7..3. Xodimlarga berilgan bo‘naklarning hisobi
Korxonalar o‘zlarining xodimlariga turli maqsadlarda bo‘nak tariqasida
mablag‘larni berishlari mumkin, masalan ish haqi bo‘yicha, qiladigan safari bo‘yicha,
tayyorlov maqsadida va boshqa maqsadlarda. Bunday debitorlik qarzlari bo‘yicha hisob-
kitoblarning hisobi 21-son BXMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi:
•
4210 “Ish haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar”
– bu aktiv schyot korxonaning
o‘z xodimlariga ish haqi bo‘yicha hisobot davri ichida bergan mablag‘larining holati va
harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Xodimlarga ish haqi bo‘yicha bo‘naklar kassadan
to‘lov qaydnomalari asosida beriladi. Umumiy berilgan bo‘nak summasiga to‘lov
qaydnomalari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |