Umum ishlab chiqarish harajatlari
deganda barcha asosiy va yordamchi ishlab
chiqarish sexlarini boshqaruviga va tashkil etishga taalluqli bo‘lgan, shuningdek ularga
xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning harajatlari tushuniladi. Masalan, ta’minot bo‘limi,
yong‘inga qarshi kurashish bo‘limi, isitish bo‘limi, qo‘riqlash bo‘limi va boshqalar
asosiy va yordamchi sexlarga turli xizmatlarni ko‘rsatadi. Bu bo‘linmalarning harajatlari
ham alohida hisobga olinadi va oy oxirida hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq
asosiy va yordamchi ishlab chiqarish harajatlariga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |