9390 “Boshqa operatsion daromadlar”-
ushbu passiv va vaqtinchalik
schyotning kreditida yuqorida keltirilgan schyotlarga olib borilmagan boshqa operatsion
daromadlar, masalan inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli qoplama summalar
va boshqalar, aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ va pul mablag‘larini aks ettiruvchi
schyotlar ( 0100,1000,2800,2900,5000 va boshqalar) debetlanadi. Yil yakunida 9390-
schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy
natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Korxonalarning asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarining analitik
hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |