uchun  –18  yosh)  to‘lmagan  uch  nafar  va 
undan ko‘p farzandi bo‘lgan xodimlarga; 

 Chernobil  AESdagi  avariya  oqibatlarini  tugatishda  ishtirok  etgan  xodimlarga, 
Chernobil  AESdagi  avariya  natijasida  radioaktiv  ifloslanish  zonasidan  evakuatsiya 
qilingan xodimlarga; 

 Ko‘chirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon 
bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘lik kasalliklarga chalingan xodimlarga; 

 Yadro  poligonlarida  va  boshqa  radiatsiya-yadro  ob’ektlarida  harbiy  xizmatni 
o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar qatoridan nogiron xodimlarga; 

 Ishda shikastlangan va kasb kasalliklariga chalingan xodimlarga. 
 
2.Oylik ish haqining 60 % dan 100% gacha bo‘lgan  miqdorda: 

 Ijtimoiy  ahamiyatga  ega  kasalliklar  bo‘yicha  hisobda  turuvchi  xodimlarga,  ular 
tomonidan  davlat  ijtimoiy  sug‘urtasiga  badallar  to‘lab  kelinishi  muddatiga  (ish  stajiga) 
qarab. 
 
3.Oylik  ish  haqining  60%dan  80  %  gacha  bo‘lgan  miqdorda  -  qolgan  hollarda, 
xodimlarning umumiy ish stajiga qarab. 
Davlatimiz  qonunlariga  muvofiq  vaqtinchalik  mehnatga  layoqatsizlik  uchun 
nafaqalar o‘z sog‘ligiga ataylab ziyon etkazilganda, mastlik yoki narkomaniya oqibatida, 
jinoyat  sodir  etgan    va  ular  bilan  bog‘liq  boshqa  hollarda  vujudga  kelganda 
hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. 
 
Bizning  misolda  keltirilgan  buxgalter  barcha  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  uchinchi 
guruh  bo‘yicha  nafaqa  oluvchi  hisoblanadi.  Shuning  uchun  uning  bir  kunlik  nafaqa 
summasi to‘lov koeffitsiyentiga ko‘ra  600 so‘mni  (1000 x 0,6 ) tashkil qiladi. 
3.Bir  kunlik  nafaqa  summasi  kasal  bo‘lgan  kalendar  ish  kunlari  soniga 
ko‘paytiriladi.  Topilgan  summa  kasal  kunlar  uchun  hisoblanadigan  nafaqaning 
summasini  bildiradi.  Bizning  misolimizda  buxgalterga  hisoblanadigan  nafaqa  summasi 
6000 so‘mni  ( 600 x10) tashkil qiladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
160 
Ishbay  ishlovchi  xodimlarga    kasal  kunlar  uchun    nafaqa  hisoblashda  oxirgi  ikki 
oylik  ish  haqi  va  o‘rtacha  oylik  mukofat  summasi  asos  qilib  olinadi.  Qolgan  hisob-
kitoblar yuqorida keltirilgan  tartibda amalga oshiriladi.   

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   492




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish