6
1-BO‘LIM
BUXGALTERIYA HISOBINING NAZARIY ASOSLARI
1-bob. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA TAMOYILLARI
1.1. Hisob tushunchasi, uning turlari va boshqaruvda tutgan o‘rni
Har qanday jamiyatni rivojlanishi uni boshqarishni taqozo etadi. Boshqarish, o‘z
navbatida, jamiyatning turli tarmoq va sohalarida yuz bergan va berayotgan jarayonlar,
xo‘jalik faoliyatini olib borayotgan sub’ektlarning mablag‘lari, ularni tashkil etish
manbalari, erishayotgan natijalari va boshqa jihatlari to‘g‘risidagi axborotlarni
mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday axborotlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi vosita
bo‘lib xo‘jalik hisobi hisoblanadi.
Xo‘jalik
hisobi negizida, ko‘rinib turibdiki, «xo‘jalik» va «hisob» so‘zlari yotadi.
«Xo‘jalik»
deganda ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan, o‘zining bazisi va
ustqurmasiga ega bo‘lgan sub’ektlar tushuniladi. Xo‘jalik sifatida qaraladigan sub’ektlar
bo‘lib bir butun mamlakatning o‘zi va uning turli tarkibiy bo‘linmalari, masalan,
tarmoqlari, sohalari, mintaqalari, hududlari, vazirliklar, birlashmalar, korxonalar
hisoblanadi. Mamlakat doiraisdagi xo‘jalik xalq xo‘jaligi, uning eng qo‘yi bo‘g‘inidagi
xo‘jalik korxona xo‘jaligi deb ataladi. Iqtisodiyotning yuqori va qo‘yi bo‘g‘inlari
o‘rtasidagi xo‘jaliklarga tarmoqlar, sohalar, birlashmalar, viloyatlar, tuman va shaharlar
xo‘jaliklari kiradi.
«Hisob»
- bu xo‘jalikda yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularning
natijalari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimi.
Demak, hisobning asosiy mahsuli bo‘lib axborot, hisob yuritishning asosiy maqsadi
bo‘lib, bu axborotlarni aniq, to‘liq va o‘z vaqtida yig‘ish, qayd etish, guruhlash va
foydalanuvchilarga yetkazib berish hisoblanadi.
Shunday qilib, ikki so‘z yig‘indisidan tashkil topgan «xo‘jalik hisobi» xalq
xo‘jaligining turli bo‘g‘inlarida yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularni
natijalarini soniy va sifat jihatdan harakterlovchi axborotlarni yig‘ish, qayd etish,
guruhlash va uzatish tizimidir.
Xo‘jalik hisobini u yoki bu belgilariga qarab turli turlarga ajratish mumkin (1-
chizmaga qarang).
Xo‘jaliklarni moliyalashtirilishiga ko‘ra
ularda yuritiladigan hisobni ikkiga bo‘lish
mumkin: korxona hisobi, byudjet hisobi.
Korxona
deganda o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlaydigan, mustaqil faoliyat
yuritadigan xo‘jalik tushuniladi. Ularga zavod va fabrikalar, firmalar, shirkatlar, jamoa
xo‘jaliklari, qurilish tashkilotlari, banklar va boshqalar kiradi. Ushbu xo‘jaliklarda
yuritiladigan hisob korxona hisobi deb ataladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com